1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Biznes g‘oyani biznes - modelga aylantirish jarayoni


Download 182.88 Kb.
bet13/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

Biznes g‘oyani biznes - modelga aylantirish jarayoni
Birinchi bosqichda tadbirkorlarning kompetentsiyalari doirasida iste’molchilarning eng muhim muammolarini izlash amalga oshiriladi. So‘ngra, 2- bosqichda, biznes g‘oya kreativ yondashuv asosida shakllantirilib, u 3-bosqichda muayyan biznes-modelgacha “o‘stiriladi” va amaliyotda ikkinchi bosqich doirasida amalga oshiriladi. Albatta, mazkur jarayonlar iterativ tavsifga ega bo‘lgani holda, olingan echimlar qanoatlantirmasa yoki yangi ma’lumotlar kelib tushgan taqdirda jarayonlar boshidan takrorlanadi.


30. M.Jonson, K.Kristensen, X.Kagermann metodologiyasiga muvofiq biznes- modelning mohiyatini aniqlashtiring. Asosiy bloklar haqida ma’lumot bering?
Biznes-modelni tanlash mexanizmini tushungan holda, kompaniya biznes- modelinin asosiy elementlarini yoki bloklarini ham tushunib olishimiz talab etiladi. Ushbu maqsadlar uchun, Mark Jonson, KleyKristensen va Xenning Kagermann (Johnson et.al.,2008) tomonidan taklif qilingan biznes-model ta’rifidan foydalanamiz, chunki bu ta’rif bizning fikrimizcha, eng to‘g‘ri, aniq va tartibli tuzilishga asoslangan hisoblanadi. Shu tariqa, biznes-model birgalikda iste’molchilarga qiymat yaratadigan va etkazib beradigan to‘rtta o‘zaro bog‘liq element yoki sub-modellardan tashkil topadi:
1. iste’molchilarga taklif qilinayotgan qiymat (customer value preposition);
2. foyda formulasi (profit formula);
3. asosiy resurslar (key resources);
4. asosiy jarayonlar (key processes)
Iste’molchilarga taklif qilingan qiymat. Muvaffaqiyatli kompaniya - bu iste’molchilar xoxlayotgan kerakli qiymatni yaratish yo‘lini topa olgan kompaniyadir.
Foyda formulasi. Foyda formulasi - kompaniyaning ayni vaqtda qyimatni iste’molchilarga etkazib berish orqali o‘zi uchun qay tarzda qiymat yaratayotganligini ko‘rsatib beradi.
Asosiy resurslar. Personal, texnologiyalar, mahsulotlar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, taklif etilayotgan qiymatlarni maqsadli iste’molchilarga etkazib berish uchun zarur bo‘lgan kanallar va shu kabilar asosiy resurslar hisoblanadi.
Asosiy jarayonlar. Muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar yaratilgan qiymatni iste’molchilarga vaqt va makonda tezkor va samarali tarzda etkazib berish imkonini beruvchi operatsion va boshqaruv jarayonlari bilan boshqalaridan ajralib turadi.



Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling