1.“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi


Iqtisodiy xavsizlikning turlari va tarkibiy elementlari


Download 1.14 Mb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1485090
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu. “Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, iqtisodiy xavfsiz

Iqtisodiy xavsizlikning turlari va tarkibiy elementlari

Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uni tahminlashning eng muhim sharti yoki omili, ko’rsatkichi iqtisodiy xavfsizlikdir. Taniqli rus iqtisodchisi L.I.Abalkin ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi uch elementni ko’rsatib bergan4:


iqtisodiy mustaqillik. Hozirgi jahon iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga o’zaro bog’liq qilib qo’yadi. Bunday jarayonda iqtisodiy mustaqillik davlatning iqtisodiy resurslar ustidan nazorat o’rnata olish imkoniyatini, jahon savdosi, kooperatsiya aloqalari, ilmiy-texnika yutuqlarini ayirboshlashda teng ishtirok etish va raqobatbardoshlikni tahminlaydigan ishlab chiqarish, samaradorlik va sifat darajasiga erishishni anglatadi;
milliy iqtisodiyotning barqarorligi. Bu shaklidan qatg’i nazar mulkchilikning himoya qilinishi, tadbirkorlik faolligi uchun ishonchli sharoit va kafolatlarning yaratilishi, mamlakatdagi holatning yomonlashuviga, beqarorlikka olib keluvchi omillarning jilovlanishini (yahni iqtisodiyotdagi kriminal tuzilmalarga qarshi kurash, daromadlar taqsimlanishida jiddiy farqlar, tabaqalanishning kelib chiqishi, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik) taqozo etadi;
o’z-o’zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirlik. Bu esa investitsiyalar va innovatsiya uchun qulay muhitning yaratilishi, ishlab chiqarishning muntazam modernizatsiyalashuvi, yangilanishi va takomillashib borishi hamda xodimlarning bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajalarining o’sib borishi milliy iqtisodiy barqarorlik mavjudligining zaruriy shartiga aylanishini ifodalaydi (1.1-chizma).
1.1-chizma
Iqtisodiy xavfsizlik mazmuni

Ushbu fikrlarga asoslangan holda “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasini milliy iqtisodiyot mustaqilligi, uning barqarorligi, mustahkamligi, doimo yangilanishga va o’z- o’zidan takomillashib borishga qodirligini tahminlovchi shart-sharoitlar va omillar yig’indisi, deb tahriflash mumkin.


Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli subhektlariga tegishli bo’lib, ular quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar; xususiy tadbirkorlik, biznes; davlat korxonalari; milliy iqtisodiyot; davlat.
Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik tabiiy, texnikaviy, iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy, mikro va makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek, beqarorlik, tanglikni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar tahsiridan himoya qiluvchi ichki immunitetlar bilan bog’liqdir (1.3-rasm).

1.3-rasm. Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik

Tashqi iqtisodiy sohadagi xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, milliy valyuta barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli bilan tavsiflanadi (1.4-rasm).


Turli iqtisodiy tahdidlar, noxush holatlar oqibatida ko’rilgan zararlarning o’rnini qoplash uchun zarur bo’lgan xarajatlarni prognoz qilish ham muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida favquloddagi holatlar oqibatida ko’riladigan zararlarni qoplash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahminlashga yo’naltirilgan resurslarni baholash va o’z vaqtida shakllantirish uchun imkoniyat yaratiladi.

1.4-rasm. Tashqi iqtisodiy sohadagi xavfsizlik
Kompensatsion resurslar o’z mazmuniga ko’ra sug’urta, zaxira, rezerv resurslarini anglatadi. Kompensatsion salohiyat mamlakat iqtisodiyotining tanglik, noxush holatlariga qayishqoqligini, uning oldini olish va uni yengib o’ta olish, xo’jalik jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va mustahkamligini tiklay olish qobiliyatini anglatadi. Kompensatsion salohiyat milliy iqtisodiyot, xalq xo’jaligining biron-bir tarmog’i yoki biron-bir yirik hududda noxushliklar vujudga kelganida ularni tiklay olishga qodirligini ifodalaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik o’zining ob’ekt va subhektlariga ega bo’lib, uning ob’ekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi.
Iqtisodiy xavfsizlik ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
tabiiy boyliklar;
inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi;
ishlab chiqarish fondlari;
ko’chmas mulk;
moliyaviy resurslar;
xo’jalik tizimlari;
mintaqalar;
oila;
inson.
Iqtisodiy xavfsizlik subektlari quyidagilardan iborat:
funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari;
soliq xizmatlari;
bojxona xizmatlari;
banklar;
birjalar;
sug’urta kompaniyalari;
qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo’mita va komissiyalari;
mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko’rsatuvchilar;
istehmolchilar jamiyatlari.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud:
ishlab chiqarish – texnologik sohalardagi xavfsizlik;
sanoat sohasidagi xavfsizlik;
oziq-ovqat xavfsizligi;
demografik xavfsizlik;
moliyaviy xavfsizlik;
axborot xavfsizligi;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xavfsizlik va h.k.

Iqtisodiy xavfsizlik darajalari






Milliy daraja



Xalqaro daraja



Davlat xavfsizligi



Mintaqa xavfsizligi

Global xavfsizlik





Jamiyat xavfsizligi



Xususiy

Mintaqaviy xavfsizlik







Firma xavfsizligi

SHaxs xavfsizligi



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling