1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


“Ochiq innovatsiyalar” modelini shakllantirishning asosiy shartlari va tamoyillari


Download 182.88 Kb.
bet6/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

15. “Ochiq innovatsiyalar” modelini shakllantirishning asosiy shartlari va tamoyillari.
Ochiq innovatsiyalar” atamasi dastlab Genri Chesbro tomonidan ilmiy muoamalaga kiritilgan (“Ochiq innovatsiyalar. Texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanishning yangi yo‘li” kitobida 2003 yil). Ochiq innovatsiyalar ichki innovatsion jarayonlarni tezlashtirish uchun mo‘ljallangan axborot oqimlaridan foydalanishni, shuningdek, innovatsiyalardan yanada samarali foydalanish uchun bozorlarni kengaytirishni nazarda tutadi. Ochiq innovatsiyalar nazariyasi tadqiqotlarni amalga oshirish va ishlanmalarni ishlab chiqish jarayonlarini ochiq tizim sifatida baholaydi. Kompaniya nafaqat o‘zining ichki ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalarining natijasi sifatida yangi g‘oya va mahsulotlar bilan bozorga kirib borishi, balki hamkorlikda boshqa tashkilot va korxonalar bilan ham bozorda o‘z faoliyatini kengaytirishi ham mumkin.
Ochiq innovatsiyalar modelida kompaniya nafaqatgina o‘zining ichki ITI ishlanmalaridan tashqari boshqa tashkilotlar bilan ham xamkorlik qiladi. Qo‘shimcha qiymatni qo‘lga kiritish uchun tashqi kanallar orqali ichki g‘oyalarni bozorga olib chiqishi ham mumkin, ya’ni kompaniya bunda mavjud biznes shakllari bilan chegaralanmaydi. Kompaniyadan tashqarida g‘oyalarni bozorga yangi mahsulot yoki xizmat sifatida olib chiqish mexanizmi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
  • avvaldan faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning mutaxassislaridan tashkil topgan yangi kompaniyalar;


  • litsenziyalash;


  • xodimlarni tashqaridan jalb qilish;


  • yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda ustuvor texnologiyalarni birgalikda ishlab chiqish va rivojlantirish.


Bundan tashqari, teskari aloqalar ham mavjud, ya’ni yangi g‘oyalar dastlab firmalarning tadqiqot markazlari tashqarisida paydo bo‘ladigan va keyinchalik kompaniya ichkarisida qabul qilinadigan va foydalaniladigan va buning natijasida kompaniyaning chegaralari tobora shaffoflashib boradi. Quyidagi jadvalda G. Chesbro tomonidan yopiq va ochiq innovatsiyalar tamoyillarining o‘zaro taqqoslanishi keltirib o‘tilgan.



Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling