1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi
Jonli narsalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 0.94 Mb.
|
Фалсафа УМК 2023й
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi.
Jonli narsalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Hozirgi ilmiy tasavvurlar har qanday jonli organizmni ochiq tipdagi o‘z-o‘zini tashkil etuvchi, ya'ni atrof muhit bilan moddalar, energiya va axborot almashinuvini amalga oshiruvchi tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi. Jonli narsalarning yana bir o‘ziga xos belgisi shundaki, ular ko‘payish qobiliyatiga ega. Barcha jonsiz narsalardan farqli o‘laroq, faqat jonli organizmlargina o‘ziga o‘xshash organizmlarni yaratishi, sirtdan o‘sish va hayotni quvvatlash uchun zarur moddalarni olib, o‘z faoliyati chiqindilarini atrof muhitga chiqarib, o‘sishi, rivojlanishi mumkin. Boshqacha aytganda, jonli organizmlar borlig‘i funksionaldir, u jarayon sifatida yuz beradi, ya'ni muayyan jonli narsa mavjud bo‘ladi yoki, u faoliyat ko‘rsatayotgani uchun ham unda hayot mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, jonli organizmlar mavjudligi uchun tegishli va mutlaqo muayyan fizik va kimyoviy muhit talab etiladi, zero ularning hayot faoliyati faqat muayyan sharoitda: joiz harorat, havo, namlik, oziq va shu kabilar mavjud bo‘lgan holda yuz berishi mumkin.
Qayd etilgan omillar aniq va ularni tekshirish mumkin bo‘lsa-da, jonli va jonsiz narsalar o‘rtasida uzil-kesil chegara o‘tkazish oson ish emas. Masalan, virusli zarralar jonli organizm hujayralaridan tashqarida moddalar almashinuvini amalga oshirmaydi, ko‘paymaydi va h.k. Bu ayrim olimlar ularni jonli narsalar qatoriga, ayrimlarning esa – jonsiz narsalar dunyosiga kiritishiga asos bo‘ladi. Chuqurlikda muzlatilgan taqdirda quritilgan urug‘lar yoki o‘ta sodda organizmlarda ham yashash jarayonlari nomuayyan vaqtga to‘xtaydi, ammo ular avvalgi (normal) sharoitga qaytarilgach, mazkur jarayonlar tiklanadi. Xulosalar. Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notirik, tirik tabiatning yashash usulidir. Borliq yo‘qdan bor bo‘lmaydi bordan yo‘q bo‘lmaydi. Dunyodagi barcha narsalar biri ikkinchisining mavjudligini taqozo qiladi. Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi. «Materiya» atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma'noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va falsafaning rivojlanishiga muvofiq bir necha marta o‘zgargan. Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi. Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling