Yangi texnologiyalarni joriy qilish orqalim kompaniyalarni muvaffaqiyatli innovatsion rivojlantirish borasida misollar.
Bayer (Bayer AG) kompaniyasi tomonidan Shering (Schering AG) kompaniyasi, Hewlet Packard kompaniyasi tomonidan EDS Corporation kompaniyasi, Procter&Gamble kompaniyasi tomonidan Gillete kompaniyasining sotib olinishini innovatsion rivojlanishda ochiq bozorlarda texnologiyalarni sotib olish borasida yorqin misollar sifatida keltirib otishimiz mumkin.
Farmatsevtika sohasida oz mavqeini mustahkamlash maqsadida, 2006 yilda Bayer (Bayer AG) Schering AG, Berlin, Germany kompaniyasini sotib oldi.Bitimning umumiy qiymati 17,007 mln.evroni tashkil etdi. Kompaniyani sotib olish natijasida Bayer (Bayer AG)ning nomoddiy aktivlari (gudvillsiz) qariyb 3 barobar osdi,bundan bir yil avval nomoddiy aktivlarning ulush 21% ni tashkil etgan bolsa, xaridlar amalga oshganidan song, nomoddiy aktivlarning ulushi jami aktivlarning 43% ni tashkil etdi.
EDS Corporation kompaniyasi 2008 yilning 26 avgustida sotildi. Mazkur xarid HP kompaniyasining IT autsorsing, biznes jarayonlar va ilovalar autsorsingi, shu jumladan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va boshqaruv boyicha xizmatlarni taklif etish borasida mavqeini mustahkamlashga xizmat qilishi kozda tutilgan edi.Xarid narxi qariyb 13 milliard dollarni tashkil etdi. EDS Corporation kompaniyasining HP tomonidan sotib olinishi natijasida HP kompaniyasining aktivlari (gudvildan tashqari) qariyb ikki barobar osdi.
P&G kompaniyasi Gilette kompaniyasini 2005 yil 1 oktyabrda sotib oldi. Xarid narxi (aktsiyalar qiymatini hisobga olgan holda) qariyb 53,4 milliard dollarni tashkil etdi.Xaridning amalga oshirilishi natijasida P&G kompaniyasining nomoddiy aktivlar ulushi bir yilda 66 foizga oshdi, shundan 44 foizi gudvillga togri keldi. Xarid bilan bogliq ravishda kompaniyaning sof aktivlari 62,908 million dollarga, yani qariyb 3 barobarga osdi. Brendlarning qiymati qariyb 8 martaga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |