1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Texnoparkni ta’riflang. Texnopark o‘z rezidentlariga qanday xizmatlarni taqdim etadi?


Download 182.88 Kb.
bet9/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

19. Texnoparkni ta’riflang. Texnopark o‘z rezidentlariga qanday xizmatlarni taqdim etadi?

Texnoparklar to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, ular mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, oliy o‘quv yurtlari, innovatsion investitsion korxonalar bilan uzviy aloqada bo‘lgan tashkilotlardir. Bu ularga ma’lum bir hududda qulay innovatsion muhitni shakllantirish va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Innovatsion-texnologik markazlar kadrlar tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi, innovatsion korxonalar bilan birgalikda tadqiqotlar o‘tkazadi va shuningdek, ularni dastlabki bosqichlarda moliyalashtiradi. Aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, innovatsion-texnologik markazlar innovatsion korxonalarni moliyalashtirish manbai ham bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, chizmada moliyalashtirish manbalari va mijozlarning to‘liq va mumkin bo‘lgan barcha shakllari ham keltirilmagan. Misol uchun, moliyalashtirish manbai sifatida sug‘urta kompaniyasi yoki pensiya fondi chiqishi mumkin, lekin bu amaliyotda juda kam uchrashi sababli, chizmada moliyalashtirishning bir muncha ishonchli manbalari aks ettirilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan moliyalashtirish manbalari o‘rtasidagi farq innovatsion faoliyat natijalariga egalik qilishda ifodalanadi. Dastlabki shaklda innovatsion korxonalar mustaqil ravishda investitsiyalarni amalga oshiradilar, moliyalashtirishning mustaqil manbalari esa pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun asosan foiz ko‘rinishida to‘lov oladilar. Ikkinchi shaklda esa innovatsion faoliyat natijalariga egalik qilish huquqi yo birgina mijozning o‘ziga, yoki mijoz va innovatsion korxona–yaratuvchiga tegishli bo‘ladi.


20. Biznes-inkubatorni tavsiflang.
21. Innovatsion kompaniyalar taraq-qiyotining qaysi bosqichida u kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Innovatsion kompaniyalar rivojlanishining boshlang‘ich va ilk bosqichlarida (seed stage, start-up, early stage) moliyalashtirishning asosiy manbalari o‘rtasida o‘z-o‘zini moliyalashtirish, grantlar, oliy o‘quv yurtlari va texnoparklarning mablag‘lari, shuningdek investitsion fondlar va biznes-farishtalarning mablag‘lari kabilarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Kompaniya faoliyat ko‘rsatishining falsafasini aks ettiruvchi kompaniya missiyasini shakllantirish asosini qadriyatlar tashkil etadi. Kompaniya missiyasini ishlab chiqish bilan bir qatorda, o‘ta qisqacha ko‘rinishda asosiy qadriyatni aks ettiruvchi kompaniya shiorini shakllantirish ham talab etiladi. Kompaniya misssiyasi va shiori kompaniya faoliyat ko‘rsatishining asosiy mazmun va maqsadini kompaniyaning barcha “steykxolder”lariga etkazishni ko‘zda tutadi. Shu sababli ham, korporativ madaniyatning innovatsionlik darajasini tadqiq etish nuqtai nazaridan kompaniya missiyasi va shiorining mazmunini o‘rganish biz uchun g‘oyatda foydali hisoblanadi. Quyidagi jadvalda dunyoning etakchi innovatsion kompaniyala-rining missiyalari va shiorlari keltirib o‘tilgan (“dunyo innovatsion kompaniyalarining kuchli 50 taligi (BCG),2013).

Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling