1950–1990-yillarda O`zbekiston qishloq xo‘jaligi: paxta monokulturasi fojeasi. Reja


Download 22.86 Kb.
bet2/3
Sana04.11.2023
Hajmi22.86 Kb.
#1746223
1   2   3
Bog'liq
1950–1990-yillarda O`zbekiston qishloq xo‘jaligi paxta monokultu~ (2)

2-masala:
Respublika qishloq xo‘jaligida paxta monokultura sifatida rivojlantirildi. 1950-yilda 1,2 mln. gektar yerga g‘o‘za ekilgan bo‘lsa, 1985-yilda qariyb 2 mln. gektar yerga g‘o‘za ekildi. Paxta xom ashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan, 5,4 mln. tonnaga yetdi. Hosildorilik har gektar hisobiga 20,1 sentnerdan 27 sentnerga ko‘tarildi.
Markaziy hokimiyat Ittifoq mehnat taqsimotida, yagona xalq xo‘jaligi kompleksida O`zbekistonning asosiy o‘rni paxtachilik ekanligini qat’iy belgilab qo‘ygan edi. O`zbekistonga og‘ir vazifa – SSSRning xalqaro maydonda paxta mustaqilligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan edi. Mana shu boisdan paxta O`zbekistonda monokulturaga, ya`ni hukmron tarmoqqa aylandi. 1985-yilda respublika paxta maydonlari barcha ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallardi. Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida esa uning salmog‘i 70–75 foizga yetardi. Bu holat ekinlarni ilmiy asoslangan mezonlarga binoan almashlab ekish va tuproq unumdorligini qayta tiklash imkonini bermas edi.
Paxtachilikda juda zaharli ximikatlar (butifos, merkaptofos) haddan tashqari ko‘p miqyosda qo‘llanilardi, ularni saqlash va ishlatish qoidalari buzilardi, bunday bedodlikdan odamlar zaharlanadi, atrof-muhit ifloslanardi, suv, havo va tuproq ham minerallashib zaharlanib bordi. Kasalliklar soni ortdi, o‘lim, nosog‘lom bola tug‘ilish hollari ko‘paydi.
Paxta og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilardi, dehqonlar ter to‘kib ishlardi, biroq mehnatiga yarasha haq olmasdilar. Negaki, birinchidan, paxta xom ashyosiga kam haq to‘lanar edi, ikkinchidan, paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotlar tayyorlash asosan boshqa mintaqalarda amalga oshirilardi, daromadning ko‘p qismini tayyor mahsulotlar tayyorlovchilar olardi, xom ashyo yetishtiruvchilar nochor ahvolda qolaverardi.
3-masala:
O`zbekiston qishloq xo‘jaligida makkajo‘xori va sholi ham yetishtirilardi. 1970-yillarda barcha viloyatlarda 18 ta ixtisoslashgan makkajo‘xorichilik sovxozlari tashkil ertildi va makkajo‘xori yetishtrish sezilarli darajada ko‘paydi. Biroq 80-yillarning o‘rtalarida bu tarmoqqa e’tibor kamaydi, makkajo‘xori ekishga ajratilgan ekin maydonlari keskin kamaytirildi. Natijada makkajo‘xori yetishtirish pasayib, 1985-yilda atigi 443,1 ming tonnaga tushib qoldi. Sersuv va jazirama issiq bo‘ladigan joylarda sholi yetishtirilar edi. Sholi asosan Chirchiq, Ohangaron, Sirdaryo bo‘ylarida yetishtirilar edi. O`zbekiston Kompartiyasi MQ va Ministrlar Kengashi 1978-yil noyabrida sholi yetishtirishni yanada ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq Amudaryoning quyi qismida – Qoraqalpog‘iston ASSR va Xorazm viloyatida ancha yerlar o‘zlashtirildi va ixtisoslashtirilgan maxsus sholikorlik sovxozlari tashkil etildi. Birgina Qoraqalpog‘istonda sholikorlikka ixtisoslashtirilgan sovxozlar soni 19 taga yetdi. 1985-yilda Qoraqalpog‘istonda 323,3 ming tonna sholi tayyrolangan bo‘lsa, Xorazm viloyatida 117,9 ming tonna sholi tayyorlandi. Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida ham sholi yetishtirish ancha ko‘paydi. 1985-yilda respublika bo‘yicha 482,9 ming tonna sholi tayyorlandi.
Respublikada bug‘doy, arpa yetishtirish imkoniyatlari katta edi. Ammo bu imkoniyatlardan foydalanilmadi, bug‘doy ekish uchun sug‘oriladigan yer ajratilmadi. Bug‘doy va arpa bahorikor (lalmikor) yerlarga ekilardi. Hosildorlik gektariga 5-8 sentnerdan oshmasdi. 1985-yilda atigi 387,9 ming tonna bug‘doy yetishtirildi, aholining bug‘doyga bo‘lgan talabi mutlaqo qondirilmasdi, respublikaga boshqa mintaqalardan bug‘doy keltirilar edi.
Respublika dalalarida shirin-shakar mevalar, uzum, qovun-tarvuz, sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirilar edi. Respublikada 49 ta sovxoz meva va uzum yetishtirishga ixtisoslashtirilgan edi. 1985-yilda respublikada 206,1 ming gektar mevazor, 133,4 ming gektar uzumzorlar bor edi. Meva yetishtirish 633 ming tonnaga, uzum yetishtirish 635,6 ming tonnaga ko‘tarildi. Xorazm, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ko‘p miqdorda qovun-tarvuz yetishtirilar edi. Termiz tumanida tashkil etilgan “Navro‘z” limonariyasi aholining limonga bo‘lgan ehtiyojining katta qismini qoplaydigan bo‘ldi.
Barcha viloyatlarda, ayniqsa yirik shaharlar atrofida sabzavot yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. 50-80 yillarda respublikada 45 ta sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan kolxoz, 35 ta sabzavot-sutchilik sovxozlari tashkil etildi. Sabzavot, kartoshka yetishtirish va poliz ekinlari maydoni 1985-yilda 196,3 ming gektarga yetdi. Shu yillarda kartoshka yetishtirish 240,7 ming tonnaga, sabzavot tayyorlash 2,4 mln. tonnaga, poliz mahsulotlari 790 ming tonnaga ko‘paydi.
Chorvachilik ham o‘sdi. 60-yillarda qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan 30 ta sovxoz tashkil etildi. 70-yillarning ikkinchi yarmida davlat va kolxozlar mablag‘lari hisobiga 45 ming sigir boqiladigan kichik sutchilik komplekslari, 65 ming buzoq boqiladigan go‘shtchilik komplekslari va ochiq maydonda 190 ming bosh qoramol boqiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan komplekslar qurildi. 1982-yilda chorvachilik, cho‘chqachilik va sutchilik komplekslari soni 82 taga yetdi. 1985-yilda xo‘jaliklar 4,1 mln. bosh qoramol, shu jumladan, 1,6 mln. sigirlarni boqib mahsulotlar yetishtirdi.
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog‘iston ASSRda 90 taga yaqin ixtisoslashtirilgan qorako‘lchilik sovxozlarida 5mln.dan ortiqroq qorako‘l qo‘ylari boqilib, qimmatbaho qorako‘l terilari yetishtirildi. Shuningdek, 3 mln. boshdan ortiqroq xisori va jaydari qo‘ylar boqildi.
60–70-yillarda parranda go‘shti va tuxum ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq yirik parrandachilik komplekslari barpo etildi, parrandalarni oziqlantirish, ko‘paytirish, tuxum va go‘sht yetishtirish ishlari mexanizatsiyalashtirildi. 1985-yilda respublikada 33,5 mln. tovuqlardan qariyb ikki mlrd. dona tuxum olindi.
O`zbekistonda sobiq Ittifoq bo‘yicha yetishtirilgan pillaning uchdan ikki qismi yetishtirilardi. 1985-yilda xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilib davlatga sotilgan pilla 32,2 ming tonnaga yetdi. Shuningdek, yiliga o‘rta hisobda 4 ming tonnaga yaqin asal tayyorlandi. Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi qirg‘oqlarida andatra, nutriya, norka va boshqa hayvonlar urchitildi hamda mo‘ynalar tayyorlandi. Baliqchilik xo‘jaliklari 1985-yilda 26 ming tonna mahsulotlar yetishtirdilar.

Download 22.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling