19IO’M-1 guruh talabasi Abduvohidova Naziraxon Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu


Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli


Download 24.03 Kb.
bet5/5
Sana22.02.2023
Hajmi24.03 Kb.
#1220311
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

4. Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli
So’nggi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar axborot faoliyatining ko’p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan bo’lib, bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi o’tgan asr 50 yillarining ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog’i har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi bo’lib hisoblanmoqda. Chunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasi talab etilmoqda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirishda zarur bo’lgan turli axborot, tahliliy materiallar va ularni tezkor usulda olish axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda.
Axborot-kommunikatsiyalar bozorida asosiy tovar bo’lib axborot mahsulotlari va xizmatlari sanaladi. Ya’ni axborot-kommunikatsiyalar texnologiyasi yordamida foydalanuvchilarga ko’proq axborot xizmatini ko’rsatish lozim. Axborot mahsulotlari mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
Axborot xizmatlari - bu foydalanuvchilarning talablariga mos ravishda qaerda bo’lishlaridan qatiiy nazar axborot mahsulotlariga kirish, zarurlarini qidirish va taqdim etishni ta’minlash demakdir. Axborot xizmati turlarining vujudga kelishi axborot mahsulotlariga bo’lgan talabni yuksaltirib yubordi. Chunki ular foydalanuvchilarning shaxsiy talabidan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni taklif qila boshlashdi va bu bilan ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilarning axborot modellarini yaqinlashtirishga imkon yaratdi. Shunday qilib, axborot xizmatlari axborot mahsulotlar qatorida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalari texnologiyasi asosiy tavsiflovchilaridan bo’lib hisoblanadi.
Telekommunikatsiya vositalari asosida ma’lumotlar bazasiga tezkor kirishning amalga oshganligi, interaktiv xizmatlar industriyasining jadal rivojlanishiga va axborot iste’molchilariga yangi imkoniyatlarni yaratib berdi. Axborotlashtirish jarayonlari rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotiga faol ta’sir eta boshlagan 1970 yillar boshida bu sohada tub o’zgarishlar yuz berdi. Dunyoda 1990 yillar boshida ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beruvchi yuzdan ortiq interaktiv xizmatlar mavjud edi.
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya va Yaponiyada oxirgi yillarda «on-line» (real vaqt birligida ishlash) xizmatlari industriyasi iqtisodiyotning axborot tarmog’idan mustahkam o’rin egalladi. Ommaviy foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan «on-line» tarkibiga kiradigan ma’lumotlar bazasi 1979-1988 yillar oralig’ida 40 tadan 4000 tagacha etdi. Hozirgi kunda ularning soni 5000 dan ortib ketgan.
Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va to’liqligi darajalariga yuqori talablar qo’ymoqda, chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas. Shunday qilib, jamiyatimizning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo’llash iqtisodiy o’sish, mehnat unumdorligini yuksaltirish va aholi bandligini ta’minlash borasida katta imkoniyatlar tug’diradi. Shuningdek, mamlakatni axborotlashtirish darajasi uning iqtisod borasidagi raqobatbardoshligini va qudratini baholashning o’lchovi bo’lib xizmat qiladi.
Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling