1918 – 1939 yillarda Tropik va Janubiy Afrika davlatlari reja
Download 5.38 Kb.
|
1918 – 1939 yillarda Tropik va Janubiy Afrika davlatlari reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
- Tayanch iboralar.
- Test savollari.
1918 – 1939 yillarda Tropik va Janubiy Afrika davlatlari reja 1918 – 1939 yillarda Tropik va Janubiy Afrika davlatlari REJA: Birinchi jahon urushidan keyingi Afrika siyosiy xaritasi. Afrika xalqlarining o'z haq-huquqlariuchun kurashi. Tropik Afrika deganda Afrikaning shimoli va janu-Bi orasidagi o'lka hudud tushuniladi. XVII—XIX asrlar davomida bu hudud Yevropa davlatlari tomonidan bosib olingan. Dagomeya, Kamerun, Senegal, Mali, Ruanda, Somali, Togo, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Gabon, Chad, Kongo, Niger, Mavritaniya, Mada-gaskar va boshqalar Fransiya mustamlakalari edi. Buyuk Britaniya esa Gana, Malavi, Nyasalend, Uganda, Sudan, Keniya, Nigeriya, Serra-Leone, Gam-biyaga egalik qilardi. Belgiya hozirgi Zair hudu-diga (Belgiya Kongosi deb atalardi) egalik qilgan. Portugaliya esa Angola, Mozambik, Gviniya-Bisauni bosib olgan edi. Italiya Eriteriya hamda Somalining bir qismiga, Ispaniya esa Ekvatorial Gvineya hamda Ispan Saxarasiga egalik qildi. Janubiy Afrika davlatlariga bugungi Janubiy Afrika Respublikasi, Zimbabve, Zambiya, Namibiya, Botsvana, Lesoto, Svazilend kabi davlatlar kiradi. Ularning barchasiga Buyuk Britaniya egalik qilgan. Afrikada bosib olinmagan rasmiy mustaqil ikki davlat qolgan edi, xolos. Bular — Efiopiya va Liberiya davlatlari edi. Afrika xalqining haq-huquqlari uchun kurashi T'anafrika harakati deb atalgan harakatni vujudga keltirdi. Bu harakatning tashabbuskori advokat G. Silvestr Uilyam edi. Harakatning 1 kongressi 1919-yilda Parij shahrida chaqirildi. Unda 15 davlat (shu jumladan 9 ta Afrika davlati) vakillari qatnashdi. Uning Afrika davlatini tuzish loyihasi bor edi. Bu davrda Panafrika harakatining avj olishiga garvizm ham sabab bo'ldi. Amerikalik negr Markus Garvi 1920-yilda «Orqaga, Afrikaga!» shiori bilan chiqdi va o'zini Afrikaning birinchi imperatori deb e'lon qildi. Ikkinchi jahon urushigacha yana 3 ta Kongress o'tkazildi. Kongress ilgari surgan g'oyalar keyinchalik milliy-ozodlik harakatining kuchayishida ma'lum darajada ijobiy ahamiyatga ega bo’ldil. 20-yillarda mustamlakalar rivojlangan davlatlarning xomashyo bazasiga aylanib qoldi. Har bir mamlakat asta-sekin ixtisoslasha boshladi. Tropik va Janubiy Afrika dunyodagi olmosning 97 foizini, kobaltning 92 foizini, oltinning 40 foizini, platinaning uchdan bir qismini berar edi. Talonchilik avj oldi. Mustamlakalarda assimilatsiya kuchaytirildi. Tub joy aholisining ahvoli og'irlashdi. Aparteid va segregatsiya avj oldi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida Afrika xalqining ahvoli yanada og'irlashdi. Janubiy Afrikada qurg'oqchilik boiib, rezervat aholisi ochlikdan, kasallikdan qirila boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Efiopiya, Italiya Somalisi va Eriteriya hududida urush harakatlari bo'ldi. 1941 -yilda bu yerlarni ingliz qo'shinlari qolga oldi. Gitler Germaniyasi Janubiy Afrikadagi fashistik tashkilotlarga, bur millatchilariga va u yerda yashovchi bir necha o'n ming nemislarga umid boglagan edi. Mamlakatda ish ko'rayotgan «Sariq ko'ylaklar» fashistik tashkiloti to'g'ridan-to'g'ri Berlindan boshqarilar edi. Shunday qilib, Janubiy va Tropik Afrika hali Yevropa davlatlariga qaram va oldinda milliy-ozodlik harakatining mashaqqatli yo’llari turar edi. Nazorat savollari. 1. Urushni qaysi davlat boshladi? 2. Fransiya Germaniyaga qachon taslim bo'ldi? 3. Germaniya nima uchun Buyuk Britaniyani yenga olmadi? 4. Yevropada 2 - front qachon va qay tariqa ochildi? 5. Germaniya va Yevropaning taslim bo'lishini taqqoslang. 6. 2 - jahon urushining asosiy yakunlari nimalardan iborat? Tayanch iboralar. 1."Dengiz sheri" operatsiyasi, 1940 til VIII da Germaniyaning Buyuk Britaniyaga qarshi operatsiyasi. 2. "Uchlar ittifoqi" - 1940 yil 27 sentaybrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o'rtasida tuzilgan shartnoma. 3. BMT - Birlashgan Millatlar tashkiloti - 1945 yil 24 - oktayabrda tashkil topgan. Test savollari. 1. Qrim, Tehron va Yalta konferensiyasida qaysi davlatlar qatnshdi? A) Germaniya, Italiya. B) SSSR, Buyuyk Britaniya, AQSH. S) SSSR, AQSH, Germaniya. 2. Yevropada urush qachon tugadi? A) 1945 yil 9 - may. B) 1945 yil 2 - sentyabr. S) 1946 yil 2 sentyabr. http://fayllar.org Download 5.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling