Darsning shiori: “Bilim barcha kulfatlarga qalqondir”
Download 109.87 Kb. Pdf ko'rish
|
6ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Ma’ruza matni
6 –ma’ruza. Struktura haqidagi ta’limotlarning yuzaga kelishi va anorganik kimyoda strukturaning roli. Darsning shiori: “Bilim - barcha kulfatlarga qalqondir” (Abu Abdulloh Ro‘dakiy). Ma’ruza rejasi: 1. Moddalarning organik va anorganik sinflarga ajralishi. 2. Lavuazye, Berselius, Dalton, Jerarlar tomonidan yaratilgan nazariyalar. 3. Organik moddalarning tasniflanishi (klassifikasiyasi). 4. Butlerovning moddalar tuzilish nazariyasi. 5. Elektronga moyilligi, Stereoximiya, Paster, Le-Ball, Tomson, Langmyur ishlari haqida. 6. Anorganik moddalar strukturasi, 7. Verner nazariyasi, anorganik polimerlar haqida tushunchalar. Tayanch iboralar: Dalton, struktura, nomlash, dualistik nazariya, qarshi o’rin olish nazariyasi, Jerar, unitar sistema, tiplar nazariyasi, Kekule, valentlik nazariyasi, A.M. Butlerov, “kimyoviy tuzilish” nazariyasi, Stereoximiya, Verner, koordinasion birikmalar, Polimerlar. Ma’ruza matni Kimyoning asosiy muammosini tushuntirishning uchinchi yo’li moddalarning tuzilishi haqidagi nazariyalardir. 1780 yilda Bergman organika so’zini va uning anorganik moddalardan farqini ko’rsatib beradi va Lavuazye, Bersellius, Furkruslarning ular haqidagi aytgan fikrlarini tasdiqladilar. Kimyoviy moddalarning tarkibi, xossalaridan tashqari yana ularning muhim xarakteristikasi tuzilish tushunchasi fanga kiritildi. Furkrus modda tarkibida atom gruppalari mavjud deydi. Dalton og’irlik nisbatlarini tekshirib birikmalardagi struktura qanday bo’lishini ko’rsatdi. Dalton nazariy jihatdan quyidagi murakkab moddalarning struktura formulalarini ko’rsatdi. Dalton organik moddalarda polimerlanish hodisasi bo’lishini aytdi. СТРУКТУРА (Дальтон) ХОССА (Бойль) ТАРКИБ SO 3 N 2 O 3 N 2 O Dalton - struktura kimyosiga birinchi g’ishtni qo’ydi. Shuning uchun Dalton zamonaviy kimyoning otasi deb tan olinadi. Dalton kimyoviy simvolikani taklif qildi. - kislorod, - vodorod, - azot, - oltingugurt, - rux, - mis, - kumush, - oltin. Bundan foydalanib Berselius elementlar nomini uning lotincha nomidan 1 yoki 2 harfni olib belgilashni taklif qildi. O - oksigenium, N - gidrogenium, S - sulfur. Buning natijasida kimyoviy formulalarni tuzish mumkin deydi mas. H 2 SO 4 . Uning kamchiligi bir xil atomlar, murakkab atom hosil qilmaydi deganligidir. Gey-Lyussak - hajmiy usul yaratib gaz qonunlarini taklif qildi. U Dalton taklif qilgan formulalardan NO ni N 2 O, NH ni NN 3 deb to’g’irladi. Berseliusning dualistik nazariyasi fanga kiritilib, unda modda xossalari uning strukturasiga, atomlar va atom gruppalarining joylashishiga bog’liq deyiladi. Shu bilan birgalikda struktura yadrosi atomlarning kimyoviy bog’lanishi asosida vujudga kelishi ko’rsatilgan. 1820 yilda Devi G. elektroliz hodisasini amalga oshirdi. U elementlar bir-biriga tegsa elektr zaryadi vujudga keladi degan fikrni aytdi. Bu fikrni davom ettirgan Berselius element elektromusbat va elektromanfiy qutbdan tashkil topgan bo’ladi deydi. Elektromanfiyligi eng yuqori bo’lgan element kislorod bo’lsa, yuqori elektromusbat xossasini namoyon qiluvchi elementlardan biri kaliydir. Ular o’zaro birikib K 2 O hosil qilishini ko’rsatadi. Libix 1832 yili murakkab radikallar S 7 N 5 O • , S 6 N 5 SO • , SN • larni ochdi. Bular asosida Berseliusning dualistik nazariyasi fanga kiritilib, unda modda xossalari uning strukturasiga, atomlar va atom gruppalarning joylashishiga bog’liq deyiladi. Shu bilan birgalikda struktura yadrosi atomlarning kimyoviy bog’lanishi asosida vujudga kelishi quyidagicha ko’rsatiladi: 1. Kimyoviy birikmalar turli zaryadli atom radikallarining elektrokimyoviy tortishishidan hosil bo’ladi. 2. Bu gruppalar tartibli joylashadi. 3. Kimyoviy reaksiyalar atomlar zaryadi neytrallanishi bilan boradi. 1836 yilda Berselius metil radikalini ochadi, 1843 yili esa Berselius organik kimyo murakkab radikallar xaqidagi fan degan taklifni aytadi va 1873 yili Kaur - amil radikalini ochadi. Dyuma 1834 yil bu nazariyaga qarshi o’rin olish nazariyasini taklif qilib chiqdi: 1. Tarkibida N bo’lgan birikmaga S to’liq o’rin almashadi. 2. Tarkibida O bo’lsa ham shunday bo’ladi. 3. Tarkibida N 2 O bo’lsa ham shunday o’rin almashish kuzatiladi. 1836 yilda Loran tomonidan yadro nazariyasi yaratiladi. 1839 yilda esa Dyuma - tiplar nazariyasini taklif qildi. 1838 yil Libix -- ko’p asosli kislotalar nazariyasini yaratadi. 1848 yilda Paster tomonidan optik izomerlar ochildi. 1848 yili Jerar unitar sistema yaratib molekulani yaxlit, deydi. U rasional formula o’rniga empirik formulani fanga kiritish kerak, degan fikr bilan chiqdi. S 7 N 5 OON → S 7 N 6 O 2 . Download 109.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling