1985 йилда мактаб дастурига ―Информатика ва ҳисоблаш техникаси асослари‖ фани киритилди
Ma‟lumotlar bazasini tahlil qilish
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
1-11-variant 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmet sohasini tahlil qilish
4.Ma‟lumotlar bazasini tahlil qilish
Ma‟lumotlar bazasini loyihalashtirish Ma‘lumotlar bazasini (MB) ishlab chiqish (loyihalash)ning asosiy maqsadi uning mantiqiy tuzilishini aniqlashdan iboratdir. MBni ishlab chiqish predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu tavsiflash MBga kiruvchi hamma ma‘lumotlarni o‗z ichiga oluvchi hujjatlar majmuini va predmet sohasini ifodalovchi ob‘ekt va jarayonlar haqidagi boshqa ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. MBni yaratishni uni loyihalashdan boshlash lozim. Loyihalash natijasida relyasion bazaning tuzilishi, ya‘ni relyasion jadvallar tarkibi, ularning tuzilishi va mantiqiy aloqadorligi aniqlanadi. Relyasion jadvalning tuzilishi esa uning ustunlari tarkibi, ularning ketma-ketligi, ustun ma‘lumotlarining turi va o‗lchami, shuningdek jadval kaliti bilan aniqlanadi. Predmet sohasini tahlil qilish Ixtiyoriy tipdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichi predmet sohasini aniqlash bo‗lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‗rovlari tahlil qilinadi, axborot ob‘ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‗tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilish umumiy bosqich bo‗lib, MB ishlashini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalardan bog‗liq emas. Predmet sohasini tahlil qilishni uch pog‗onaga bo‗lish maqsadga muvofiq: 1. Konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; 2. Axborot ob‘ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; 3. Predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual sxemasin loyihalashtirish. Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda qyidagi masalalarni hal qlish kerak: ·foydalanuvchilarning MBga bo‗lgan talablarini tahlil qilish (konsepsial talablar); ·MBdan o‗rin olishi lozim bo‗lgan axborotlarga ishlov berish bo‗yicha mavjud masalalarini aniqlash (tadbikni tahlil qilish); ·kelajakda hal qilinishi lozim bo‗lgan masalalarni aniqlash (perespektiv tadbiqni tahlil). ·tahlil natijalarini hujjatlashtirish. Ishlab chiqarilayotgan MBga foydalanuvchilarning talablari so‗rovlar bilan ularning intensivligi ko‗rsatilgan ro‗yxat va ma‘lumotlarning hajmidan iborat. MBni ishlab chiqaruvchilar bu ma‘lumotlarni uning bo‗lajak foydalanuvchilari bilan suhbat o‗tkazish natijasida aniqlaydilar. SHu erda axborotlarni kiritishga, yangilashga va o‗zgartirishga bo‗lgan talablar ham aniqlanadi. Mavjud va perespektiv tadbiqlarni tahlil qilish natijasida foydalanuvchilar talablari aniqlashtiriladi va to‗ldiriladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling