Aqliy yosh – fanga Bine tomonidan kiritilib,test natijalarining darajasiga mos keluvchi yosh. Intellektual xatti- harakatlar qanday harakatlar ? Tashqi muhit va nutqqa suyangan holda idrokning ichki rejalarida bajariladigan xatti- harakat
Download 46.5 Kb.
|
2 5321489446388893539-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intellekt
Intellekt va Kreativlik. 1.”Aqliy yosh “tushunchasini fanga kim kiritgan va va bu qanday aniqlanadi ? Aqliy yosh – fanga Bine tomonidan kiritilib ,test natijalarining darajasiga mos keluvchi yosh . 2. Intellektual xatti- harakatlar qanday harakatlar ? Tashqi muhit va nutqqa suyangan holda idrokning ichki rejalarida bajariladigan xatti- harakat . 3.Intellek so`zining ma`nosi ?
hayotini ,atrof –muhitini, ongda aynan aks ettirish va o`zgartirish ,fikrlash, o`qish –o`rganish , dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobilyati va hk. 4. Intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o`quvchilarni qanday farqlash mumkin ? Intellek va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o`quvchilar o`zlarini to`g`ri baholaydilar , ularda o`-o`zini nazorat qilish yuqori , ular barcha yangi narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar. 5. “qobilyat –ta`lim tushunchasi “sizningcha nimani anglatadi? Dj. Mak-Viker Tegerandagi kam ta’minlangan mehribonlik uyi tarbiyalanuvc tadqiq etdi. Ko‘pchilik 2 yoshli bolalar mustaqil o‘tira olmasligini, 4 yoshli bolalar esa yura olmasligini kuzatgan. Tarbilovchilar bolalarning yig‘lashiga, qaysarliklariga umuman e’tibor qaratmas edilar. Natijada bunday bolalar “passiv”, tashqi muhit ta’siriga nisbatan hech qanday ehtiyoji yo‘q qoloq bolalar bo‘lib ulgayishgani aniqlangan. Deprivatsiya sharoiti tug‘ma qobiliyatlarni so‘ndirmoqda edi. 6. Intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o`quvchilar boshqalardan nimasi bilan farq iqladi? Intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o’quvchilar maktabda muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o’z sirlarini yashiradilar, o’zlarini pasaytirib baholaydila
8. Intellektni o`lchash tarixida dastlabki qadamni kim boshlab bergan ? Dastlab angliyalik olim F.Galton individual- aqliy qobiliyatlarni tadqiq etgan. Lekin unda buni qanday qilib o‘lchash kerakligini aniqlay olmagan bo‘lsa ham. A.Bine esa uning g‘oyasini rivojlantirib, fransuz ta’lim tizimida o‘quvchilarning kelajakda o‘zlanshtirira olishini aytib bera olgan. Xuddi Galton dek L.Terman aqliy qobiliyatlar irsiyatning mevasi deb bilgan. Ctenford- Bine testi bu ko‘rinmayotgan qobiliyatni uyg‘otishga yordam beradi deb aytib o‘tgan. 9. Intellektning yuqori bo`lishi miya yarim sharlariga bo`liqmi ?
Intellektual darajasi past va ijodiylik ko`rsatgichi yuqori o`quvchilar qanday xususiyatlari bilan ajralib turadilar ? Intellektual darajasi past va ijodiylik ko’rsatkichi yuqori o’quvchilar xavotirli, e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar. ‘Ijodiy aql” tip vakillari qanday o`ziga xosliklar bilan ajralib turadi ? Ijodiylik ta’riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta’rif (ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog’ini tuzish sifatida ta’riflanadi), innovatsion (yangi) ta’rif (so’nggi natijaning yangiligi bo’yicha ijodiylikni baholashga yo’naltirilgan), estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining o’zini-o’zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni “U”, “Men” va “Ideal - Men” o’rtasidagi o’zaro munosabat deb ta’riflovchi); muammoli (ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning “Ijodiylik - divergent qobiliyat jarayonidir”, degan ta’rifini ham mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil ta’riflarni kiritish mumkin (masalan, “umuminsoniy” bilimlar zaxirasini to’ldirish) dir. Intellekt va kreativlikning farqli tomonlari nimada deb hisoblaysiz? Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi. 15.Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi nechta nazariya mavjud va ular qaysilar ?
D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ula Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.SHterni, rni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan. Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani echishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi. Uchinichi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘langan ikki xil faktordeb qarashadi. SHaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A.Maslau va boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga qaraganda, ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, tavakkalchilik ) shakllantiradi. Lekin bu faollikning namoyon bo‘lishi uchun shaxsda yuqori darajadagi intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak . Ularning fikricha, quyi intellektga ega bo‘lgan kishi hech qanday kreativlikka ega bo‘lmaydi. O‘rta intellekt sohiblari o‘rtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq bo‘lgan kishilar a’lo darajadagi kreativlikka ega bo‘lishishadi. 16. Fikrlash jarayonidagi nostandartlik qanday vaziyatlarda yuzaga keladi? Ijodiylik mezonlaridan biri – bu nostandartlikdir. E.P.Torrance ta’kidlaganidek, noyobva original javoblar mohiyatan hardoim ham mos tushavermaydi. Ko’pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan ravishda aralashtirish holati ro’yberadi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb qaraladi, nostandartlik originalilk bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi noyob javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik originallik (o’ziga xoslikka nisbatan kengroq tushunchadir . 17. Ijtimoiy intellekt tushunchasini kimlar fanga kiritgan ? Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy intellekt tushunchasini kiritishdi. 18.Intellektning yuqori bo`lishi miya yarim sharlariga bo`liqmi Bu masalani tadqiq etishganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining og‘irligi normal odamning miyasidan anchagina og‘iriligini aniqlashgan. Miyasi og‘ir bo‘lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo‘lishadi degan qarashlar ham mavjud bo‘lgan. Lekin afsus ba’zi bir olim daxolarning miyasi normal insonlarnikidan ancha pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba’zi bir jinoyatchilarning miyasining og‘irligi xuddi Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. Baribir keyinchalik MRT asob bilan miyani tahlil qilishda ishtellekt bilan miyani bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Intellektning yuqori bo‘lishi nafaqat uning og‘irligiga balki miyannig frontal va parietal manglay bo‘lagidagi aktivlik jarayoniga bog‘liqligini aniqlashgan. 19. Kimlar aqliy qobilyatni muhitga bog`liq deb bilgan ? F.Galtonning fikricha, intellekning rivojlanishiga irsiyatninng rolini yuqori qo‘ygan. Lekin ijtimoiy muhitnig rolini yuqori qo‘ysak, unda yaxshi ta’lim-tarbiya olmagan nosog‘lom muhitda o‘sgan bola qobiliyatsiz bola deb hisoblashga tg‘ri keladi. Haqiqatda ham bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarda intellekt koefiitsenti deyarli bir xil natijani ko‘rsatgan. Agar bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarni boshqa boshqa oilalarda tarbiya qilib ularning intellekt koeffitsenti tekshirilganda, baribir natijani bir xiligini ko‘rishimiz mumkin. 20. Insonning dastlabki rivojlanish bosqichida irsiy omillar yetakchiroq bo`lib ko`rinadi? Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning shakllanitishida ham irsiyatning ham atrof muhitning roli muhim. Insonning dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq bo‘lib ko‘rinadi. Lekin yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi. Uning keyingi rivojlanishi yoki so‘nib borilishi atrof-muhitga bog‘liq bo‘lib qoladi. Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi erkaklarnikiga qaraganda kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi rivojlanganligi aniqlangan. Download 46.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling