Mavzu: Qurilishda muhandislik tadqiqotlari va loyihalash Reja
Download 75.71 Kb.
|
Qur.reja. 1
QTELning tarkibi va mazmuniga ob’yekt qurilishining murakkabligini hisobga olib qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Murakkab ob’yektlar uchun QTEL tarkibiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar kiritiladi: - majmuaning yiriklashtirilgan to‘rsimon grafigi; - loyihalash, qurilishning bosqichlari; - ob’yektlarni barpo qilishning navbatlari; - konstruksiyalarni tadqiqot qilish, sinash va kuzatish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar; - rejalashtirishga oid geodezik asosni qurish va geodezik nazorat qilish uslublari bo‘yicha ko‘rsatmalar; - operativ aloqa o‘rnatishni tashkil qilish va qurilishni operativ-dispetcherlik boshqaruvi hususiyatlari.Uy-joy dahalarini qurishda taqvimiy rejada qo‘shimcha ravishda uy-joy binolarini aholiga hizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan muassasalar va korxonalar bilan majmuali ravishda qurishni va muhandislik jihozlanishi, obodonlashtirish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarishni ko‘zda tutishi lozim. Tog‘li va baland tog‘li, cho‘lli va yarim cho‘lli, hamda o‘ta issiq iqlimli hududlar uchun QTELni ishlab chiqishda qo‘shimcha ravishda fizikaviy, geografik va iqtisodiy omillarni (kuchli shamollar, ko‘chkilar, sel kelishi, qurilish ob’yektini uzoqlashlganligi, energiya manbalarining cheklanganligi va boshqalarni) hisobga oluvchi qurilishni tayyorlash, tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha choralar majmuasini ko‘zda tutishi lozim.Loyihalash – bu biror loyihani amalga oshirish davrlari ichida birinchi tashkiliy texnik davrning jiddiy ma’suliyatli bosqichi va jarayoni hisoblanadi. Investitsiyalar samaradorligini oshirishda asosiy rol unga tegishli. Fan va texnologiyalar rivojlanishi bilan loyihalash yechimlari murakkablashishi va mos ravishda, bu ishlar ahamiyati ortishi qayd qilinadi. Loyiha sifati qurilishning texnik–iqtisodiy jihatdan ko‘rsatkichlarini belgilab berib, shuningdek qurilayotgan korxonalar, bino yoki inshootlardan foydalanishga oid ko‘rsatkichlar, aynan loyihalashning sifatiga bog‘liq hisoblanadi. Loyihalashning me’morchilikka oid jihatlari yangi qurilishlar, jumladan, turar–joy uylari, fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan binolar, zavod va fabrikalar, shuningdek shahar va qishloqlarimizning tashqi qiyofasini va estetik jihatdan go‘zalligini belgilab beradi.Download 75.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling