1950–1990-yillarda O`zbekiston qishloq xo‘jaligi: paxta monokulturasi fojeasi. Reja
Download 22.86 Kb.
|
1950–1990-yillarda O`zbekiston qishloq xo‘jaligi paxta monokultu~ (2)
4-masala:
Mustabid sovet tuzumi sharoitida dasturulamal bo‘lib qolgan “Inson tabiatning xo‘jayini”, degan soxta mafkuraviy da’vo, xo‘jalik yuritishning yaroqsiz usullari, tabiiy va mineral xom ashyo zaxiralaridan vahshiylarcha foydalanish kabi illatlar ekologik muammolarni keltirib chiqardi. O`zbekistonda yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, tuproq unumdorligining pasayishi, yerning zaharlanishi va buzilishi, havo bo‘shlig‘i, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishi ekologik muhitni yomonlashtirib bordi. Cho‘lu sahrolarni o‘zlashtirish borasidagi dabdabali tadbirlar, paxta monokulturasining kuchayishi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‘ylab sug‘orish tizimlarini jadal suratda qurish ishlari Orol fojeasini keltirib chiqardi. Orol dengizining sathi qariyb 20 metrga pasaydi, uning sohillari 60–80 km.ga chekindi, u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq ko‘lga aylanib qoldi. Dengizning suv qochgan 4 mln. gektardan ortiqroq tubi qumli, sho‘rhok sahroga aylandi. Undan kuchli shamol va bo‘ron orqali ko‘tarilgan tuz, chang-to‘zonlar atrof-muhitni yemirmoqda, odamlar sog‘lig‘ini yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki, tuberkulez, qorin tifi, kamqonlik, siydik yo‘llari va jigar toshi, qon bosimi va boshqa kasalliklar ko‘paydi. Bolalar va xotin-qizlar o‘limi ko‘payishi kuzatilmoqda. Yiliga 90 kunlab davom etadigan kuchli bo‘ron tufayli 15–75 mln. tonna tuzli qumlar atmosferaga ko‘tarilib, 300–500 km. masofaga yoyilmoqda. Orolning qurib borishi ekoligik kulfat darajasiga aylandi, uning atrofida yashaydigan qariyb 35 mln. kishi xavf-xatar ostida qoldi. Download 22.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling