1.“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi
-chizma. Iqtisodiy xavfsizlik darajalari5
Download 1.14 Mb.
|
1-mavzu. “Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, iqtisodiy xavfsiz
1.2-chizma. Iqtisodiy xavfsizlik darajalari5
Rus olimi L.Abalkinning tahkidlashicha, mamlakatning o’z-o’zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi ayniqsa hozirgi paytda o’ta muhimdir. Investitsiya va innovatsiyalar uchun kerakli muhitni yaratish, ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiya qilish, xodimlarning bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajasini oshirish kabilar milliy iqtisodiyotning barqarorligining zarur va muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi6. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va instituttsional institutlarning shunday holatidirki, bunday holatda mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilganligi, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada tahminlanganligini ifoda etadi. Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud: xalqaro (global va mintaqa darajasida); milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida); xususiy (firma va shaxs darajasida). Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – bu har bir davlat, yahni dunyo hamjamiyati ahzosining o’z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini yerkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining tahminlangandagi holatidir. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishda taraqqiyot modellarini zo’rlab o’tkazish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan majburlashdan voz kechish, har qanday xalqning o’z mustaqil yo’lini tanlash huquqini tan olish, turli mulkchilik shakllari va manfaatlarning mavjudligini qonuniy yekanligini hurmatlash yo’lidan boriladi. Milliy iqtisodiy xavfsizlik - iqtisodiyot va institutsional institutlarining milliy manfaatlarni kafolatli himoyalanganligi, mamlakat rivojlanishining ijtimoiy yo’naltirilganligi, etarli iqtisodiy va mudofaa salohiyatining tahminlangandagi holatini ifodalaydi. Xususiy iqtisodiy xavfsizlik – mahmuriyat va personal tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va injener-texnik chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir7. Yuqorida bildirilgan fikrlarga asosan xulosa qilib, keng mahnoda iqtisodiy xavfsizlikni milliy iqtisodiyotning samarali, dinamik o’sishiga, uning jamiyat, davlat, shaxs ehtiyojlarini qondirishning, tashqi bozorda raqobatga bardoshliligini tahminlovchi, turli tahdid va yo’qotishlardan kafolatlovchi ichki va tashqi sharoitlar yig’indisi deb tahriflash mumkin bo’ladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling