16-MAVZU
|
|
AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI
|
REJA:
|
16.1
|
Aholi daromadlarining shakllanishi va tarkibi
|
16.2
|
Aholini turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar
|
16.3
|
Aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish, ma’rifiy - ma’naviy va sotsial darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
|
16.4
|
Inson barkomallashuvi indeksi
|
16.1.Aholi daromadning shakllanishi va tarkibi
Daromad, birlamchi daromadni hisoblash
Daromad – bu rezidentlar ixtiyoriga tushgan pul tushumlaridir. Mohiyati jihatidan daromad rezidentlarning yalpi ichki mahsulot (YaIM) dagi hissasi bo’lib, pul shaklida ifoda etiladi.
Shaxsiy daromad ayrim kishi yoki oila daromadidir. U YaIM ni taqsimlash orqali hosil bo’ladi.
Bozor qoidasiga binoan har bir kishi ishlab topgan daromadini oladi. Masalan:
ishlab topish qoidasiga binoan ish kuchi egasi ish haqi oladi;
kapital egasi foyda ko’radi;
ko’chmas mulk egasi renta tegadi;
menejerga ham foyda, ham ish haqi tegadi;
puldor foiz oladi;
aktsiyador divident oladi.
Bu daromadlar birlamchi daromadni tashkil qiladi. U quyidagicha hisoblanadi:
BD = MBOD + MKD + DBD
Bu yerda: MBOD – mehnat bilan olingan daromad (ya’ni, ish haqi, menejer, tadbirkor daromadi); MKD – mulkdan kelgan daromad (foyda, renta, foiz, dividend); DBD – davlatning birlamchi daromadi (ishlab chiqarishga va importga soliq).
Do'stlaringiz bilan baham: |