1I-22 guruh talabasi Mamadaminov Bekzodning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan


Download 454.73 Kb.
bet10/12
Sana08.05.2023
Hajmi454.73 Kb.
#1445138
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bekzod kurs ishi

Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan unsurlar tizimi (ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari).
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - hayotiy ne’matlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya - ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi majmui.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Oddiy kooperatsiya - bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushmasi.
Manufaktura - mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kooperatsiya.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish - mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga asoslangan kooperatsiya.
Iqtisodiy tizim - mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikdagi tizimi.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va Yaratilgan moddiy boyliklami o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli.
Mulk obyektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.

Download 454.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling