1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja
Download 0.54 Mb.
|
1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sellyuloza loki
- Qora bitumli lok
Qatronli loklar sintetik, sun'iy va tabiiy qatron eritmalaridan iboratdir. Ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
Bakelit loki bakelitning spirtdagi eritmasi bo'lib, termo reaktiv turdagi lok hisoblanadi. Bu lok shimiluvchi yoki biriktiruvchilik vazifasini o'taydi. Bakelit loki quritilganda jism yuzasida qayishqoq bo'lmagan qattiq parda qatlami hosil bo'ladi. Bu lok getinaks, tekstoli tishlab chiqarishda, elektr apparatlarining izolyatsiyasida shimiluvchi sifatiga keng qo'llaniladi. Gliftal loki gliftal qatronining spirtlarning suyuq uglevodorodlar aralashmasidagi eritmasi bo'lib, termo reaktiv yelimlovchi lok hisoblanadi. Undan mikanit va mikalentalarni biriktirishda foydalaniladi. Sellyuloza loki-sellyuloza efirining eritmasidir. Bu lok quriganda hosil bo'lgan parda qatlami termo plastikligi bilan ajralib turadi. Nitrolak qurishidan hosil bo'lgan pardalar yaltiroq, mexanik mustahkam bo'lib, havo, namlik va moy ta'siriga chidamligir.Mazkur lok, asosan, sim yuzasidagi qog'oz-paxta o'ramini shimdirish uchun qo'llaniladi. Moyli lok asosini zig'ir va tung kabi quriydigan moylar tashkil etadi.Quritish jarayonini tezlatish maqsadida ushbu loklarga erituvchi modda qo'shiladi.Bunday erituvchilarga benzin, kerosin va boshqalar mis ol bo'la oladi. Tarkibida bitumi bo'lmagan moyli lokning ranggi tiniq bo'lib, umato va qog'oz izolyatsiyasini, shuningdek, elektr mashina va apparatlari chulgamlarini shimdirishda keng qo'llaniladi. Bu lok termo reaktiv bo'lganligi sababli, transformator chulg'amini shimdirishda juda qo'l keladi, hosil qilingan qoplama esa transformator moyida yaxshi ishlaydi. Issiqlik ta'sirida tez qotadigan moyli lok elektr mashina va apparatlarning magnit o'zaklaridagi po'lat varaqlarni sirlash uchun ishlatiladi. Bu po'lat varaqlar bir-biridan izolyatsiya qilinsa, o'zgaruvchan tokli magnit maydonida sodir bo'ladigan uyurma tok hisobiga vujudga keladigan dielektrik isroflar bir muncha kamayadi. Qora bitumli lok tarkibiga bitumlar kiradi. Bu lok moyli lokka nisbatan arzon,yuqori elektr izolyatsiya va kam gigroskopik xossali parda hosil qiladi. Qora bitumli lok asosidagi izolyatsiya eskirishga chidamli bo'lsa ham, lekin erituvchi va moy ta'siriga chidamsizdir.Organik erituvchiga bitum qo'shib hosil qilingan eritma, sof bitum loki deyiladi. U oddiy sharoitda quritiladi. Sof bitum loki, asosan, turli metall yuzalarini korroziyadan muhofaza qilishda qo'llaniladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling