Algoritmlar orqali yechiluvchi masalalar.
Hisoblash mashinasi tilida (mashina kodlarida) ketma-ket buyruqlar ko‘rinishida berilgan masala yechimining algoritmi mashinaviy dastur deb ataladi.
Mashinaviy dastur buyrug‘i yoki mashinaviy buyruq–qo‘shimcha ko‘rsatma va tushunchalarsiz avtomatik holda bajariluvchi elementar mashina instruksiyasi.
Dasturlash – dastur tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.
Algoritmni mashina tiliga o‘girish jarayoni translyatsiya deb ataladi. Mashina tilini «odamiylashtirishning» birinchi qadami ramziy nomlarni mashina kodiga o‘tkazuvchi dasturlar tuzish bo‘ldi. So‘ng arifmetik ifodalarni o‘giruvchi dasturlar yaratildi va nihoyat, 1958 yilda dasturlash tilida keng foydalaniladigan Fortran translyatori kirib keldi. Shundan so‘ng ko‘plab dasturlash tillari yaratildi.
Kompyuter mashinaviy dastur buyruqlarini boshqargan holda informatsiyaga ishlov beradi, buning uchun ish jarayonida turli berilganlardan foydalanadi.
Foydalanilgan berilganlar quyidagilarga bo‘linadi:
Kiruvchi – kompyuterga kiradi va masalani yechish uchun shart sifatida foydalaniladi.
Joriy yoki ichki – dastur ichida informatsiyani saqlash va ishlov berish uchun ishlatiladi.
Chiquvchi – informatsiyaga ishlov berish natijasida dasturda hosil bo‘lgan berilganlar. Matn, grafik, videotasvir va h. k. ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Hodisa tadqiqoti, masala yechimi uchun hisoblash texnikasi yordamida qabul qilish kerak bo‘lgan amallarning umumiy tartibini quyidagicha sxema sifatida tasvirlash mumkin:
Hodisa, jarayon, masala и modelиalgoritmиdasturиkompyuterиnatija.
Dasturlarni bajarilishi va bajarilish vaqtini hisoblash. Vaqt sarfi.Tuzilma ustida amal bajarish algoritmini bajarilish vaqtini hisoblash ko’zda tutiladi.Buni hisoblashdamashxur katta “O” notatsiya tushunchasi ishlatiladi.
Xotira sarfi.Kirish ma’lumotlarini inobatga olmagan xolda, ishlatilayotgan algoritm uchun xotiradan talab qilinadigan qo’shimcha joy sarfi tushuniladi.Bunda xam katta “O” notatsiyasi qo‘llaniladi.
Vaqt va xotira sarfini hisoblash uchun quyidagi yondashuvlar mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |