19-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi. Sharq uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja


Yusuf Xos Hojibning pedagogik fikrlari


Download 85.02 Kb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi85.02 Kb.
#1572938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
19-mavzu

Yusuf Xos Hojibning pedagogik fikrlari.
Yusuf Xos Hojib XI asrning atoqli shoiri, donishmandi va davlat arbobidir. Undan bizga qadar etib kelgan yagona ilmiy didaktik meros «Qutadg’u bilig» dostonidir. Bu doston XI asr adabiyoti va adabiy tilining nodir yodgorligi bo’lib, zamonasining taraqqiyparvar, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy qarashlarini badiiy mujassamlashtiradi. Tarix, ilm-fan, etnografiya va boshqa sohalarga oid qimmatli ma’lumotlar beradi. Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manba, uning «Qutadg’u bilig» (Saodatga yo’llovchi bilim) dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462 (milodiy 1069-70) yilda yozilgan. Avtor dostonining muqaddimasida yoshi 50 dan oshganini ta’kidlaydi. Shunga qarab, Yusuf Xos Hojib XI asrning 20-yillari arafasida tug’ilgan, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani Bolasog’un (Kuz urda) XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq hamda madaniy markazlardan biri edi. Bu shahar ikki Qoraxoniylarning poytaxti ham bo’lgan edi. Atroflicha bilim olgan Yusuf Xos Hojib o’z davrining peshqadam donishmandlaridan biri bo’lib etishdi. U fors-tojik va arab tillarini, badiiy adabiyotni, tarix, astronomiya, geometriya, matematika, tibbiyot, geografiya va boshqa fanlarni o’rgandi. U buyuk olimlarning ayrim axloqiy va falsafiy qarashlarini, meditsinaga doir mulohazalarni targ’ib qildi, zamondoshlarining geometriya kabi fanlarini o’rganishga chaqirdi va hokazo. Shu bilan birga Yusuf Xos Hojib o’z vatandoshi, ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy singari, turkiy qabila va xalqlarning tilini o’rgandi, adabiy til uchun turkiy tilning madaniy hayotda yanada kengroq o’rin olishi uchun kurashdi, xalq og’zaki adabiyoti va yozma adabiyotning boy tajriba va traditsiyalaridan ta’lim olib, mashhur «Qutadg’u bilig» (Saodatga yo’llovchi bilim) dostonini yaratdi. Bu doston turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk yirik asarlaridan biri edi. Shunga ko’ra Yusuf Xos Hojibning o’zi dostonning muqaddimasida: arabcha, tojikcha kitoblar o’qish, bizning tilimizga buyumg’i o’qish (arabcha, tojikcha kitoblar ko’p bo’lib, bizning tilimizda bu donishmandlikning birinchi to’plamidir)-degan edi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» dostonini Balosog’unda yoza boshladi: uni Qashqarda yozib tugatdi va Qoraxoniy hukmdorlaridan bo’lgan Tavg’ach xonga sovg’a qiladi. Balosog’unning vayronalari Qirg’iziston SSR To’qmoq shahri yaqiniga bo’lgan qadimgi Oqpishin shahri o’rnida hozir ham bor.
Tavg’ach Bug’raxonga (Tavg’och ulug’ Bug’ro Qoraxon abo Ali Hasan binni Arslonxon) taqdim qildi. Bug’roxon doston avtorini taqdirlab, unga «Xos Hojib» (Muqarram eshik og’asi) unvonini berdi. Shundan keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozondi.
«Qutadg’u bilig» ning muqaddimasida ko’rsatilishicha, doston o’z davrida shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar deb baholangan va turli joylarda turli nom bilan yuritilgan. «... bu kitob yavlaq aziz turur. Chin hakimlarning amsonlari birla yaralmish, arasta qilmish ... Mochin olimlari va hakimlari qamog’ ittifoq bo’ldilar, kim Mashriq viloyatinda, Turkiston ellarinda Bug’roxon tilincha bu kitobdan yaxshiroq xargis kim ersa, g’oyat uzluqindan, nihoyatidan kacha ko’rklutlo’kdin ul ellarning xukamolari, olimlari qabul qilib takma biri-bir turlut ot laqab berdilar: chinlitlar «Adabul mulk» ot berdilar. Mochin malikining madimlari «Oyinul-mamlakat» atadilar. Mashriqlig’lar «Ziynatul-ummaro» deb aytdilar. Eronlig’lar «Shoxinomai turk» dedilar, bazilar «Pandnomai muluk» demishlar. Turonlig’lar «Qutadg’u bilig» deb aytmishlar».
«Qutadg’u bilig» ning 3 qo’l yozma nusxasi ma’lum. Bu nusxalar «Vena» (yoki «Xirot»), «Qohira» va «Namangan» nusxalari deb yuritiladi.
«Qutadg’u bilig» jami Namangan nusxasida 6500 ta baytga 13000 misraga yaqin bo’lib, u 73 fasl bobga bo’lingan. 11 bobi dostonning muqaddimasi bo’lib, muqaddima Xudoga, payg’ambarga va to’rt halifaga bag’ishlangan traditsion boblardan tashqari, yoz tavsifi va Bug’roxon madhi, etti sayyora va o’n ikki burj, til odobi va bilimning foydasi kabi masalalarga bag’ishlangan boblarni o’z ichiga oladi. Dostonning asosiy qismi 12 bobdan, Kuntug’di degan hukmdorning ta’rifi bilan boshlanadi. Dostonda quyidagi voqea hikoya qilinadi.
«Qutadg’u bilig» axloqiy-ta’limiy asardir. Uning axloq va odob masalalariga bag’ishlangan maxsus boblardagina emas, balki ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan boblarda ham Yusuf Xos Hojib o’z axloqiy-ta’limiy qarashlarini ifodalaydi. Xalqning turli tabaqalariga o’git beradi, ularga pand-nasihat qiladi. Yusuf Xos Hojibning axloqiy-ta’limiy fikrlari progressiv ahamiyatga ega bo’lib, madaniyat va ma’rifatni ravnaq toptirishga, olijanob insoniy xislatlarni targ’ib qilishga qaratilgan.
Yusuf Xos Hojib XI asrning donishmandi, ilm-ma’rifatning jarchisi hamda homiysidir. U ilm-ma’rifatga saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning uchun ham o’z dostonini «Qutadg’u bilig» deb ataydi, hamda unda ilm-ma’rifatni targ’ib qiladi. Olimlarni ulug’laydi, davlat boshliqlarini, ilm-fan ahillarini saroyga jalb etishga, ulardan ta’lim olishga va ularning maslahatlari bilan ish ko’rishga chaqiradi. Yusuf Xos Hojibning fikricha, hukmdor mamlakatni o’z qilichi va siyosati bilan boshqarsa, olimlar el-yurtni aqil va donish bilan boshqaradilar, unga yo’l ko’rsatadilar. Shunga ko’ra shoir kishilarni podaga, olimlarni yo’l boshlovchiga o’xshatadi:

Download 85.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling