Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda moliya bozorining o`rni va roli sh. K. Yuldashev


Download 341.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi341.25 Kb.
#1598663
  1   2
Bog'liq
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023-48-50



47 
MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYA BOZORINING O`RNI VA ROLI 
 
Sh.K. Yuldashev -
Samarqand Davlat Universiteti, dotsent 
U.A. Boliboyeva -
Samarqand Davlat Universiteti 
 
Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlariga e’tibor qaratsak, 
aksariyat mamlakatlarda real sektorga nisbatan moliyaviy sektorning roli katta ekanligini 
ko’rishimiz mumkin.Shu sababli O’zbekistonda ham fond bozorini rivojlantirish va 
aksiyadorlik 
jamiyatlarini 
moliyalashtirishda 
qimmatli 
qog’ozlardan 
foydalanish 
mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishdagi muhim jihatlardan hisoblanadi.Shu boisdan 
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “2020-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish 
strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki 
mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun 
tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi”.[1] 
Mamlakatlarning mavjud soha va tarmoqlaridagi iqtisodiy holatni tahlil qilish orqali 
ayrim tarmoqlarda pul mablag’lari yetishmay turgan bir paytda, ba’zi tarmoqlarning ko’p 
miqdorda pullari vaqtincha bo’sh turganini guvohi bo`lish mumkin. Bir tarmoqning mablag’i 
ma’lum vaqt mobaynida ortiqchalik qilishi yoki yetishmay qolishi, navbatma-navbat almashib 
kelishini hisobga olgan holda, mablag’i yetadigan va shu mablag’ga yetishmovchiligi bor 
bo’lgan tarmoqlarni bir-birlari bilan uchrashtiradigan soha bu moliya bozori, ya’ni fond 
birjasidir. Dunyoning ko’plab, eng zamonaviy davlatlarning bozor iqtisodiyotida fond birjalari 
faoliyat ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, fond birjalari bozor iqtisodiyotining eng muhim 
institute sifatida qaralib, tegishli moliya institutlarining faoliyatini milliy iqtisodiyotidan kelib 
chiqqan holda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab vazifalarni o’z ichiga oladi. Fond bozori 
jismoniy yoki qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan 
mexanizm to’plamidir. Fond birjasi – qimmatli qog’ozlar savdosiga mo’ljallangan uyushgan 
bozor. Bu qimmatli qog’ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy. 
Xalqaro tajribaga ko’ra, qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotining turli tarmoqlari 
uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishning muhim manbai bo’lib, bank krediti orqali 
moliyalashtirishning muqobili sanaladi. Shu bois ham har qanday davlat iqtisodiy tizimining 
holati fond bozoridagi faollikda namoyon bo’ladi. Mazkur bozorda yuridik yoki jismoniy 
shaxslar o’z mablag’ini kelgusida foyda olish maqsadida aksiya hamda boshqa qimmatli 
qog’ozlarga yo’naltiradi. Qimmatli qog’ozlardan foyda olish dividend yoki foiz ko’rinishida 
yoxud ularni ikkilamchi ravishda yuqoriroq bahoga sotish evaziga amalga oshiriladi. 
Moliyaviy fond birjalari bir nechta subyektlarning ishtirokida ishlaydi: 
Emitentlar. Fond bozorida ishtirok etuvchi subyektlarning bunday turi yuridik shaxs, 
davlat organlari yoki mahalliy hokimyat organi bo’lishi mumkin. 
Investorlar. Ushbu subyekt turiga jismoniy va yuridik shaxslar – kompaniyalar, 
korxonalar, davlat idoralari kirishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan shaxslar o’z kapitallaridan 
keyinchalik foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun foydalanadilar. 
Professional a’zolar. Ular fond bozorida ishtirok etuvchi uchinchi shaxslardir. Ularga 
asosan treyderlar, brokerlar, dilerlar kiradi. Bir so’z bilan aytganda ular vositachilar bo’lib, 
tomonlardan birining vakili. Bu guruh vakillari muvaffaqiyatli bitimning foizlarini olishadi, 
shuning uchun bunday savdo shartnomalarini bajarishda imkon qadar ishtirok etish ularning 
manfaatlariga mos keladi. 
O’tgan bir necha yil davomida mamlakatamizda ham birjalar faoliyatini 
takomillashtirish, jumladan fond bozorini rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga 
oshirilmoqda. Shuningdek, fond birjasini rivojlantirish orqali bozor iqtisodiyotining 
taraqqiyotiga erishish maqsadida tuzilgan dasturlar bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi 


48 
Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga 
oshirib kelinmoqda.[2].Ayni paytda mamlkatimiz, xususiy korxonalarga ko’maklashish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan faoliyati tartibga solinib turuvchi birjalar 
soni 3 tadan iborat. Ular O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi, Respublika ko’p 
tarmoqli agrosanoat birjasi, “Toshkent” Respublika fond birjasi.”Toshkent” Respublika fond 
birjasi mamlakatimiz moliya tizimini tez rivojlantirayotgan tuzilmadir va u sarmoya 
bozorining fond ulishi o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 
Shu bilan birga, mutaxassislarning qayd qilishlaricha, fond bozoriga aholini keng jalb 
qilish hamon dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi.Shu bois, qimmatli qog’ozlarga sarmoya 
kiritishning afzalliklarini keng ommaga ko’proq va tushunarli tarzda yetkazish uchun 
respublikamizning barcha hududlarida soha mutaxassislari ishtirokida turli tadbirlar 
o’tkazilmoqda. 
Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli 
“2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi 
farmonida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashning 
ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida, iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko’paytirish 
maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard 
AQSh dollariga yetkazish maqsad qilib qo’yilgan.[3]. Iqtisodiyotni rivojlanishida, hamda uning 
turli sohalari bir maromda ishlab turishi uchun investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirda, katta hajmda moliyaviy resusrlarni jamlovchi va uni iqtisodiyotning ustuvor 
sohalariga yo’naltira oladigan asosiy moliyaviy institut – banklar bo’lib turibdi, desak 
mubolag’a bo’lmaydi. Mana shu faoliyatni qimmatli qog’ozlar vositasida amalga oshirish 
banklar uchun ko'p jihatdan qulaydir. Ta’kidlash o’rinliki, odatda fond bozorida ishtirok 
etuvchi tijorat banklari milliy iqtisodiyotimizning real sektorini rivojlantirishda hal qiluvchi 
ahamiyatga ega hisoblanadi.[4].Fond bozorini rivojlantirish yordamida iqtisodiyotda pul 
mablag’lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto’xtov shakllantirish, 
ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. Investitsiyaga aylanayotgan 
pulning xo’jalikning turli sohalari o’rtasida erkin ko’chib yurishi, moliya resurslaridan erkin 
va oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Bu o’z navbatida mamlakat taraqqiyotiga ham o’z 
ta’sirini o’tkazadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga qarab, mamlakat iqtisodiyotining 
“ahvoli” haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir ko’rsatib, jamiyatning 
iqtisodiy faoliyatini boshqarish mumkin. Shuning uchun moliya bozorini rivojlantirish 
bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, mamlakatimiz 
fond bozorini yanada rivojlantirish va barqarorlashtirishda tijorat bank investitsiyalaridan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir: 
- fond bozorida banklar tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan 
operatsiyalar bo’yicha soliq mexanizmida bir muncha yengilliklar va imtiyozlar joriy etilishi 
lozim; 
- birja savdolarida sotiladigan moliyaviy instrumentlar sonini ko’paytirish, ya’ni 
moliyaviy fyuchers, opsion, depozitar tilxatlar va ipoteka obligatsiyalarini joriy etish. Bu holat 
qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning faollashuviga va fond bozori aylanmasining 
oshishiga olib keladi; 
- Respublika tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarini xalqaro fond birjalarida sotishni 
ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish lozim.[4] 
Yuqorida sanab o’tilgan chora-tadbirlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi respublika 
banklari raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilib, ularning nafaqat milliy fond bozorida 
investitsion faolligi oshishiga, balki xalqaro capital bozorida ham faol ishtirokchiga 
aylanishiga imkon beradi, O’zbekistonda investitsiya muhitining yanada qulayroq bo’lishiga 
olib keladi. 


49 
Bundan tashqari O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirish masalalarini o’rganish orqali 
quyidagi xulosa va takliflarni keltirish mumkin. 
Birinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda makroiqtisodiy barqarorlik, 
korporativ tuzilmalarda korporativ boshqaruv, investorlarning huquqiy himoyasi, xususiy 
kapital oqimi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Ikkinchidan, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiy o’sish bilan o’zaro bog’liq ekanligini 
ta’kidlashimiz lozim. Bunda iqtisodiyotning rivojlanishi fond bozorini rivojlantirishga va 
aksincha, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo’shishini 
inobatga olish lozim. 
Uchinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda aksiyadorlik jamiyatlari 
tomonidan daromadlilikni inobatga olgan holda aksiyalar va obligatsiyalarni samarali 
moliyaviy instrumentlarga aylantirish hamda ushbu qimmatli qog’ozlarning chiqarilishini 
moliyalashtirish shakllari sifatida foydalanilishi zarur. 
To’rtinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining fond bozoridagi ishtirokini kengaytirish 
maqsadida mahalliy fond bozori uchun yangi instrumentlardan, xususan, islom qimmatli 
qog’ozlaridan foydalanish zarur. Bu fond bozorida capital aylanmasini oshirishga, aholi 
qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini jalb qilishga yordam beradi. 

Download 341.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling