1.“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining predmeti, obyekti va maqsadi


Milliy xavfsizlik va uning tarkibi


Download 1.14 Mb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1485090
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu. “Iqtisodiy xavfsizlik” faniga kirish, iqtisodiy xavfsiz

Milliy xavfsizlik va uning tarkibi

Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli hisoblanadi. SHuningdek, u mamlakat milliy manfaat ehtiyojlarining namoyon bo’lish shakli hamdir. Boshqacha aytganda, manfaat ehtiyojlarini qondirish va moddiy, mahnaviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish va farovonlikka intilish to’g’risidagi tasavvurlarning jamini ifodalaydi.


Milliy xavfsizlik fuqarolar, yahni shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga yo’naltirilgan bo’ladi. SHaxs, fuqaro manfaatlari o’z ichiga ularning konstitutsion huquq va erkinliklari, yashash xavfsizligini tahminlash, turmush darajasi va sifatini oshirish, jismoniy, mahnaviy, intellektual rivojlanishini oladi.
Ushbu manfaatlar bir-birlari bilan o’zaro bog’langan bo’lib, ular jamiyat ahzolarining mustaqilligini tahminlash, xalq farovonligi va turmush darajasini oshirish, uning madaniyati mahnaviy qadriyatlarini saqlashga bo’lgan intilishlarini ifodalaydi. SHu boisdan har qanday mamlakat manfaatlari uchta muhim maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi:
1) xalq farovonligini oshirish;
2) mamlakat hayot faoliyati va hududini himoya qilish hamda obod etish;
3) milliy madaniyatni rivojlantirish.
Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, informatsion (1.2-rasm) va boshqa omillar hamda tahdidlardan himoya qilishga yo’naltirilgan bo’ladi. SHu boisdan milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo’lib (1.1-rasm):
siyosiy;
harbiy-mudofaa;
g’oyaviy, mafkuraviy;
iqtisodiy;
ekologik;
informatsion xavfsizliklarni o’z ichiga oladi.

1.1-rasm. Milliy xavfsizlik turlari



1.2-rasm. Informatsion xavfsizlik turlari

SHuni tahkidlash joizki, “milliy xavfsizlik” tushunchasi ko’p qirrali va xilma- xil shakllarda namoyon bo’ladi. Ammo shunga qaramay, u quyidagi xususiyatlarga ega:


Birinchidan, milliy xavfsizlik aniq tarixiy mazmunga ega, yahni jamiyatga qaysi sohalarda va qanday darajada tahdidlarning vujudga kelayotganligini aniqlashga qaratilgan aniq holatlardagi aniq tahlillarni talab qiladi.
Ikkinchidan, milliy xavfsizlik bir-biriga zid o’lchamlar, jamiyatga xavf soluvchi tahdidlar va ularni bartaraf etadigan ijtimoiy-iqtisodiy parametrlar hamda ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Uchinchidan, milliy xavfsizlik muammosining ahamiyati va keskinligi jahon hamjamiyati hamda ayrim mamlakat, hudud taraqqiyotining burilish davrlarida g’oyatda oshadi.
To’rtinchidan, milliy xavfsizlik tomoyillari va ko’rsatkichlari, ko’rsatkichlar o’zgaruvchan hamda turli mamlakatlarda o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Ammo shunga qaramasdan, har bir mamlakatning milliy xavfsizligi insoniyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining umumiy tendentsiyalari bilan bog’liqdir. SHuningdek, umumbashariy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o’zgarishlar milliy xavfsizlikka tahsir o’tkazib turadi.
Beshinchidan, milliy xavfsizlikka milliy davlat manfaatlari va milliy g’oya, milliy mafkura ham o’z tahsirini ko’rsatadi.
Oltinchidan, milliy xavfsizlikni tahminlashda iqtisodiy xavfsizlik muhim o’rin tutadi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling