19§. Sirt taranglik. Ho’llash. Kapilyar balandlik


Download 24.32 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi24.32 Kb.
#1103660
Bog'liq
8A ga topshiriq


19§. Sirt taranglik. Ho’llash. Kapilyar balandlik.

  1. Sirt taranglik koefitsentining birligini ko`rsating: 1) N/m; 2) N/m2; 3) J/m2; 4) J/m; 5) Pa•m. A) 1 B) 2; 3 C) 1; 4 D) 1; 3; 5

  2. Quyidagilar ichidan sirt taranglik koeffitsenti ifodasini ko`rsating.

    1. B) C) D)

  3. Diametri 1 mm bo`lgan tomizg`ichdan uzilayotgan spirt tomchisining massasini aniqlang (mg). Spirtning sirt taranglik koeffitsenti 22 mN/m ga teng.

    1. 6,9 B) 11 C) 13,8 D) 34,5

  4. Diametri 1,8 mm bo`lgan naydan kerosin tomib turibdi. Agar tomchining uziladigan joyining diametri nayning diametriga teng bo`lsa, 2 cm3 kerosinda necha tomchi bo`ladi? Kerosinning zichligi 800 kg/m3, sirt taranglik koeffitsiyenti 0,024 N/m va g= 9,8 m/s2.

    1. 94 B) 114 C) 116 D) 118

  5. Sovunli suv tomizg’ichdan tomchilamoqda. Uzilish vaqtida tomchi bo’yninig diametri 1 mm ga, massasi esa 0,0129 g ga teng. Sovunli suvning sirt taranglik koeffitsentini (mN/m) aniqlang. A) 20 B) 30 C) 40 D) 50.

  6. Radiusi 5 cm bo`lgan sim halqa sovun eritmasiga gorizontal botirildi. Halqaning massasi 7,5 g, sovun eritmasining sirt taranglik koeffitsenti 40 mN/m bo`lsa, necha nyuton kuch yordamida halqani eritmadan ajratib olish mumkin?

    1. 0,025 B) 0,075 C) 0,1 D) 0,05

  7. Diametri 8 cm, massasi 5 gramm alyuminiy halqani glitserin sirtidan ajralib olish uchun qanday kuch (mN) qo`yish kerak? Glitserin halqani butunlay ho`llaydi. σ=60 mN/m. A) 20 B) 40 C) 60 D) 80

  8. Sovun pufagining radiusini 1 cm dan 6 cm gacha puflab shishirish uchun necha mJ ish bajarish kerak? Sovun eritmasining sirt taranglik koeffitsenti 45 mN/m ga teng.

    1. 4,5 B) 4 C) 3,6 D) 1,89

  9. Shar shaklidagi sakkizta bir xil haroratli simob tomchilari birlashib yagona tomchi hosil qildi. Bunda harorat qanday va nima sababli o’zgaradi?

    1. Pasayadi, chunki sirt energiyasi kamayadi

    2. Ko’tariladi, chunki sirt energiyasi kamayadi

    3. Ko’tariladi, chunki sirt energiyasi ortadi D)Pasayadi, chunki sirt energiyasi ortadi

  10. Har birining diametri 1 mm bo’lgan 8 simob tomchisi birlashib, kattaroq tomchi hosil qildi. Bunda qanday issiqlik miqdori (μJ) ajralib chiqqan? Simobning sirt taranglik koeffitsenti 470 mN/m. A) 1 B) 3 C) 6 D) 10

  11. 0,73 mm diametrli kapillar nayda suv necha cm balandlikka ko`tariladi? Suvning sirt taranglik koeffitsenti 73 mN/m. A) 1 B) 2 C) 4 D) 8

  12. Radiusi 24 µm bo`lgan kapillar naychada kerosin necha cm balandlikka ko`tariladi? Kerosinning sirt taranglik koeffitsenti 24 mN/m , zichligi esa 800 kg/m3.

    1. 25 B) 12,5 C) 50 D) 75

  13. Suyuqlikning kapilyar naychadagi ko`tarilish balandligi 10 mm. radiusi 3 marta kichik bo`lgan boshqa kapilyar naychada shu suyuqlik qanday balandlikka (m) ko`tariladi? A) 30 B) 3 C) 0,03 D) 0,3

  14. Ichki diametrlari 1 va 2 mm bo`lgan kapillardagi suv sathlarining farqini aniqlang (mm). Suvning sirt taranglik koeffitsenti 72 mN/m. A) 0 B) 14,4 C) 28,8 D) 43,2

  15. Ichki diametrlari 0,4 va 1 mm bo`lgan ikkita kapillar naychalar zichligi 800 kg/m3 va sirt taranglik koeffitsenti 22 mN/m bo`lgan suyuqlikka tushirildi. Naychalardagi suyuqlik sathlari farqini toping (mm). A) 6,35 B) 8,25 C) 10 D) 16,5

  16. Yuzasining diametri 20 cm li idishdagi suvning sirt energiyasini (mJ) aniqlang. σ=73 mN/m. A) 1,7 B) 2,29 C) 3,42 D) 4,21

  17. Suv kapillar naychada 0,028 m ga ko`tarildi. Naychaning diametrini (mm) aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffitsiyentini 0,07 N/m ga teng deb oling.

    1. 0,2 B) 0,7 C) 1 D) 2

  18. Kapillar nay va ikki parallel plastina ularni ho`llovchi suyuqlikka tushirildi. Plastinalar orasidagi masofa va kapillar nayning ichki diametri 1 mm ga teng. Bu sistemalardagi suyuqlik ustunlari balandliklari h1 va h2 lar orasidagi munosabatni aniqlang. A) h1=h2 B) h1=2h2 C) 2h1=h2 D) h1=πh2

  19. Er sirtidan 300 km masofada doiraviy orbita bo`ylab erkin aylanayotgan kosmik kemada kosmonavt suvga kapillarning bir uchini botirdi. Kapillarning uzunligi 1 m, diametri 1 mm. Suv kapillarga qanday masofagacha (cm) kiradi?

    1. 0 B) 29 C) 73 D) 100

  20. Diametri 1 mm bo`lgan vertikal shisha naychadan suv tomchisi uzildi. Uning ogirligi qanday (mN)? σ=73 mN/m. A) 0,23 B) 0,32 C) 0,41 D) 0,5

  21. Suvni kapillar naychadan ko`tarishda sirt taranglik kuchi qanday ish bajaradi (μJ)? Suvning sirt taranglik koeffitsienti 72,8 mN/m; g=9,8 m/s2.

    1. 1,7 B) 3,4 C) 6,8 D) 13,6

  22. “Elak bilan suv tashimoq” degan xalq iborasi bor. Suv elakni ho`llamaganda, sirt yuzasi 0,12 m2 bo`lgan elakda necha litr suv tashish mumkin? Elakning har bir teshigi yuzasi 1 mm2 bo`lgan kvadratchalardan iborat. σ=73 mN/m.

    1. 0,87 B) 1,75 C) 3,5 D) 4

  23. Ho`llovchi suyuqlik stakanga solindi. Uning bosimi qaysi formula bilan aniqlanadi?

    1. p=ρgh B) p=ρgh-2σ/r C) p=ρgh+2σ/r D) p=2σ/r

  24. Kapillyar nayni avval suvga so`ng kerosinga tushurildi. Nayda suv va kerosin ko`tarilish balandliklari farqi hsuv-hkerosin=3,5 cm va δsuv=3δkerosin bo`lsa, kerosinga tushirilgan paytdagi balandlik hkerosin ni toping? ρs=1,25ρk A) 2,5 B) 6 C) 5,3 D) 5,7

  25. Kapillar nay avval suvga (ρsuv=1000 kg/m3), keyin spirtga (ρspirt=800 kg/m3) tushirildi. Agar kapillarda ko`tarilgan suyuqliklar sathlarining farqi 6,3 mm bo`lsa, kapillar nayning radiusini (mm) aniqlang. Har ikkala suyuqlik ham ho`llovchi, δsuv=0,072 N/m, δspirt=0,024 N/m, g=10 m/s2 A) 3/2 B) 1 C) 2/3 D) 4/3

Download 24.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling