1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja
–Ma’ruza. Suyuq sintetik dielektriklar.Yuqori polimer qattiq materiallar
Download 0.54 Mb.
|
1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq dielektriklarning elektr teshilishi
8–Ma’ruza. Suyuq sintetik dielektriklar.Yuqori polimer qattiq materiallar.
Reja Yuqori polimerli qattiq moteriallar Qattiq dielektriklarning elektr teshilishi Issiqlikdan teshilish Qattiq dielektriklarning elektr teshilishiQattiq dielektriklarning teshilishi quyidagi turlarga bo'linadi: makroskopik jihatdan bir jinsli dielektriklarning elektrik teshilishi: bir jinsli bo'lmagan dielektriklarning elektrik teshilishi: issiqlik (elektr-issiqlik)dan teshilish: elektr-kimyoviy teshilish. Makroskopik jihatdan bir jinsli dielektriklarning elektrik teshilishi juda tez rivojlanib o'tishi (10-710-8s) bilan harakterlanadi. Bunda qattiq jismdagi ba'zi elektronlar elektron ko'chki hosil qiladi. Bu teshilish o'z tabiati jihatidan sifelektron jarayonga kiradi. Elektronlar elektr maydonda olgan energiyasini o'z harakatlari davomida tarqatadi va kristall panjaraning qayishqoq tebranishini vujudga keltiradi. Muayyan kritik tezlikka erishgan elektronlar yangidan-yangi elektronlarni uzib chiqarib, muvozanat holatini buzadi, ya'ni qattiq jismda elektronlarning urilishi tufayli ionlanish sodir bo'ladi. Bir jinsli elektr maydonida joylashtirilgan bir jinsli dielektirik uchun elektr teshilishidagi maydon kuchlanganligi jismning elektr mustahkamligini aniqlaydigan kattalik bo'lib xizmat qiladi. Bunday holat ishqor-galoid birikmali monokristallarda va ba'zi polimerlarda kuzatilib, Et ning bir jinsli (1) va bir jinsli bo'lmagan (2) elektr maydonidagi qiymatlari turlicha bo'ladi. Bir jinsli bo'lmagan dielektriklarning elektr teshilishi tarkibida gaz bo'shlig'i bo'lgan texnik dielektriklarda kuzatilib, bu jarayon xuddi bir jinsli dielektriklardagidek juda tez sodir bo'ladi. Bir jinsli maydonda joylashtirilgan dielektriklar (shisha,chinni)ning elektr mustahkamligi material qalinligiga bog'liq emas. Lekin,dielektrikning qalinligi orta borishi bilan uning tarkibida o'zgarish bo'lib, gaz bo'shliqlari soni ortishi natijasida jismning elektr mustahkamligi sezilarli darajada pasayadi. Agar elektrodning yuzasi kichraytirilsa, maydonning ta'sir yuzasi oqibatida undag nuqsonlar soni ozayib, dielektrikning elektr mustahkamligi orta boradi. Haroratning ma'lum qiymatgacha Et qiymati o'zgarmaydi, uning yanada ortishi natijasida Et qiymatining pasayishi kuzatiladi. Bu,dielektrikda issiqlikdan teshilish jarayoni sodir bo'lishi bilan tushuntiriladi. G'ovak dielektrilar (,yog'och, qog'oz, g'ovak sopol ) da Et qiymati havoning elektr mustahkamligiga yaqin bo'ladi. Agar qattiq dielektrikdagi bo'shliqlar to'latilsa (masalan,suyuq dielektrikni shimdirish orqali), jismning elektr mustahkamligi keskin ortadi. Bu jarayon jism tarkibidagi havo va gaz bo'shliqlarining siqib chiqarilishi evaziga sodir bo'ladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling