1970-yilda oilasi Tehrondagi Afgʻoniston elchixonasiga koʻchishiga toʻgʻri kelgan. 1973-yilda Husaynning oilasi Qobulga qaytadi va oʻsha yilning iyul oyida eng kichkina ukasi tugʻiladi
Download 442 Kb.
|
Mingboyeva Shahloxon 2221-guruh(1)
𝑂'𝑧𝑏𝑒𝑘𝑖𝑠𝑡𝑜𝑛 𝑑𝑎𝑣𝑙𝑎𝑡 𝑗𝑎𝑥𝑜𝑛 𝑡𝑖𝑙𝑙𝑎𝑟𝑖 𝑢𝑛𝑖𝑣𝑒𝑟𝑠𝑖𝑡𝑒𝑡𝑖 , 𝑋𝑜𝑟𝑖𝑗𝑖𝑦 𝑡𝑖𝑙𝑖 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡 𝑖𝑛𝑔𝑘𝑖𝑧 𝑡𝑖𝑙𝑖 3-𝑓𝑎𝑘𝑢𝑙𝑡𝑒𝑡 2221-𝑔𝑢𝑟𝑢ℎ 𝑡𝑎𝑙𝑎𝑏𝑎𝑠𝑖 𝑀𝑖𝑛𝑔𝑏𝑜𝑦𝑒𝑣𝑎 𝑆ℎ𝑎ℎ𝑙𝑜𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑠ℎ𝑢𝑛𝑜𝑠𝑙𝑖𝑘 𝑓𝑎𝑛𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑏𝑎𝑑𝑖𝑖𝑦 𝑎𝑠𝑎𝑟 𝑡𝑎ℎ𝑙𝑖𝑙𝑖. Khaled Hosseini (1965-yil 4-martda tugʻilgan) — afgʻon-amerikalik yozuvchi va shifokor[1][2]. U 15 yoshidan Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashab kelgan va hozirda shu davlatning fuqarosidir. Uning 2003-yilda yozilgan debut asar "The Kite Runner" (Shamol ortidan yugurib) dunyo boʻylab katta muvaffaqiyatga erishib, 101 hafta davomida eng muvaffaqiyatli kitoblar roʻyxatida turgan (shulardan 4 haftasida 1-oʻrinda boʻlgan)[3]. 1970-yilda oilasi Tehrondagi Afgʻoniston elchixonasiga koʻchishiga toʻgʻri kelgan. 1973-yilda Husaynning oilasi Qobulga qaytadi va oʻsha yilning iyul oyida eng kichkina ukasi tugʻiladi. Dadasi Paris, Fransiyaga ishga kiradi va yana oilasi koʻchib ketadi. Oʻsha voqeadan keyin oilasi Afgʻonistonda boʻlayotgan tartibsizliklar yaʼni 1978-yil apreldagi Afgʻoniston aholisining demokratik partiya tuzishga intilish harakati tufayli oʻz vataniga qayta olmaydi. Adibning 2-romani Ming quyosh shulasi“ deb nomlangan va 2007- yilda nashr etilgan. Bu asarda ham birinchi romanda yozilgan Afgʻoniston davlatidagi deyarli bir xil muammolar, ammo afgʻon ayollar hayoti koʻproq yoritib berilgan. 𝑀𝑖𝑛𝑔 𝑞𝑢𝑦𝑜𝑠ℎ 𝑠ℎ𝑢𝑙𝑎𝑠𝑖 𝑎𝑠𝑎𝑟𝑖 Romanning asaosiy syujeti — ikki Afgʻon ayoli, yosh va goʻzal Laylo va nikohsiz tugʻilgan Mariam taqdiri haqida hikoya qiladi. „Ming quyosh shuʼlasi“ asarida ikki xil olamda katta boʻlgan, ikki ayolning taqdiri aks ettirilgan. Ular har qanday vaziyatda ham bir-biriga suyanch boʻla olgan obrazlar. Mariam — bu hayotga kelganidan to oʻlimiga qadar koʻplab qiyinchiliklarga, azob, ogʻriq va sinovlariga duchor boʻldi. U oʻzi ishongan, suyangan insonlariga oʻzining qaynoq mehrini bera oldi, ammo bunga javoban unga koʻplab zulmlarni qilishdi. U ona boʻlish baxtiga sazovor boʻla olmaydi, biroq u Layloga va uning farzandlariga onalik mehrini bera oldi. Ularning kelajagi uchun, yaxshi yashashi uchun u oʻzini oʻlimga duchor etdi. Laylo — ojiza va mushtipar bir ayol. Toʻgʻri, u ulgʻaygan oilasida qiyinchiliklarni kam koʻrgan, qalbi mehr- muhabbatga limmo-lim edi. Lekin, hayot uni ham koʻplab qiyinchiliklarga gʻarq qildi. U ham aldandi… Shunday paytda uning qoʻllaridan faqat Mariamgina tuta oldi. Ular barcha qiyinchiliklarga, azoblarga birgalikda bardosh berishdi. „ Ming quyoshning shuʼlasi“ bu- Maryam. U Layloning qalbini yorita oldi, uni zulmatdan qutqardi. Undan tashqari asarda Afgʻon davlatidagi oʻzaro urushlar, davlat toʻntarishlari, ichki iqtisodiy tuzumlari ham aks ettirilgan. Va bularning barchasi xalqqa ziyon yetishiga sabab boʻlgan. Asar aynan ming quyosh shu’lasi deb nomlanishining asosiy sababi shundaki , buyuk ozarbayjon shoiri Tabriziy Ming quyoshning shu’lasi Qobulda doimo porlaydi deb aytgan .Asardagi aksariyat voqealar Qobulda aks etgani tufayli yozuvchi shu sarlavhani qo’yadi.Asar sarlavhasi Asarda 1974 yilda butun musulmonlar uchun muhim va muqaddas sanalgan oy ramazon oyining kuz fasliga to’g'ri kelishi,yangi oy ko’rinishi bilan shahardagi hayot butunlay o’zgarib qolganligini ,ramazon oyining qanchalik osuda o’tishi aytib o’tilgan.”Bayramda hamma bir biriga shirinlik ulashar , hayit bilan tabriklar edi.” Boshim oqqan tarafga, qay go’rdan keldi, jizzaki bo’lib qolmoq, ko’ngli ochiq ,erib ketmoq, juftakni rostlamoq,ko’zdan yo’qolmoq, hafsalasi pir bo’lmoq. Kasb hunarga oid so’zlar: Qo’g’irchoqboz, oshpaz,haydovchi, amaldor,usta,shifokor,xumcha , chinni, bilakuzuk, zebigardon, munchoq,soat, kursi. Asardagi tugun bu ikki ayolning badbaxt bir kimsaning qo’liga tushib qilganidir. Laylo ham Maryam ham Rashiddan qutulishini , ozod erkin hayotga chiqishni hohlashardi. Asarning kulminatsiyasi Rashidning Tariqni o’ldi deb yolg’on gapirgani, va Maryamni do’pposlashidan boshlanadi.Rashidning o’lasi qilib urishi Maryamni va qamab qo’yishi ularning sabrini tugatadi. Asardagi yechimAsarda Maryam va Laylo va nihoyat qochib zolim qo’lidan qutulishadi . Laylo Tariq bilan baxtli hayot kechira boshlaydi.Maryam esa yerdan topa olmagan baxtini samodan topishga umid qilib ko’z yumadi. Yechim Asarda mavjud folklor namunalari va Asardagi eng yaxshi afarizm yoki falsafiy mushohadalar: “Raftem ba mozori sharif Mulla Muhammadjon”- (Mulla Muhammadhjon qo’shig’idan parcha)Chulg’onur har tomi behad mohitob anvorida,Ming quyoshning shulasi porlaydi har devorida.(Tabriziy) “O’lim -haq”2.”Biror bir afg’on yo’qki urush uning taqdiriga soya solmagan bo’lsa”.3.”Sen kim bo’lishni istasang albatta bo’la olasan”.4.”Turmush qochmaydi vaqtida bilim olish kerak”.5.”Bu urush bir kun tugaydi sen shunda Vatanga kerak bo’lasan” . Vaqt o’tgani ham bilinmay , voqealar rivojini bilishga shoshilasan. Asar menga shukr qilishni tinch hayotning qadriga yetishni o’rgatdi. Biz yarim tunda ham bemalol ko’chada aylanib yurganimizda , afg’onistonda bolalarning hatto kunduzi ham ko’chaga chiqa olamsligini ko’rsatdi. Haqiqiy asar. Achchiq hayot. Shirin visol... Roman New York Times bestselleriga aylandi. Chiqarilishining birinchi haftasida u milliondan ortiq nusxada sotilgan. Download 442 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling