1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?
Induktsiya va deduktsiya usuli
Download 182.88 Kb.
|
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 82. O‘zbekistonda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
- (1,264 mlrd so’m).
5.Induktsiya va deduktsiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan innovatsion nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko’rishni anglatsa, deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro’y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.
82. O‘zbekistonda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar. O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyot, innovatsion rivojlanish bo’yicha olib borilgan chora-tadbirlar: 1. Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish bo’yicha: -O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 yanvardagi 48-son qarori bilan O’zbekiston Respublikasida 2019 - 2021 yillarda “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish kontseptsiyasi tasdiqlandi. Hozirda ushbu kontseptsiya Navoiy, Nurafshon va Mo’ynoq shaharlariga joriy qilinmoqda; -2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida startap-ekotizimni rivojlantirish bo’yicha ilk bor kontseptsiya ishlab chiqildi. 2. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o’sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qodir bo’lgan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha: -Surxondaryo viloyatida 10 ta aqlli bekat qurildi (1,264 mlrd so’m). Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston Respublikasining Mo’ynoq shahrida 5 ta “Aqlli bekat” lar qurilishi tashkil etilmoqda; -Maktablarda dars vaqtlarini elektron qo’ng’iroq orqali boshqarish maqsadida Elektron qo’ng’iroq qurilmasi ishlab chiqildi. Jizzax viloyatidagi maktablarga sinov tariqasida o’rnatildi. 3. Innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha: -Umumiy va noorganik kimyo instituti ishtirokida “ponton” ishlab chiqaruvchi “Kimyoviy texnologiya” MChJ tashkil etildi. Hozirda, Muborak gazni qayta ishlash zavodiga umumiy miqdori 182,5 mln so’mlik ponton etkazib berildi. 5. Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion texnologiyalarni jadal joriy etish. -Birlashgan Millatlar tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) bilan hamkorlikda “O’zbekistonda Sanoatni innovatsion rivojlantirish islohoti” loyihasi ishlab chiqildi. -Toshkent temir yo’l muhandislari instituti bazasida “Yangi innovatsiyalar asosida dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish” yangi ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2018-2019 o’quv yilidan boshlab talabalar qabul qilindi hamda tegishli fakultet tashkil etildi. Download 182.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling