19-mavzu: yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i reja


Download 76.5 Kb.
bet3/3
Sana09.03.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1255247
1   2   3
Bog'liq
19 mavzu Yer

Soliqni to‘lash tartibi
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida, har chorak birinchi oyining 10-kunigacha;
aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-kunigacha.
Soliq davri davomida soliq to‘lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran 30 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1-sentyabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.


Nazorat savollari:



  1. Yer solig‘ini iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering.

  2. Kimlar yer solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi?

  3. Kimlar syerdan foydalanuvchilar hisoblanadi?

  4. Soliq solish ob’ekti bo‘lib nimalar hisoblanadi?

  5. Qanday yerlar soliq solish ob’ekti bo‘lib hisoblanmaydi?

  6. Soliq bazasini hisoblashda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

  7. Qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar soliqni qanday tartibda to‘laydilar?

  8. Toshkent shahrida joylashgan 1-5-zonalar uchun soliq stavkalarini tushuntirib bering.

  9. Respublika viloyatlari uchun soliq stavkalarini tushuntirib bering.

  10. Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yer solig‘i stavkalari uchun kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo‘llashlarini tushuntirib bering.

  11. Soliq to‘lovchilar tomonidan yer solig‘i hisoboti qaysi muddatlarda taqdim etiladi?

  12. Soliqni to‘lash muddatlarini aytib bering.




Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling