Mavzu: Qurilishda muhandislik tadqiqotlari va loyihalash Reja


Download 75.71 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2023
Hajmi75.71 Kb.
#1356780
  1   2   3   4
Bog'liq
Qur.reja. 1

Mavzu:Qurilishda muhandislik tadqiqotlari va loyihalash Reja:

Qurilishda loyihalashni tashkil etish.

  • Qurilishda loyihalashni tashkil etish.
  •  
  • Qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) loyiha-smeta hujjatlarining tarkibiy qismidan biri bo‘lib, u buyurtmachi, pudratchi va qurilishni moliyalashda va material-texnik ta’minotida ishtirok etuvchi barcha tashkilot va korxonalar uchun bo‘lishi shart bo‘lgan hujjatdir. Bu loyiha asosan bosh loyihachi tomonidan ishlab chiqiladi va buning uchun zarur bo‘lgan sarf-xarajatlar asosiy loyihani tayyorlash smetasiga kiritilib buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.
  • Qurilishni tashkil etish loyihasi qurilishni o‘z vaqtida sifatli qilib bitkazishda va sarflangan kapital mablag‘ning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • U mazmunan qurilishga tayyorgarlik ko‘rish davridan boshlab, to uni qurish va foydalanishga topshirgungacha bo‘lgan davrlar uchun kurilish ishlab chiqarishini mavjud me’yorlar, tartib-qoidalar asosida tashkil qilishni o‘zida mujassamlantiradi.

Bundan kelib chiqqan holda QTEL tarkibiga quyidagilar kiradi: 1.Tayyorgarlik va asosiy qurilish davrlari uchun qurilishning bosh tarhi. 2.Tayyorgarlik va asosiy qurilish davrlari uchun qurilishning taqvimiy rejalari. 3.Ob’yektlarni qurib bitkazishning tashkiliy-texnologik sxemalari. 4.Asosiy qurilish-montaj ishlarining qaydnomasi. 5.Konstruksiyalarga, materiallarga va texnologik jihozlarga bo‘lgan ehtiyojlik qaydnomasi. 6.Qurilish mashinalari va mexanizmlariga hamda transport vositalariga bo‘lgan ehtiyojlik grafiklari. 7.Quruvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlik grafigi. 8.Hisoblash-tushuntirish xati.

Qurilishni tashkil qilish loyihasini tuzish uchun quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlar va materiallar zarur bo‘ladi: -loyihaning texnik - iqtisodiy asoslari; -muhandislik - qidiruv ishlarining hisoboti; -qurilish materiallari, konstruksiyalari, mashina va mexanizmlarni ishlatish (qo‘llash) to‘g‘risida qabul qilingan va pudratchi bilan kelishilgan qarorlar; -qurilish materiallari, konstruksiyalari va jihozlarini yetkazib berish va tashib keltirish shartlari; -qurilishni energiya va suv bilan ta’minlash manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; -buyurtmachi va pudratchining boshqa talablari (masalan, vaqtinchalik turar-joy binolariga, yordamchi ishlab chiqarish binolariga zaruriyat va boshqalar); -qurilishning umumiy va aloxida qismlari bo‘yicha muddatlari.


Download 75.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling