Veyzekkerning yarim impirik formulasi


Download 13.56 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi13.56 Kb.
#1828598
Bog'liq
To\'rayeva Nozima


Veyzekkerning yarim impirik formulasi
Andijon davlat pedagogika instituti
Informatika va aniq fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Aslanov Xayrullo
Fizka va astronomiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi
To’rayeva Nozima
Anotatsiya: Ushbu maqolada Veyzekkerning yarim impirik formulasi haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: Veyzekker tajribasi, solishtirma bog'lanish, sirt energiyasi, Yadro sirt taranglik koeffitsienti.
1935-yilda K. Veyzekker tajriba natijalariga asosan yadroni suyuq tomchi deb qarab, yadro bog'lanish energiyasi uchun yarimempirik formulasini yaratdi. Yadroning siqilmasligi, nuklonlar orasidagi ta'sirlashuv qisqa masofada katta parametr bilan bo'lishligi, solishtirma bog'lanish energiyasining doimiyligi yadro moddasining suyuq tomchisiga o'xshaydi deyishlikka asos bo'ladi. Yadro bog'lanish energiyasi massa soni bilan chiziqli bog'langan:

Bu yerda -solishtirma bog'lanish energiyasi, A-massa soni. Birinchi ifoada A nuklondan tashkil topgan yadroda hamma nuklonlar bir xil bog'lanish energiyasi bilan bog'lanib turibdi deb qaraladi. Aslida bunday emas, Chunki yadro suyuq tomchi shar shaklida bo'lsa, sirtda joylashgan nuklonlar to'la sirti bilan ta'sirlasha olmaydi., faqatgina ichki tomonidan ta'sirlashadi. Shuning uchun sirt energiyasiga tuzatma kiritish lozim. Shar sirti uchun sirt energiyasi

Bunda -sirt taranglik koeffitsienti.
Yadro uchun :
Suv uchun ≈10²erg/sm²
Yadro sirt taranglik koeffitsientining suvnikiga nisbatan juda katta bo'lishiga yadro bog'lanish energiyasining yuqori ekanligini ko'rsatadi. Yadroni suyuq tomchi deb qaralsa, yadro sirt energiyasi

Bunda R - yadro radiusi.
Yadroning hajmi massa soni A ga proporsional, sirt energiyasi A⅔ tartibda ortib borsa, yadro o'lchami ortib borishi bilan sirt yuzining hajmiga nisbati kamayadi, demak og'ir yadrolarda bog'lanish energiyasining sirt energiyasi hisobidan kamayishi pasayadi. Sirt energiyasi

Yadro zaryadlangan shar deb qaralsa, yadrodagi protonlarning o'zaro Kulon itarilish energiyasi hisobidan ham bog'lanish energiyasi kamayishini e'tiborga olish lozim. Bu energiya Z² bog'liq bo'lganligi sababli og'ir yadrolarda yetarli darajada katta bo'ladi. Yadro bog'lanish energiyasi yadrodagi proton va neytronlarning farqiga ham bog'liq bo'lib, proton va neytronlar soni teng bo'lganda yadrolar turg'un bo'ladi. Protonlar soni neytronlar soniga teng bo'lgan yadrolar uchun Z=A/2 dir..va bu tenglikdan hae ikki tomonga o'zgarishi yadroning bog'lanish energiyasining kamayishiga sabab bo'ladi. Proton bilan neytronlarning o'zaro teng bo'lmasligini (A-2Z)² miqdor harakterlaydi. Shuning uchun yadro bog'lanish energiyasining nuklonlar simmetrikligi tufayli kamayishini hisobga oluvchi had kiritiladi.
Yadro bog'lanish energiyasiga yana bir tuzatma - bu nuklonlarning juft yoki toqligiga ko'ra, bog'lanish energiyasining o'zgarishiga tuzatmadir. Juft protonli va juft neytronli juft juft yadrolar eng turg'un, juft-toq yoki toq- juft yadrolarning bog'lanish energiyasidan kamroq va vanihoyat toq-toq yadrolardan to'rttagina yadro H, Li,B,N turg'un.
Juft-juft yadrolarning mustahkam bog'lanishligini va tabiatda ko'p tarqalganligini ikki bir xil nuklon qarama-qarshi yo'nalgan spinlarning juftlashishi va energetik sathni to'ldirishga intilishi bilan tushuntirsa bo'ladi.

Yuqoridagi tuzatmalar hisobga olganda, bog'lanish energiyasi uchun K. Veyzekker formulasi

Bunda birinchi had - hajm energiyasini, ikkinchi had - had sirtni, uchinchi had Kulon energiyalarini ifodalaydi. To'rtinchi va beshinchi hadlar nuklonlar simmetrik va toq juftliklariga tuzatmalar. Formuladagi beshta: koeffitsientlar beshta massalari aniq o'lchangan yadrolarni qo'llashi bilan ifodalanadi..
Xulosa qilib aytganda biz bu formulalar orqali istalgan yadroning massasini, bog’lanish energiyasini aniqlikda xisoblash mumkinligini bilishimiz mumkin. Bundan tashqari - yemirilish, proton, neytronlarni yadrodan ajratish, bo’linish va sintez reaksiyalarida ajraladigan energiyalarini kata aniqlikda hisoblash imkoniyatini berishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.https://e-library.namdu.uz
2.https://ilmiy. bmti.uz.Bekjonov R. D. Atom yadrosi va zarralar fizikasi
3.https://jdpu. uz. Optika, Atom va yadro fizikasi
4.https://n.ziyouz.com
5.https://fizika.edu.uz "Atom va yadro fizikasi"
6.https://teoriya.ru
Download 13.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling