1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Innovatsion muhitning mohiyati nimadan iborat?


Download 182.88 Kb.
bet7/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

16. Innovatsion muhitning mohiyati nimadan iborat?
Bugungi kunda O‘zbekistan iqtisodiy holati uchun mos keladigan «innovatsion muhit» iborasi bo‘lg‘usi innovatsiyalar uchun korxonalar jozibadorligini xarakterlaydi. Innovatsion muhitni baholashda odatda bir kator o‘lcham yoki belgilar qo‘llaniladi. Mazkur o‘lchamlar davlatning innovatsiyalarni joriy etish salohiyati va ularni amalga oshirish tavakkalchilikni xarakterlovchi me’yorlardir. Ularning eng asosiylari kuyidagilardir: siyosiy barqarorlik; makroiqtisodiy holat; innovatsion faoliyat xukukiy asoslari; soliq tizimi sifati va soliqka tortish darajasi; bank tizimi va boshqa moliyaviy institutlar holati va ishonchliligi; infratuzilmaning rivojlanish darajasi; hamkorlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi; davlat boshqaruv tizimi. Iqtisodiy sohada innovatsion muhit yaxshilanishiga kuyidagilar o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
    • milliy korxonalarda samarali boshqaruv tizimini yaratish;


    • davlat buyurtmasi buyicha bajarilgan ishlar buyicha sanoat majmuasi tashkilotlari va korxonalarining qarzlarini qoplash;


    • davlat buyurtmasi buyicha sanoat majmuasi korxona va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan innovatsion faoliyatlarni moliyalashtirish. Bu faoliyatga ajratiladigan mablag‘larning yanadi samarali ishlatilishi ularning kelajakdagi texnologik loyihalarni bajarishga yo‘naltirishga yordam beradi, shuningdek, moliyaviy resurelarni maqsadsiz ishlatilishining oldini oladi;


    • byudjet tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan xarajatlar xissasining oshirilishi;


    • tashkilot va korxonalarda foydaning innovatsion ishlanmalar uchun


yo‘naltiriladigan qismini soliqdan ozod qilish.


Davlat innovatsion siyosatining amalga oshirilishida sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Fikrimizcha, sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligi innovatsion loyihalarga mablag‘larni samarali joylashtirish uchun xizmat qiluvchi obbyektiv jixatlar majmuasidir.



Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling