1932-yildan hozirgi davrgacha dasturlar tarixi
Download 1.12 Mb.
|
mtm dasturlar tarix
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya berishning maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risida qonunlar talablari asosida tashkil etiladi.Maktabgacha ta’lim sog‘lom har tomonlama etuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalrni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1998 yil 5 yanvadagi 5 son qarori bilan tasdiqlagan. «Davlat ta’lim standanrtlari haqidagi nizom»ga muvofiq belgilanadi. Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim tarbiya mazmunining asosiy o‘ynalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minemal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi va barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling