1.”Hayrat ul-abror” dostoni haqida. Hayrat ul-abror” ning g‘oyaviy mavzulari. Dostonning janr xususiyati va tuzilishi
Download 46.92 Kb.
|
Hayrat ul-abrordan 10 baytning ritmik xususiyatlarini o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key falak avjida xiroming sening,\\ Arsh fazosi uza goming sening
- Bas ani inson atagʻil beriyo
Hayrat ul-abrordan 10 baytning ritmik xususiyatlarini o'rganish Reja: 1.”Hayrat ul-abror” dostoni haqida. 2. Hayrat ul-abror” ning g‘oyaviy mavzulari. 3.Dostonning janr xususiyati va tuzilishi. 4. Dostondagi falsafiy, ijtimoiy masalalar. 5. Dostondagi axloqiy-ta’limiy masalalar. 6. Hayrat ul-abror” dagi obrazlar “Xamsa” dostonlarining birinchisi “Hayrat ul-abror”dagi avvalgʻi maqolotga bagʻishlangan hikoyat ana shunday boshlanadi. Bunda qaygʻu shayx Boyazid hol taqozosi boʻlib, murid tushinib yetmaydi va qaygʻuning oʻzini emas, “gʻami kayfiyatin” soʻraydi. Kayfiyat asl emas, araziy tushincha, maqulot ul-ashara (oʻnta kategoriya)dan biri hisoblanadi. “Sharhu Tovaliʼy”da, kayfiyat bilan hol oʻrtasida farq borligi, kayfiyat holdan avval keluvchi hodisa ekanligi aytilgan[1]. Kayfiyat ikkiga boʻlinadi: nafsoniy (ruhiy) va jismoniyga. Sogʻlik, kasallik, idrok nafsoniy kayfiyatga kirganidan, demak, gʻam ham ruhiy kayfiyatni ifodalaydi. Mutakallim fasohatidagi malaka ham kayfiyat bilan bogʻliq. Aniqrogʻi, malaka ham kayfiyat jumlasidan. Balogʻat esa fasohatdan koʻra yuksakroq bosqich. Agar Navoiy fasohat bosqichida qolib ketganda ham bir qadar isteʼdodli shoirlar qatoridan joy olgan boʻlar, biroq faqat daho sanʼatkorlar koʻtariladigan soʻzning iʼjoz maqomiga chiqmas edi. Chunki soʻz, soʻzlovchi va tinglovchi oʻrtasida kechayotgan hodisotlar ummonida kezayotgan muallif har birining hol taqozosini koʻribgina qolmasdan ularni munosib oʻringa qoʻya bilishi ham lozim. Maʼno-maqsadni fasih lafz bilan ifodalay olishga qodir malaka fasohat deyiladi. Hol taqozosiga munosib tarzda gapirish esa balogʻat sanaladi. Bunda muqtazoi holga mutobiq ravishda soʻzlarni oʻz oʻrnida ishlata bilishdan tashqari basharni ojiz qoldiruvchi yuksak maqom ham eʼtiborli. “Balogʻat ilmi”ni juda yaxshi bilgan Navoiy bu oʻrinda murid faqat kayfiyatni, aslni emas, arazni soʻrashi mumkinligini eʼtibordan qochirmaydi. Shayxning muqtazoi holi juda yuksak, qaygʻusi ham shunga yarasha. Kelib ketuvchi kayfiyatlardan farqli oʻlaroq Boyazid qaygʻusi mohiyatdan darak beradi. Mohiyat esa malaka bilan hosil boʻlmaydi. Toʻgʻri, qaysidir darajada malaka ham ahamiyatga ega. Lekin mohiyatni anglash tugʻma sifat. Yana-da toʻgʻrirogʻi, Yaratganning inoyati. “Ularning koʻplari aqlini ishlatmaydilar”, “Ularning koʻplari tushunmaydilar”, “Ularning koʻplari fosiqdirlar”, “Ularning koʻplari inkor qiluvchidirlar”, “Ulardan koʻplari imon keltirmaydilar”, “Haqiqatda Biz jin va insdan koʻplarini jahannam uchun yaratdik” degan oyatlar xususida fikr qilsak Boyazid qaygʻusini va bu qaygʻuni mavzuga aylantirgan Navoiyni qaysidir darajada tushinib yetamiz. Oʻsha koʻplar qatorida boʻlib qolish Boyazid qaygʻusi. Lekin Navoiy bu fikrni shunday yalangʻoch tarzda aytib qoʻymaydi. Sanʼat oʻz vazifasini ado etishga kirishadi. U obrazlar orqali, muloqotda oʻz ifodasini topadi. Jonli muloqot, suhbat, bahs insoniyatning soʻz tarixida oʻzgacha bir oʻrin egallaydi. Yigirmanchi asr gʻarb adabiyotshunoslari, xususan, Mixail Baxtin “Dialog nazariyasi”ni yangicha qarashlar bilan boyitdi. Unga koʻra, har qanday fikr, gap, soʻz muloqotda paydo boʻladi. Fikr oʻzidan oldingi munosabatga javoban dunyoga keladi. Baxtin qarashlarini tafsilotlari bilan berish maqola imkoniyatidan tashqari boʻlgani uchun asosiy maqsadga oʻtamiz. Ovroʻpa adabiyotshunoslari kashfiyot hisoblagan va yigirmanchi asrda kelingan dialog haqidagi toʻxtamlar musulmon sharqi uchun ancha avval maʼlum boʻlgan tushunchalar edi. “Balogʻat ilmi” olimlarining muqtazoi hol haqidagi qarashlari bilan tanishganimizda M. Baxtin fikrlari bilan tipologik oʻxshashlikni koʻrishimiz mumkin. “Balogʻat ilmi”da Sakokiy mazhabiga koʻra birinchi xabar “xabardan zehni holi muxotabga” qaratiladi. Bunda mutakallim maqomida baʼzan muallif oʻzi tursa, baʼzan muallif asar qahramonlaridan birini soʻzlovchi maqomiga loyiq topadi. Baʼzan esa qahramonda yashayotgan muallif soʻzlari bilan qahramon ruhiyatining ifodasi oʻlaroq dunyoga kelgan soʻz oʻrtasida shunday qorishiqlik vujudga keladiki, bu ikkilik orasida soʻz sarhadlari oʻz chegarasini yoʻqotadi. Yuqoridagi: “Qaygʻuligʻ oʻltirmish erdi Boyazid” misrasida aynan shunday qorishiqlikni koʻrish mumkin. Birinchi xabardan soʻng muridda, shu bilan birga tinglovchida ham muayyan savol paydo boʻladi. Shayxning muqtazoi holidan ancha quyi maqomda turgan murid “gʻami kayfiyatini” soʻraydi. Jonli savolga berilgan jonli javob esa buyuk sanʼat asarini vujudga keltiradi. Haqiqiy goʻzal sanʼat asarining syujeti odatda juda oddiy. Aytarli qiziquvchan oʻquvchini oʻziga tortadigan voqeaga arzigulik hech narsa boʻlmaydi. Qaygʻuli oʻtirgan shayxni koʻrib murid savol beradi. Shayx unga javob qaytaradi. Murid yana savolni davom ettiradi. Shayx yana javob aytadi. Keyin savol-javob asnosida tugʻilgan fikrni muallif xulosalaydi. Ikki kishi oʻrtasida kechgan bir dialog va bu dialogni bizga taqdim etayotgan muallif qiyofasi… Avj pardalarida tor chertuvchi sanʼatkor uchun yetarli hodisa. Ortiqcha tafsilotlar hammasi tashlanadi va eng kerakli deb bilgan kechinmalar ajratib olinadi. Saralangan soʻzlar vositasida oʻquvchi koʻz oʻngida manzara chiziladi. Ajratish va saralash ijodkor salohiyati nelarga qodirligidan darak beradi. Bunda voqea-hodisalar bosimiga qarshi tura olgan muallifni olmos donalarini muayyan shaklga keltirish uchun shafqatsizlik bilan yoʻnayotgan zargarga oʻxshatish mumkin. Yaxshi koʻrgan narsadan voz kechilmaguncha yaxshilikka yetib boʻlmaydi. Nimani aytish emas, qanday aytish, qanday koʻrsatish muhim. Hodisalar shiddati zohiriy shaklda emas, mohiyatda yuz beradi. Murid talabiga javoban aytilgan Boyazid javobi oʻzining yuksak maqomi bilan ajralib turadi: Pir toʻkib ashku chekib oʻtlugʻ oh, Dedikim: “Bu gʻam ishim etmish taboh, Kim bu jahon ichraki, eldur gʻulu, El toʻla, ammo kishidindur xulu. Har kishiga xush koʻrinur oʻz ishi, Bir kishi yoʻqkim, desa boʻlgʻay kishi. Munda kishi borini bilmon yaqin, Bor esa, oʻtganlar aro bor ekin”. Bu jahon ichra el koʻp, odam koʻp, lekin kishidan xoli. Kishi kim oʻzi? Erkak maʼnosida keluvchi, ayolning ziddi boʻlgan kishimi yoki boshqacharoqmi? Bunday savolga keyingi misradan bir qadar javob olamiz: “Har kishiga xush koʻrinur oʻz ishi”. Demak, kishidan murod, umuman, inson. Insonlarga hamisha oʻz ishlari xush koʻrinadi. Bu umuminsoniy sifat. Bu holat biz yuqorida keltirgan oyatlarga toʻliq mos keladi. Kishi deyishga arzigulik biror kimsaning yoʻqligi, boʻlsa ham oʻtganlar aro bor ekanligi qaygʻu-gʻamning sababi. Lekin maqsad hali toʻliq ochilgani yoʻq. Sababning sababi koʻrsatilmadi. Faqat gʻamning kayfiyati haqida soʻz ketdi. Mohiyat murid koʻzlaridan yashirin. Uning koʻzlaridan pardani tortish uchun yana savol kerak. Bu savolga endi inkor ham qoʻshiladi: Soʻrgʻuvchigʻa zohir oʻlib iztirob, Dediki: “Ey xurshedi olijanob, Elda kishi yoʻq demak oʻldi soʻzing, Doxil emassenmu bu elga oʻzing? Garchi murid koʻzlaridan mohiyat yashirin boʻlsa-da, uning muqtazoi holi ham ancha yuksak maqomda. Shuning uchun ham u pir soʻzlarining inkoriga kirishadi. Bu inkorda mutafakkirlarni oʻyga toldiradigan achchiq haqiqat mavjud. Pir “xurshedi olijanob”lik maqomiga koʻtarilgan esa-da, mana shu elning farzandi, mana shu elning bir juzʼi. Undan ayro emas. Uning ichidagi hodisa. Murid Boyazidning: “El toʻla, ammo kishidindur xulu”, degan soʻzlariga eʼtibor qaratadi, lekin keyingi soʻzlar mohiyatini anglab yetmaydi. Aslida, “Har kishiga xush koʻrinur oʻz ishi” misrasida el haqida hamma gap aytib qoʻyilgan edi. Hamma oʻzi bilan oʻzi ovora. Har kimga qilayotgan ishi chiroyli koʻrinadi. Dunyo matosi uchun yelib yuguradi. Hayoti-dunyo aldovlariga uchib, umr oʻtkazadi. Bular hammasi sinov ekanligini unutib qoʻyadi. “Bunda kishi borini bilmon yaqin” jumlasidagi “YAQIN” soʻziga eʼtibor qaratsak, Boyazid asl maqsadni ham aytganligini va murid anglab yetmaganini bilishimiz mumkin. “Yaqin” soʻzi arab tili lugʻatlarida bizning hozirgi lafzimizdagi uzoqning ziddi boʻlgan mazmundan farqli oʻlaroq – shak-shubhasiz, haqiqiy imon, ishonch maʼnosida keladi. Demak, yaqin kishi, bu – shak-shubhaga berilmasdan haqiqiy imon keltirgan inson. Misraning mazmunini esa quyidagicha sharhlash mumkin: bizning zamonimizda haqiqiy imon egasi borligini bilmayman. Imon va inkor oʻrtasida tinimsiz kurash davom etmoqda. Laʼnatlangan va muhlat berilgan maxluq oʻngu soʻlimizdan, ortu oldimizdan kelib, bizlarni adashtirib yuborish bilan band. Bu azaliy kurashdan kim gʻolib chiqadi? Bilib boʻlmaydi. Gʻoliblar bu dunyoda hali aniqlanganicha yoʻq. Chunki dunyo oxiriga yetmadi. Boʻlsa ham oʻtganlar orasida bordir. Lekin bu ham bizga maʼlum emas. Tabiiyki, muriddagi malaka va eng asosiysi, tugʻma iqtidor Boyazid muqtazoi holi darajasida emas. Biroq oʻrtadagi muloqot bir tomondan murid kamoliga xizmat qilsa, ikkinchi tarafdan asar muqtazoi holini iʼjoz maqomiga koʻtarish uchun kerak. Muridni inkor qiluvchi maqomiga qoʻygan muallif “Balogʻat ilmi” qoidalariga amal qilgan holda, inkorning inkorini Boyazid tilidan davom ettiradi: Shayx dedi: “Ey ishi gumrohliq, Topmagʻon ish sirridin ogohliq. Men dogʻi yuz ming meni sargashtadek, Ashki bogʻir qonigʻa ogʻushtadek. Boʻlmasa imon bila ketmak ishi, Anglaki, oni desa boʻlmas kishi. Mohiyatni anglab yetmaslik, kelib ketuvchi kayfiyatlar iskanjasida yashash, imonni ham bular qatorida sanash gumrohlik. Zero imon asl hodisa. Imonsizlik emas, balki imon keltirgandan keyin imonga beparvo boʻlish, har bir narsa hodisalarga imondan kelib chiqib nazar tashlamaslik gumrohlik. Oxir oqibat bu beparvolik natijasida hayoti dunyoga berilish, orzu havaslar bilan aldanib qolish yuz beradi. Dunyo jilvalari hech bir kimsani chetlab oʻtmaydi. Tashqaridagi musaffo osmonni koʻrib, toza havodan nafas olish uchun jimjimador naqshlar bilan bezalgan pardalar toʻsqinlik qiladi. Pardaning ortida asl hayot borligini koʻrish uchun esa mustahkam imon kerak. Dunyoning soʻnggi bekatida tushayotgan odamda imon nomli hujjat boʻlmasa, uni kishi deyish mumkin emas. Bu oʻrinda Navoiy arab tilidagi “man amana” degandagi “man” soʻzini kishi deb tarjima qiladi va undan unumli foydalanadi. Oyat va hadislarda keluvchi bu iborani “imon keltirgan kishi” deya oʻzbekchalashtirish maqsadga muvofiq. Keyingi misralar esa ushbu mohiyat sharhi oʻlaroq keladi: Olam aro muncha sigʻoru kibor, Men boʻla-yu, sen boʻlu har kimki bor, Borcha bu gʻam tigʻidin afgorbiz, Borcha bu motamgʻa giriftorbiz. Soʻnggi bekatda, oxirgi lahzada bu soʻzni aytishga kim qodir? Dengiz ustiga bostirib kelayotganini koʻrganda, qoʻrqqanidan imon kalimasini aytgan Firaʼvnni ham imon bilan oʻtdi deyish mumkinmi? Bir umr amal qilib, imon kalimasini tildan qoʻymay yashagan, soʻnggi lahzada esa bu soʻzni ayta olmay qolgan ulugʻ shayxlar-chi? Salla-yu chopon kiyib, zulmga fatvo berganlarchi? Dinlarini bekorchi gapga aylantirganlar, yaxshilik haqida soʻzamollik qilib, yaxshilikdan yuz oʻgirganlar xususida nima deyish mumkin? Ulugʻ shayxlar, qavm yoʻlboshchilari, oddiy odamlar, bular orasida sen va men barcha-barcha insonlar, qay biri hayotining soʻnggida imon keltirgan kishi maqomida dunyodan oʻtadi? Haqiqiy gʻam-qaygʻu mana shu! Kim bu gʻam tigʻidan qaygʻuga tushmasa, motam tutmasa uni yaqiyn kishi deb boʻlmas. Tabiiyki, Boyazidning muqtazoi holi juda yuksak. Shuning uchun ham u nozik bir nukta haqida soʻzlaydi: Kim ichi bu gʻussada qon boʻlmadi, Kimsaga bu nukta ayon boʻlmadi, Kim chu vidoʼ aylagusi jon anga, Hamrah oʻlur yoʻqsa yoʻq imon anga, Chunki jahon ahliga bu boʻlsa hol. Soʻzdaki debmen ne mahalli savol. Mohiyatni anglaganlar bu qaygʻudan qon yutadi. Mohiyatni anglash bir tomondan saodat sari yetaklasa, ikkinchi tarafdan tanlanganlik juda ogʻir yukni yuklaydi. Yukni soʻnggi manzil sari koʻtarib borish mashaqqatini his ettiradi. Oʻngu soʻldan, ortu oldindan kelib, vasvasaga soluvchi, muhlat berilgan shaytonning hiylalarini koʻrsatadi. Hiylalar har qadamda, har lahzada bizlarni toʻgʻri yoʻldan ozdirishga qaratilgan. Faqat tanlangan solih bandalargina bu hiylalarga, nafs qutqulariga uchmasdan oxirgi bekat sari sekin-asta yaqinlashib boradi. Bu yoʻlda qiyinchiliklardan keyin yengilliklar bilan sinov boshlanadi. Dunyo bor tarovatlarini namoyish etadi. Obroʻ, amal, mashhurlik baʼzan kishi koʻzini koʻr qilib qoʻyadi. Qiyinchiliklarga sabr etganlar, kengchilik, yengillikda sabr qilishga ojiz boʻlib qoladi. Shayx Boyazid qaygʻusi ana shundan. Zero, muridning: “Key falak avjida xiroming sening,\\ Arsh fazosi uza goming sening”, – deyishidan ommaning Boyazidga qanday munosabatda ekanligi koʻrinib turibdi. Shayx mashhurlikning juda yuksak pallasiga koʻtarilgan. Odamlar, koʻpincha, mashhurlikning koʻr muxlislari sifatida oʻzlarini namoyon etadilar. Ilohiy oʻlchov insoniy oʻlchovlardan aksar hollarda farq qiladi. Baʼzan odamlar tasavvuridagi buyuk ishlar ilohiy tarozida arzimas, baʼzan bashar xayolidagi qiymatsiz narsa arsh oʻlchovlarida juda ulugʻ boʻlishi mumkin. Imon ana shunday, Yaratguvchi nazarida eng ulugʻ sifat, dunyoviy kimsalar nazdida esa hech narsa. Hatto imon keltirganlar ham hayoti-dunyo matosi oldida oʻzligini yoʻqotadi. Qutqu vasvasalarga uchadi. Robbisining ogohlantirishlarini unutadi. Kim imon mohiyatini anglab, yaqiyn imon egasiga aylansa, jon chiqar paytida imoni unga hamroh boʻladi. Kishi agar bunday darajaga erishmas ekan, imon undan uzoqlab ketadi. Soʻnggi lahzada imon kalimasini zikr etish shuncha qiyinlashadi. Nihoyat Navoiy bu kichik hikoyani ikki bosqichda yakunlaydi. Birinchisi, Yorab oʻshal tuhfani oxir nafas, Ayla Navoiy ila hamrohu bas. Qulligʻingga mahkam et imonini, Aylagil imonidek aymonini. Yaʼni, soʻnggi lahzada aytiluvchi imon tuhfasini, oxir nafasda imon bilan oʻta olish baxtini nasib et. Navoiyga imonini hamroh qil. Buning uchun esa umr davomida qul qulligini boʻyniga olib, Yaratguvchidan kelgan buyruq va qaytariqlarga amal qilmogʻi lozim. Tuhfani uni qadriga yetganlar biladi. Tanlanganlar uni asrab-avaylab soʻnggi manzil sari olib boradilar. Shunday zamonlar boʻladiki, bu tuhfa misoli bir choʻqqa aylanadi. Koʻtarganlarning qoʻllari kuyadi. Shunday zamonlar boʻladiki, bu tuhfani koʻtarganlar Ibrohim alayhissalomdek olovga tashlanadi. Yaqiyn imon sohiblarigina bu tuhfani oxirgi nafasgacha soʻnggi manzil sari koʻtarib bora oladilar. Bu tuhfani qoʻldan tushirish jahannam sari yetaklaydi. Navoiy qahramonlari hayotning eng qaynoq joyidan, abadiy kurash maydonidan olinadi. Zero inson va shayton oʻrtasidagi kurash to qiyomatgacha davom etadi. “Endi yerga tushinglar, to qiyomatgacha bir-biringizga dushmansiz”, – degan oyat shundan xabar beradi. Imon va imonsizlik, azaliy umuminsoniy muammo. Bu mummolar yechimi juda sodda, ayni paytda, haddan tashqari murakkab. Ijodkor shaxs, qanchalar talant sohibi boʻlishidan qatʼi nazar, umuminsoniy muammolarga ilohiy yechimlar bilan yondashmas ekan unutilishga mahkum. Bunday ijod, Navoiy tili bilan aytganda: “Xud asru behuda zahmat boʻlgʻay”. Shayx Boyazid haqida koʻplab rivoyatlar mavjud. Lekin Navoiy talqinidagi Boyazid boshqa rivoyatlardagi Boyaziddan oʻzgacha bir maqomi bilan ajralib turadi. Bunda Navoiy muloqotdan unumli foydalanadi va oʻzi ham bu muloqot ishtirokchisiga aylanadi. Bir tomondan, “Yo Rabb” deya Yaratuvchi bilan muloqotga kirishsa, ikkinchi tarafdan, oʻquvchi bilan dialogga kirishadi. Insonning Robbisi bilan kechadigan muloqoti, asosan, ichki dialogda yuz beradi. Bu muloqot matnga muhrlangach esa oʻquvchi bilan muloqot boshlanadi. Tinglovchida hayrat, tushunmaslik, bahsni vujudga keltiradi. Navoiyning har bir asaridan, hatto gʻazal va ruboiylaridan ham Boyazid va murid oʻrtasida kechgan muloqot shaklining hidi kelib turadi. Albatta, Navoiy bunda oʻz zamonidagi nazariy bilimlarga suyangan. Navoiy davrigacha Balogʻat ilmi Shayx Abdulqohir Jurjoniy, Sakokiy, Qazviniy, Taftazoniy kitoblarida toʻliq tizim sifatida shakllanib ulgurgan edi. Yakunlovchi ikki bosqichdan ikkinchisi: Soqiy, oʻlibmen, mayi imon ketur, Jismima imon mayidan jon ketur. Quyma bu kun jomima davron mayi, Jonim ol, ogʻzimgʻa quy imon mayi. Bu oʻrinda, mazmun ham Navoiy ijodining bosh gʻoyasi nimadan iborat ekanligini yaqqol koʻrsatib turibdi: Ey Soqiy, men hayoti-dunyo tashvishlaridan, jilvalaridan, vasvasalaridan oʻlib boʻldim. Uning qutqulari meni ado etdi. Menga imon mayini keltir va bu imon bilan oʻlik tanamga jon kirgiz, zero imonsiz tiriklikning oʻlimdan farqi yoʻq. Bu kun koʻnglimni dunyo orzu-havaslari, aylanib turgan davron mashhurliklari-yu boyliklari bilan emas, imon nuri bilan toʻldir. Chunki davron oʻz nomi bilan aylanib turguvchi. U toʻxtab qolmaydi, faqat undan topilgan imon lahzalarigina abadiyatga daxldor. Shunday ekan, jon nima oʻzi? Uni koʻtarib yurgan jism-chi? Jismimga imon mayidin jon keltir, yaʼni imon bilan uni tiriltir! Jonimni olar paytingda, jonim olu ogʻzimga imon mayini quy! Jonsiz jism qanday yoʻqlikka mahkum boʻlsa, imonsiz jon ham shunday keraksiz. Bunda zohiran imon kalimalarini aytib, qalbida tuymaganlar bilan imon koʻngildaligini bildirib, amal qilmaydiganlar oʻrtasida katta farq yoʻq. Avj pardalariga koʻtarilgan bu misralar hol taqozosining juda yuksakligidan darak beradi. Muqtazoi holga munosib ravishda maqom ham juda baland. Ayni paytda, bu kichik hikoyadagi yakunlovchi misralar “Hayrat ul-abror”ning umumiy ruhiga, yana-da toʻgʻrirogʻi, “Xamsa” dostonlari bir butunligiga bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Eʼtibor bersak, boʻlimlar soʻngida, hayratlar haddi aʼlosiga yetganda muallif mana shunday soqiyga murojaat uslubidan foydalanadi. Mumtoz adabiyotdagi “Soqiy” obrazini shayx Sakokiy mazhabiga koʻra istioratun bil-kinoya deyilsa, Shayx Abdulqohir Jurjoniy fikriga suyangan Qazviniy talqinida esa majozi aqliy hisoblanadi. Har ikki holda ham “Soqiy” soʻzi oʻzi qoʻyilgan maʼnodan boshqasiga dalolat qiladi. Bunda Sakokiyga koʻra, Soqiy soʻzi asl foildan kinoya vositasida oriyatga olingan va asl foilning bir sifati unga berilgan. Bu sifat – imon mayini keltirish. Imon mayini keltirish asl foildan, yaʼni Yaratuvchi tomonidan sodir boʻlishi mumkin. Mayxonada mayxoʻrlarga may ulashuvchi soqiydan emas. Qazviniy talqinida esa, biz Yaratuvchiga oyat va hadisda kelgan asmoi sifatlardan boshqa sifatlarni berishga haqimiz yoʻq. Shuning uchun, soqiy soʻzini Ollohning soqiysi, yaʼni majozi aqliy deb tushunishimiz lozim. Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy bu kichik hikoyada butun asarlariga singdirib yuborilgan nozik bir nuktadan soʻylaydi va nimani qanday tasvirlash lozimligini iʼjoz maqomida bizlarga koʻrsatib beradi. Aksar hollarda, baʼzi ijodkorlar nima haqida gapirishni topsalar-da, uni qanday ifodalashni bilmaydilar. Qanday ifodalashni bilganlar esa nimani sanʼatning bosh mohiyatiga aylantirishni anglab yetmaydilar. Navoiy esa neni mavzu qilib olishni ham, mavzuni goʻzal sanʼat darajasiga koʻtarishni ham hayratda qolar darajada toʻgʻri topa olgan. Ulugʻ Tangri tomonidan insonga berilgan neʼmatlarning barcha-barchasi Alisher Navoiy qalamidan chetda qolmagan. U oʻz ijodida har bir voqea-hodisa, his-tuygʻuga alohida eʼtibor bilan qaraydi. Uning hayotdagi doimiy hamrohi boʻlgan ilhom, shoirlik iqtidori, haqiqatni anglashga boʻlgan ehtiyoj, ilohiy maʼrifat, baxt, toleʼ, ilm, tafakkur va bularning zamirida yotgan asosiy narsa, yaʼni sabr uning ijodida asosiy oʻrinni egallaydi. Hazrat Alisher Navoiyning oʻlmas merosini baʼzida tubsiz ummonga, baʼzida bahosini hech bir mezon bilan oʻlchab boʻlmaydigan duru javohirlar xazinasiga qiyoslaymiz. Asrlar davomida jahonning koʻzga koʻringan tilshunoslari-yu, adabiyotshunoslari uning bebaho ijodiyotining badiiyligi va til xususiyatlarini yoritib berishga harakat qilmoqdalar. Natijada, Alisher Navoiy ijodining yangi-yangi qirralarini zabt etishga muyassar boʻlmoqdalar. Ammo bular Navoiy ijod ummonidan bir qatra, bebaho xazinasidan bir misqol, xolos. Biz bu ilmiy risolaning ushbu qismida Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida qoʻllangan sabr talqiniga toʻxtalmoqchimiz. Biz odatda nochorlikdan qiynalgan paytlarida boriga shukr qiladigan insonni sabrli inson deymiz. Sabr soʻziga “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da 2 xil taʼrif beriladi. “Sabr (arabcha – chidam, bardosh, iroda, qatʼiyat.) 1. Biror holat yoki hodisani bardosh bilan kutish, qanoat hosil qilish; 2. Gʻam-kulfat, musibatlarga chidash, toqat qilish, bardosh berish”[1: 409]. Tasavvufiy tushuncha sifatida sabr Tariqat bosqichlarining maqomlaridan biridir. “Maqomat – maqom (manzil, bekat) soʻzining koʻpligi boʻlib, solikning ruhiy-maʼnaviy kamoloti bosqichlarini anglatadi. Abu Nasr Sarroj tariqatning quyidagi maqomlarini qayd etgan: 1. Tavba 2. Varaʼ 3. Zuhd 4. Faqr 5. Sabr 6. Xavf 7. Rajo 8.Tavakkul 9. Rizo”. Sabr-toqat, chidam – soʻfiylar tilida qiyinchiliklardan shikoyat qilmaslik, ayniqsa, Xudodan boshqaga nola-iltijo qilmaslik. Sabr etuvchi (sobir) oʻzini balo girdobiga solib, balolardan qoʻrqmaydigan odamdir. “Sabr kushoyish uchun intizorlikdir” (Sahl Tustariy), yaʼni ruhiy-maʼnaviy mushkulliklar yuz berganda, sabr qilgan solik kushoyish topadi, yaʼni manzillarini kashf etadi”[2: 26-28]. “Hayrat ul-abror” dostoni ibratli fikrlarga boyligi, mazmun-mohiyati jihatidan qimmatliligi bilan ahamiyatlidir. Maʼlumki, asarda 20 ta maqolat keltirilgan. Ushbu maqolatlarda koʻtarilgan masalalar barcha zamonlar uchun xosdir. Dostonning dastlabki maqolati – “Iymon sharhida”. Navoiy iymonli insonga xos sifatlarni yozar ekan, koʻpchilik tomonidan javob topilmay kelayotgan bir savolga, yaʼni “Qanday insonni jamiki ezgu xislatlarga ega inson deyishimiz mumkin?”, – degan savolga javobni maqolatning 10-baytida beradi: Bas ani inson atagʻil beriyo, Download 46.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling