19-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi. Sharq uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja


Download 85.02 Kb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi85.02 Kb.
#1572938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
19-mavzu

Bular ul suruk qo’yqa arkach soni,
Qoyut boshlasa, sursa yo’lcha ko’yni.
Bular qo’y suruki orasidagi serka kabidirlar,
(Toki) o’yni boshlasa, to’g’ri yo’l bo’ylab olib borsa.
Ilm-nur, olimlar mash’aldoridir:
(Ular ilmi bo’ldi bundunqa yo’la,
Yorusa yo’lga tunla ozmas yo’l-a)
Binobarin, olimlarni sevmoq,ularga hurmat bilan yondashmoq va bilimlarini o’rganishga tirishmoq zarur:
(Ularni qattiq sev, so’zlarini qadrla,
Ko’pmi yoki ozmi (ularning) bilimlarini o’rgan)
Yusuf Xos hojibning «Qutadg’u bilig» dostonida O’rta Osiyo oilmlarining ilmiy yutuqlari ham ma’lum darajada o’z ifodasini topdi. U xususan, astronomiya va meditsina fanlari yuzasidan kengroq mulohaza yuritadi. Dostonning muqaddimasida etti planeta (Sekantir-Zuhal-Saturn, Ung’ay-Mushtariy-Yupiter, Ko’rud-Mirrix-Mars, Yashiq-Quyosh, Savit-Zuhra-Venera, Orzu-Utorit-Merkuriy, Yalchiq-Oy) va 12 burj haqidagi alohida-alohida she’riy parchalar bitadi.
Yusuf Xos Hojib, Qadimgi Gretsiya va O’rta Osiyoning mashhur olimlari kabi olamni to’rt unsur (elementdan) –o’t, suv, tuproq va havo yoki issiq sovuq, ho’l va quruqdan iborat degan falsafiy qarashni ilgari suradi. U insonning sihati, yoshi, ovqati va jismoniy tarbiyasi haqida ham qimmatli mulohazalarini bayon etadi. Kishi yoshiga qarab harakat qilmog’i, ovqat turlarini tanlamog’i, o’z organizmini suv, jismoniy tarbiya bilan chiniqtirib bormog’i lozim.bu narsa kasalliklarning oldini oladi. Bemor o’z kasali tufayli faat dori bilingina emas, balki parhez tutish bilan ham shifolashga intilishi kerak.
«Qutadg’u bilig» didaktik dostoni axloq va odobga qimmatli pand-nasihatlarni o’z ichiga oladi. Doston avtori til odobi, sevgi va sadoqat rostgo’ylik va halollik kabi masalalar haqida hikmatli so’zlar so’zlaydi, mayxo’rlikni va mutakabbirlikni tanqid qiladi, kishining yurish-turishi, o’zini tutishi haqida o’git beradi. Bu dostonning butun mazmni va mohiyati sindiriladi.
«Qutadg’u bilig » ning bir necha bobi bevosita axloq va odob masalalariga bag’ishlangan. Shunday boblardan biri «Til ardami» (Til odobi) deb atalgan 7-bob bo’lib, unda shoir o’qish va bilim olishda tilning ahamiyati, qisqa va mazmunli so’zlash, tilga ortiqcha erk bermasligi va boshqalar haqida ibratli o’gitlar beradi.
(O’quvda, bilimga, tilmoch-bu til,
Kishini ro’shnolikka chiqargan ravon til deb bilgan.
Kishini til e’zozlaydi, kishi u tufayli baxtga erishadi.
Kishini til qadrsiz qiladi, er boshini yoradi.
Til hovlida (ya’ni qafasda) yotgan arslon kabidir,
Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni eydi.
Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit,
Bu so’zga amal qilgin, o’z foydangga ishlat:
Til meni juda ko’p kulfatlarga soladi,
(U) boshimni kesmasin, (men) tilimni kesayin.
So’zingga ehtiyot bo’l, boshing ketmasin.
Tilingga ehtiyot bo’l, tishing sinmasin.
Sening o’zing esonlik tilasang,
Tilingdan yaroqsiz so’zingni chiqarma.
Bilib so’zla, so’z donolik sanaladi,
Nodonning so’zi o’z boshini eydi.
Ko’p so’zda ortiq foyda ko’rmadim,
Yana (ko’p) so’zlashdan naf topmadim.
So’zni ko’p so’zlama, biroz ozroq so’zla,
Tuman ming so’z tuguni (jumbog’i) ni shu bir so’zda ech
Men so’zimni senga so’zladim, ey o’g’il,
Bu pandni o’zim senga berdim, ey o’g’il.)
U uylanish va bola tarbiyasi haqidagi 53-bobda oila va bola tarbiyasining murakkab ekanini ta’kidlab, bolani yoshlik cho-idan boshlab yaxshi xulqli qilib etishtirish zarurligini aytadi. Ziyofatlar va ularda ishtirok etish, o’zini tutish odobiga bag’ishlangan 55 va 56 boblarda saroy ahillariga o’git beradi. Boshqa boblarda ham axloq va odobning turli masalalari to’g’risida fikr-mulohaza yuritiladi.
Yusuf Xos Hojib kishi tezda tug’ilib, tezda o’tib ketuvchi his-tuyg’uga asir bo’lmasligi kerak, deb hisoblaydi, hamda sevgini ko’z bilan emas balki kishining qalbi bilan bog’laydi. Chunki ko’z kishining tashqi qiyofasini ko’ra olsa, qalb uning butun mohiyatini ko’radi.
Mutafakkir kishilarni har bir ishda aqil-muhokamaga tayanishga, o’zgalarga g’amxo’r va mashfiq bo’lishga, har bir tadbirni o’z o’rni va mavridi bilan amalga oshirishga chaqiradi. Birovlarning hayoti va taqdiriga befarq qarab, ularni o’limga yoki boshqa og’ir jazolarga mahkum etgan hovliqma va ehtiyotsiz amaldorlarni qoralaydi. Binobarin, shoir dadillik va xushyorlikni ta’rif qiladi, kishilarni ehtiyotkorlikka da’vat etadi.
Bilimli so’zni eshitgin, u nima deydi:

Download 85.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling