1—Amaliy. Almashlab ekish asoslari. Tuproq unumdorligi, madaniyligi va ularni yaxshilash usullari. Ishning maqsadi: Tuproq unumdorligi, madaniyligi va ularni yaxshilash usullarini o’rganish
Download 207.64 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari: 1.
1—Amaliy. Almashlab ekish asoslari. Tuproq unumdorligi, madaniyligi va ularni yaxshilash usullari. Ishning maqsadi: Tuproq unumdorligi, madaniyligi va ularni yaxshilash usullarini o’rganish. Tuproq unumdorligi tuproqning o‘simliklarni yetarli suv, oziq moddalar va boshqalar zarur sharoit bilan ta’minlay olish xususiyati. Har qanday tuproqda ma’lum darajada tabiiy unumdorlik bor. Tuproqning chirindili va strukturali ustki qatlami unumdor, pastki qatlamlari kam unumdor tuproq u tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Bo‘z yerlar tuprog‘i tabiiy unumdorlik tabiiy sharoit va tuproq paydo bo‘lish jarayonidagi faktorlarga bog‘liqligidan, ba’zan past, ba’zan yuqori bo‘ladi. Yerni ishlash, sug‘orish, o‘g‘itlash, zaxini qochirish va sho‘rini yuvish singari agrokompleks tadbirlar bilan tuproqda sun’iy unumdorlik vujudga keltiriladi. Tuproq unumdor bo‘lishi uchun uning tarkibida o‘simliklarga zarur hamda suvda oson eriydigan oziq moddalar, issiqlik havo, suv va boshqalar yetarli bo‘lishi kerak. Unumdorlikda suv va oziq rejimining, ya’ni tuproqdagi biologik jarayonlarning yaxshilanishi, shuningdek tuproq strukturasiniig ahamiyati katta. Strukturali tuproqda aerob bakteriyalar ta’sirida mikrobiologik jarayonlar yaxshilanadi, organik moddalar suvda eriydigan va o‘simliklarga oson singadigan formatda o‘tadi. O‘simliklar hayoti va tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarning normal borishi uchun issiqlik ham zarur. o‘simliklarning normal oziqlanishi va rivojlanishi uchun tuproqda zararli moddalar, chunonchi, kislota, ishqor, kislorodsiz birikmalar, xlorid va sulfat tuzlari birikmalari bo‘lmasligi kerak qora tuproqlar, to‘q tusli va tipik bo‘z tuproqlar, o‘tloqi, o‘tloq-botqoq tuproqlar unumdor, sho‘rxok sho‘rtob, taqir tuproqlar kam unum bo‘ladi. Almashlab ekish, yerni sifatli ishlash, o‘g‘itlash, eroziyaga qarshi kurashish, ishqoriy reaksiyali yerlarga gips solish va dalalar atrofida ihota daraxtzorlari barpo qilish kabi agrotexnika, agroximiya va agromeliorasiya tadbirlarining har qaysi zonaga mos sxemasini qo‘llash tuproq unumdorligini oshirish hamda ekinlardan mo‘l va sifatli hosil olishni ta’minlaydi. Yerdan to‘g‘ri foydalanilganda uning unumdorligi kamaymaydi tuproq unumdorliginipg muhim faktori tuproq s p. iqlim sharoiti, joyning relyefi, o‘simliklar, tuproqning suv xossalari, yer osti suvining chuqurligi va insonning dehqonchilikdagi faoliyatiga bog‘liq Suv tuproqdagi fizik kimyoviy, bioximiyaviy va biologik jarayonlarda muhim rol o‘ynab, o‘simlik va mikroorganizmlar hayotiy talabini ta’min etuvchi muhim sharoitlardan biri hisoblanadi. Tuproqda suv mo‘tadil bo‘lsa, undagi ijobiy jarayonlar rivojlanadi va unumdorlik yaxshilanadi. Ijobiy sharoit tuproqning organik mexanik tarkibi, strukturam, fizik va fizik-mexanik xossalariga bog‘liq. Tuproqda suv har xil fizik holatda (bug‘simon, gigroskopik parda, kapillyar va gravitasion) bo‘ladi. Bug‘simon va gigroskopik xili o‘simliklar uchun deyarli foydasiz, parda suv yerga qisman, kapillyar va gravitasion suvlar esa yaxshi singadi va foydali hisoblanadi. Tuproq strukturasi quyidagi tiplardan iborat: Muzloq tuproq suv rejimi shimoliy tumanlarga xos, bunda yer muzlab yetadi, faqat yezda yoza qatlami bir oz eriydi. Tuproq doim sernam bo‘ladi. Yuviladigan tuproq suv rejimi shimoldagi o‘rmon-o‘tloq va sernam subtropik tumanlarga xos, bunda yeg‘ingarchilik ko‘p va bug‘lanish kam bo‘lishi sababli tuproq sernam bo‘ladi, doim namlik yuqoridan pastga sizib o‘tadi va yer osti suvlariga qo‘shiladi. Davriy yuviladigan tuproq suv rejimida o‘rmonli-dashtlar tuproqlari bahor va yez oylarining birinchi yarmida qor va yemg‘ir hamda atrofdan oqib keladigan suv hisobiga chuqur namlanadi. Issiq va qurg‘oqchilik oylarida tuproqning quyi qatlamidagi namlik yuqoriga ko‘tariladi va bug‘lanadi, yer osti suviga qo‘shilmaydi. Yuvilmaydigan tuproq suv rejimi dasht va cho‘llardagi quruq iqlimli tumanlarga xos, bunda yeg‘ingarchilikka nisbatan bug‘lanish ko‘p bo‘lgani sababli tuproq uncha chuqur namlanmaydi (cho‘llarda 10-20 sm, bo‘z tuproqli zonada 1-2 m, qora tuproqli zonada 2-4 m namlanadi). Issiq va qurg‘oqchilik davrlarida suv bug‘lanib ketib, tuproqning ustki qatlamidagi moddalar gorizontning quyi qatlamiga yuvilib ketmaydi va yer osti suviga qo‘shilmaydi. Terlaydigan tuproq suv rejimi yer osti suvlari yoza joylarga xos, bunda tuproq hamma vaqt nam, bug‘lanish va translirasiyaga yeg‘in suvidan ko‘proq miqdorda suv sarflanadi. Shuning uchun quruq tumanlarda yer osti suvi va tuproqning ona jinsi tarkibidagi tuzlar xisobiga tuproq sho‘rlanadi, hatto, sho‘rxoqlar paydo bo‘ladi. Yer osti suvi chuchuk bo‘lsa, ona jnis tarkibida tuz deyarli bo‘lmasa, mergellanish va gleylanish hodisalari ro‘y beradi. Irrigasion tuproq suv rejimi obikor dehqonchilik qilinadigai janubiy qurg‘oqchilik tumanlarga xos. Bunda sug‘orish natijasida tuproq chuqur namlanadi, sug‘orilmaydigan davrda namlik bug‘lanish va transpirasiyaga sarflanadi. Tuproq strukturasi agrotexnika va agromeliorativ tadbirlar tizimi erdamida tartibga solinadi. Nazorat savollari: 1. Tuproq unumdorligi xususiyatlari haqida ayting. 2. Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarning ahamiyatini ayting. 3. Muzloq tuproq haqida gapiring. 4. Terlaydigan tuproq tuproq haqida gapiring. Download 207.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling