Innovatsion iqtisodiyotning asosiy maqsadi mahsulot ishlab chiqarish miqdori va sifatini oshirgan holda, uning tannarxini minimallashtirish va texnologik, tashkiliy hamda insoniy zaxiralarning sifatini oshirib, ularni ilg’or xalqaro talablarga moslashtirishdir.
Yuqori darajada samarador bo’lgan yangi innovatsion texnalogiyalarni hayotga tadbiq etishda quyidagi natijalar eng asosiy vazifalar hisoblanadi:
-Ishlab chiqarish va boshqaruvda qo’l mehnati ulushini iloji boricha kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash;
-Ishlab chiqarish jarayoning to’xtamasligi va stabilligini ta’minlash, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan vaqt yo’qotishlarni bartaraf qilish;
-Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan mehnat sarfi va energiya sarfini iloji boricha kamaytirish;
-Ishlab chiqarishda ishlatiladigan asbob-uskuna, mexaninz va qurilmalarning samaradorligini oshirish;
81. Innovatsion iqtisodiyotni o‘rganish bo‘yicha usul va yondashuvlar.
Innovatsion iqtisodiyot fanini o’rganishda quyidagi usul va yondashuvlardan foydalaniladi:
1.Maqsadli tahlil. Innovatsion rivojlanish nazariyasi va kontsseptsiyasi o’rganiladi.
2.Tipologik yondashuv. Bunda innovatsion rivojlanishning turli jixatlarini o’rganishga har xil metadologik yondashuvga asoslanadi. Jumladan:
- innovatsiyani umumiy tavsifini umumiy metodologik yondashuv asosida;
- innovatsion faoliyatni funktsional yondashuv asosida;
- innovatsion rivojlanish strategik yondashuv asosida o’rganadi.
3.Evolyutsion yondashuv usulida innovatsiya nazariyasi shakllanish bosqichlarini o’rganishga ustuvorlik beriladi:
4.Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi. Mikroiqtisodiy tahlilda innovatsion iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va boshqa iqtisodiy subektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xatti-harakati, tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy tahlilda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirganda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari o’rganiladi.Sintez - bu hodisa va jarayonlarning umumiy o’zaro ta’siri asosida xulosalar chiqarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |