1927 yilda Uzbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari kurgazmasi tashkil qilingan edi. So'ng bu doimiy kurgazmaga aylantirilib, "O'zbekiston xalq xujaligi kurgazmasi" nomini oldi


Download 25.9 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi25.9 Kb.
#1820002
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1927 yilda Uzbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari kurgazmasi tashkil qilingan edi


1927 yilda Uzbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari kurgazmasi tashkil qilingan edi. So'ng bu doimiy kurgazmaga aylantirilib, "O'zbekiston xalq xujaligi kurgazmasi" nomini oldi. Kurgazmaga quyilgan eksponatlar yilma-yil yigilib bordi. SHu bilan birga ilgarigi davrlarda tayyorlangan, qo'lda tikilgan kashtalar, do'ppilar, zargarlik buyumlari, gilamlar va shunga o'xshash xalk amaliy san'ati namunalari ham sotib olindi. Ana shu to'plangan xalk amaliy san'at asarlari 1937 yilning 7 iyulida Toshkentda ochilgan "Hunarmandchilik muzeyi" da namoyish etila boshlandi. 1960 yilda muzey "O'zbekiston amaliy san'ati doimiy kurgazmasi" nomini oldi. 1997 yilda sobiq ko'rgazma O'zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o'tkazildi va "Davlat Amaliy san'at muzeyi" maqomiga ega buldi. Bugungi kunda muzey xazinasida XIX asrning birinchi yarmidan to hozirgi kunlarimizgacha bo'lgan davrni qamrab olgan qo'li gul ustalar tomonidan yaratilgan bebaho amaliy san'at durdonalari yig'ilgan. Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san'at asarlarini badiiy jihatdan uch guruhga bo'lish mumkin. Birinchidan, bu qadimiy an'analar asosida yaratilgan, har bir hudud ichidagi o'ziga xosligini aks ettirgan maktablarga oid amaliy san'at asarlari; Ikkinchidan, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xalq ustalari an'anaviy uslubini yo'qotmagan xolda uni o'z ijodiy hofizasi bilan rivojlantirib, yanada badiiy bezak bilan boyitib yaratilgan asarlardir. Uchinchi guruh esa, bugungi kun amaliy san'at taraqqiyotidan kelib chiqib, rang-barang turfa naqshlar bilan bezatilib, zamonaviy san'at talablari darajasidagi yetuk asarlardan iborat. Muzey zaxirasida to'plangan buyumlar 20 nomdagi kolleksiyaga ajratilib saqlanadi va shu turlar buyicha ekspozitsiyalarda namoyish qilinadi. O'zbek xalki o'zining qadimiy amaliy san'ati bilan jahonga mashxurdir. Zebi ziynatli buyumlar yasash san'ati xalqimiz jodining eng qadimiylaridan hisoblanadi. Bu nodir xalq badiiy hunarmandchiligi namunalarini me'moriy yodgorliklar, ganch, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlikda, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamduzlik, ipak va ip gazlamachiligi, zarduzlik, kashtachilik va o'nlab boshqa amaliy san'at turlarida o'z namunalarini saqlab qolgan. Bugungi kunda yuksak va noyob san'at durdonalari darajasiga ko'tarilgan bu bebaho merosimiz muzeylarimizda saqlanib kelinmokda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma'naviyati orqali bilamiz, tarixining tagtomirlarigacha nazar tashlaymiz"deb bejiz uqtirmagan edi. Darxaqiqat, Respublikamiz muzeylari xazinalarida saqlanayotgan moddiy va ma'naviy madaniyatimiz bebaho yodgorliklari bizning kim bo'lganligimizni namoyon etuvchi nodir guvohlardir. Mustaqilligimiz yillarida respublikamiz muzeylari faoliyatini tubdan yaxshilashga alohida e'tibor qaratilmokda. Muzeylar faoliyatini yaxshilash chora tadbirlari to'g'risida 1994 va 1998 yillarda Vazirlar Maxkamasining ikkita qarori qabul qilinganligi, "o'zbekmuzey" jamg'armasi tuzilganligi, Toshkentda o'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Qatag'on qurbonlari xotirasi", Termizda arxeologiya muzeylari tashkil etilganligi buning yaqqol ifodasidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 jil 12 yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tug'risda"gi Farmonida "O'zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalk ma'naviyaxloqiy kamolotida tutgan o'rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalkimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o'rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ'ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g'urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg'ularini kuchaytirish yo'lida keng foydalanish" zarurligi ko'rsatib o'tiladi. Respublika Davlat Amaliy san'at muzeyida milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo'lgan xalq amaliy san'atining eng noyob yodgorliklari saqlanadi. Muzey ekspozitsiyalarida xalq amaliy san'atining 50 dan ortiq turi namoyish etib kelinmoqda. Ma'lumki, O'zbekiston hududida asrlar davomida xalq badiiy hunarmandchiligining o'ziga hos yirik markazlari shakllangan. har bir hudud o'zining badiiy bezak san'ati bilan boshqalardan ajralib turgan. Hususan, CHust duppisi, pichog'i, Rishton o'zining lojuvard sopol idishlari, Marg'ilon kamalak tovlanma atlasi, Buxoro zarduzligi, SHahrixon pichoqchiligi bilan ma'lumu mashxurdir. Muzey zallarida sayr etar ekansiz, inson qo'li bilan yaratilgan mujizalarni, betakror san'at nafisligini ko'rib, olamolam zavk olasiz. Muzey o'z xazinasida saqlanayotgan 7 mingdan ortiq xalq amaliy san'ati nodir asarlarining hammasini bir yula ekspozitsiyasida namoyish qilish imkoniga ega emas.






Download 25.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling