Iqtisodiy holat
Forbes 2007 yilda ilk marta sport brendlari reytingini tuzgan edi. O‘shanda 5,6 milliard dollarga baholangan Nike biznes-reytingda ikkinchi o‘rinni egallagandi, Amerika kompaniyasining jahon krossovkalar bozoridagi ulushi esa 31 foizni tashkil qilgan - bu Adidas, Puma va Reebok ulushlarini qo‘shib hisoblaganda ham ko‘p, demakdir. O‘shandan buyon inflyatsiyani hisobga olganda, brend deyarli 4 karra qimmatlashdi (hozirda Forbes uni 29,6 milliard dollarga baholamoqda) va sanoatda mutlaq yetakchiga aylandi. 2017-yilgi reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan ESPN (15,8 milliard dollar) ikkinchi yil ketma-ket obunachilarini yo‘qotmoqda, bu uning daromadi va brend bahosiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Nike'ning sport ekipirovkasidagi asosiy raqibi hisoblangan Adidas kompaniyasi bir yil ichida o‘z brendi bahosini 12,9 foizga ko‘tardi - bunga asosan Kane Uest poyabzal lineykasining katta muvaffaqiyati sabab bo‘ldi. Forbes sport brend-reytingining ikkinchi qismiga doir ma'lumotlarini taqdim etdi (birinchi qismi sport hodisalariga oid bo‘lgan).
1. Nike
Foto: Getty Images
Brend qiymati: 29,6 milliard dollar
Yil davomidagi dinamikasi: +9,6 foiz
2017 yilning ilk sakkiz oyida Nike kompaniyasining Amerika krossovkalar bozoridagi dollardagi ulushi 39 foizdan 37 foizga qisqardi. Shunday bo‘lsa-da, u hanuz eng yirik natijani qayd etmoqda, bu esa kompaniyaga sohaning mutlaq yetakchisi bo‘lib qolish imkonini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |