27. Innovatsion jarayonni amalga oshirish xususiyatlarini sharhlang?
Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo’llash joylarda bir marta o’zlashtirib va foydalanib bo’lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xaraktеrga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – tеxnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va tеxnologiyalarda ro’yobga chiqaradigan aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko’p yillar davomida ilmiy – tеxnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
28. Biznes g‘oyalarini ijodiy shakllantirish algoritmining mohiyati nimadan iborat?
Biznes g‘oyani shakllantirish - bu potensial iste’molchilarning muhim muammolarini ijodiy hal qilish va uning tijorat salohiyatini tizimli ravishda baholash asosida qiymat yaratish g‘oyasini faol shakllantirishning murakkab jarayoni.
29. Biznes-modelning uch asosiy bosqichlarini sanab bering?
Aniqlangan muammo qanchalik fundamental, uning echimi esa qanchalik oson va ishonchli bo‘lsa, biznes g‘oya shunchalik samarali bo‘ladi, ya’ni biznes g‘oyaning qaytimi shunchalik katta va keng quloch yozish darajasi ham yuqori bo‘ladi. Biznes g‘oyani amalga oshirishda muvaffaqiyatni ta’min etuvchi omillarning yana bir guruhi tadbirkorning imkoniyatlari, resurs va aktivlarining mavjudligi va shuningdek turli xil tavakalchiliklar bilan bog‘liq. Biznes g‘oyani shakllantirish - bu potentsial iste’molchilarning muhim muammolarini ijodiy hal qilish va uning tijorat salohiyatini muntazam baholash asosida qiymat yaratish g‘oyasini faol shakllantirishning murakkab jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |