193-guruhi talabasi Raimboyeva Ma’muraning Ona tili o’qitish metodikasidan Mavzu: Boshlang’ich sinflarda tekshiruv diktanti va uni tashkil etish. Topshirdi: Raimboyeva M. Qabul qildi: Tilavova M


Download 1.81 Mb.
bet3/5
Sana02.02.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1146298
1   2   3   4   5
Bog'liq
Raimboyeva Ma\'mura OTO\'M kurs ishi

Lug`at diktant ko`pincha dars oxirida o`tkaziladi (5-7 daqiqa ajratiladi). O`qituvchi so`zlarni aytib turib yozdiradi, o`quvchilar yozib bo`lgach, lug`atdan topib yozishni tekshiradilar. Ba`zan diktant uchun tanlangan so`zlarni ifodalovchi rasmlar ko`rsatiladi, o`quvchilar rasmlarda ifodalangan predmetlar nomini yozadilar (bir predmet rasmi ko`rsatiladi, o`quvchilar uning nomini yozib, vergul qo`yadilar, ish shu tarzda davom ettiriladi) va yozgan so`zlarini lug`atdan tekshiradilar.
Diktantning bu turi rasm diktant deb ham yuritiladi.
Izohli yozuv- o`qituvchi gapni o`qigach bir o`quvchi so`zlarni bo`g`inlab aytib turadi, zarur bo`lgan so`zning imlosini aniq va qisqa izohlab tushuntiradi. So`zni hamma bir vaqtda yozadi. O`qituvchi o`quvchining izohini kuzatib, zarur tuzatishlar kiritadi. So`zni izohlashda o`quvchi to`xtab qolsa yoki xato qilsa, uni navbatdagi o`quvchi izohlaydi. Izohlash uchun ayrim grammatik forma tanlanishi (bu tanlab izohlanishi, to`liq yoki umumiy izohlash) mumkin.
Izohli yozuv xususiyatiga ko`ra ta`kidiy diktantga o`xshaydi, ammo izohli yozuvda matnni yozib borish jarayonida xatolar oldi olinadi.
Bu usul jarayonni boshqaradi, o`quvchilarni o`z - o`zini tekshirib borishga o`rgatadi.
Erkin diktant - diktantning bayonga yaqin turi bo`lib, o`quvchilarni ravon bayon yozishga tayyorlaydi.
Diktant deb atalishining sababi - o`quvchi matnni diktovka qiladi, erkin deyilishining sababi esa matnni o`qib berilgan qismidan esda qolganini erkin ravishda yozishdir. Diktant uchun 3-5 abzasga bo`lingan matn tanlanadi. Matn o`qilishidan oldin zarur qoidalar takrorlab eslatiladi. O`qituvchi avval matnni yaxshi o`qib beradi, so`ngra abzasma-abzas o`qib yozdiriladi. Birinchi abzas oq`iladi, o`quvchilar esda qolganini yozadilar, ikkinchi abzas o`qiladi o`quvchilar esda qolganini yozib bo`lgach, uchinchi abzas o`qiladi. Diktantning bu turi to`g`ri yozuvga o`rgatishning nutq o`stirish vazifasi bilan uyg`unlashtirib amalga oshirishga yordam beradi.
Masalan, uchinchi sinfda "Fe`l" mavzusi o`tib bo`lingach o`qituvchi biz, bog`, gul, qo`shni, termoq, o`ynab o`tib ketmoq, adashib qolmoq, qidirmoq, topib kelmoq, so`zlarini doskada yozib berib, "Bog`da" mavzusida gaplar tuzishni topshiradi. O`quvchilar quyidagicha gaplar tuzib yozadilar:
Biz bog`da gullar terdik, Nafisa o`ynab bog`dan boqqa o`tib ketdi. U adashib qoldi, biz Nafisani qidirdik uni qo`shni bog`dan topib keldik.
Ijodiy diktant imloni o`zgartirishni o`rgatishni nutq o`stirish bilan uyg`unlantirib amalga oshirishga imkon beradi, bolalardan matn tuzishga faol munosabatda bo`lishini talab qiladi.
Kontrol diktant kontrol yoki tekshiruv diktanti o`quvchilar olgan bilim hosil qilgan ko`nikma va malakalarni tekshirish uchun o`tkaziladi. Kontrol diktantdan ayrim vaqtda o`qitish vositasi yoki imloviy malakalarini hosil qilishga qaratilgan mashq turi sifatida ham foydalaniladi. Kontrol diktant mustaqil diktant deb ham nomlanadi. Chunki o`quvchi qandaydir vazifani mustaqil bajarishda o`z kuchini sinaydi, o`zi bilgan qoidani o`qituvchi diktovka qilgan matnga tatbiq qiladi. Kontrol diktant o`qituvchiga u yoki bu qoidaga oid mavzuni o`quvchilar qay darajada o`zlashtirganligi haqida ma`lumot beradi va keyingi mashg`ulotlarni to`g`ri rejalashtirishga imkon beradi. O`qituvchi butun sinfdan ayrim o`quvchilar nimani o`zlashtirmagani, nimani takrorlash, kimga qanday yordam berish, qanday mashqlar ishlatish kerakligini aniqlab oladi.
Diktantlar kuzatilgan natijani berish uchun uni tashkil etish va o`tkazishda ayrim talablarga rioya qilish zarur.
1. Kontrol ish ma`lum bir mavzu o`tilib, o`quvchilarda zarur malaka hosil bo`lgach, o`tkaziladi. Aks holda kontrol ish qiyinroq o`tkaziladi.
2. Kontrol ish tekshirilganda yaqinda o`rganilgan mavzular bilan bir qatorda ilgari o`rgatilganlar yuzasidan yo`l qo`yilgan xatolar ham hisobga olinadi.
3. Diktant uchun materiallar sifatida ma`lum bir mavzudagi bog`lanishli tekst ba`zan alohida gaplar olinadi. Har bir sinf uchun so`zlar soni quyidagicha belgilangan:
1-sinf ikkinchi chorak oxirida 20 so`z, yil oxirida 40 so`z;
2-sinf ikkinchi chorak oxirida 55 so`z, yil oxirida 65 so`z ;
3- sinf ikkinchi chorak oxirida 75 so`z, yil oxirida 85 so`z;
Diktant tekstining qiyinligi o`rtacha bo`lishi, ma`lum qadar imlosi o`rganilmagan so`zlar kiritilmasligi yaqinda o`tilgan mavzuga oid 2-6 so`z bo`lishi talab etiladi.
Diktant teksti O`quvchilarning turli qoidalarga oid yo`l qo`ygan xatolarini aniqlash, taqqoslash imkoniyatini beradi. Tekstda ma`lum bir qoidaga oid nechta so`z bo`lishini bilgan o`qituvchiga o`quvchilar yo`l qo`ygan xatolar hisobini olish, ular o’rtasidagi farqni aniqlash oson bo`ladi.
O`qituvchi diktant tekstini o`qib, ayrim tushunarsiz so`z va iboralarni yo`l-yo`lakay tushuntiradi, o`quvchilar yozmay, faqat tinglab esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qiladi. O`qituvchi yig`iq sodda gaplarni butunligicha, yoyik sodda gap va qo`shma gapni esa qismlarga bo`lib yana o`qiydi, o`quvchilar yozadilar. Gaplar qayta o`qilganda o`quvchilar yozganlarini tekshirib ko`radilar.
Tekst diktovka bilan yozdirilgach, o`qituvchi tekstni yana bir marta sekin o`qiydi, o`quvchilar yozganlarini tekshiradilar.
Masalan, 1-sinfda so`zlarni so`roq berish orqali bir-biridan farqlash;
2-3 sinflarda so`z turkumlarini, otlarning egalik qo`shimchalarini topib, shaxs-sonini aniqlash, qaysi kelishikda turlanganini farqlash, fe`llarning qaysi shaxs-sonda turlanganini, zamonini aniqlash, xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash.
O`qituvchi o`z o`quvchilarining imlo va grammatikadan qay darajada malaka hosil qilganini aniqlash va bu malakani takomillashtirib borish uchun ularning yozma ishda yo`l qo`ygan xatolarini hisobga olib borishi zarur. O`qituvchi diktant natijalarini hisobga olib boradigan daftariga eng bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun alohida varaq ajratib, ular yo`l qo`ygan xatolarni yozib boradi. Bu o`qituvchiga o`quvchilarning orfografik savodxonligi qanday o`sishini kuzatib borishga, ayrim o`quvchilarga sinfda va uyda bajarish uchun shaxsiy vazifalar berishga differensial yordam uyushtirishga imkon beradi.
O`quvchilar yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini to’g’irlash ustida o`zlari ham mustaqil ishlaydilar. Buning uchun ular xato yozgan so`zlarini to’g’irlab ko`chirib yozish bilangina chegaralanmay, ularni hisobga oladilar. Oradan ma`lum vaqt o`tgach, o`qituvchi frontal suhbat vaqtida yoki o`quvchidan o`tilgan mavzuni so`rayotgan paytida zarur bo`lgan so`zlarni yozib berishini va qoidasini tushuntirishini so`raydi. Bu hildagi ish o`quvchilarni aktivlashtiradi. O`qituvchi chorak oxirida, yarim yilda, yil oxirida o`quvchilar ishida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni to`la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni o`quvchilar o`rgangan qoidalari asosida klassifikatsiya qilish natijasida sinfdagi o`quvchilarning grammatika va imlodan o`zlashtirishi haqida to`la tasavvurga ega bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilar yo`l qo`yayotgan xatolarning sababini bilishi muhim ahamiyatga ega. Xatolarning kelib chiqish sabablari turlicha bo`lib, asosiylari qo`yidagilar hisoblanadi:
1. O`quvchi qoidani bilmaydi;
2. Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo`llay olmaydi;
3. Qoidalarni aralashtiradi;
4. Yozayotgan so`zlarini ma`nosini tushunmay xato qiladi;
5. Ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi, yoki noto`g`ri talaffuz qiladi, yozish jarayonida o`zini tekshirib bora olmaydi.
O`quvchilarning grammatik bilim va to’g’ri yozuv malakalarini hisobga olib, ona tilidan o`zlashtirishlari baholanadi. Boshlang`ich sinflarda bitta baho qo`yiladi, bunda o`quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o`ynaydi. Ona tilidan bilim va malakalarini baholash me`yori I - IV sinflar rejasida berilgan.
O`quvchilar yo`l qo`ygan xatoning oldini olish va to`grilashda yozma ishlarni tahlil qilish darslari katta ahamiyatga ega. Bunday darsning ko`rilishi kontrol ishning xarakteriga ko`ra turlicha bo`ladi.
Diktant tahlilida o`qituvchi bolalar diqqatini jamoa ishiga jalb etish uchun daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda o`quvchilar yo`l qo`ygan tipik xatolar ustida ishlanadi. O`qituvchi doskada, boshqa o`quvchilar daftarlariga sinfdagi ko`p o`quvchi xatoga yo`l qo`ygan so`z, yoki gaplarni yozadilar;
U yoki bu so`zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi aniqlanadi, to`g`ri yozuv qoidalari takrorlanadi.
Tipik xatolar juda ko`p bo`lmaydi, shuning uchun o`qituvchi ular tahlilini tez tugatib, takrorlangan qoidaga oid so`z tanlash, shu so`zni qatnashtirib gap yoki so`z birikmasi tuzish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning ikkinchi qismida o`quvchilarning individual xatolari tahlil qilinadi. O`qituvchi o`quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular o`qituvchi tomonidan to’g’irlangan so`zlarni topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar va xokazo.
Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida izchil ravishda ishlab boriladi.
Har bir dars, har bir o`quvchining javobi, har qaysi yozma ish o`quv predmetida berilgan bilimlarini o`zlashtirish darajasini ko`rsatib, o`qituvchi o`quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko`proq e`tibor berish kerakligi haqida ma`lumot beradi.
O`qituvchi alohida o`quvchi va butun sinf bilan olib boriladigan ishlarning aniq rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og`zaki va yozma javoblarni to`g`ri baholab borishi, o`z daftarchasiga zarur ma`lumotlarni yozib borishi lozim. Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma`lum sxema asosida gap bo`laklari, so`z turkumi yoki so`z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap bo`laklari, so`z turkumlari haqida chizish bilan, so`z qismlarini ma`lum belgilar bilan gapdagi so`zlarning bog`lanishini sxema bilan ko`rsatish va shu kabilar.
Orfografiyadan- kontrol diktant:
kerakli so`zlarni yoki tinish belgilarini qo`yib, bo`sh formada berilgan so`zlarga qo`shimchalar qo`shib gap tuzib, kitob yoki doskadan ko`chirib yozish;
berilgan tema asosida gap tuzish;
hikoya tarzidagi tekst asosida bayon yozish;
kichik hikoya yozish.
Ba`zan lug`at va kontrol diktantdan ham foydalanish mumkin. Maktab tajribasida grammatik bilim bilan orfografik malaka birga tekshiriladi, masalan: diktant yozdirilib, matndagi ayrim so`z, so`z birikmasi yoki gap tahlil qilinadi.
Grammatik tahlil uchun ikki yoki uchta topshiriq berilishi mumkin.
Uchinchi sinf o`quvchilariga 2-chorakda "Qish keldi" mavzusida diktant yozdiriladi. Bundan maqsad bilim, ko`nikma va malakalarini tekshirish bo`ladi.


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling