1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja
– Ma’ruza : Suyuq dielektriklar va neft moylari Suyuq dielektriklar turlari
Download 1.05 Mb.
|
1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi
- Neft asosidagi bazi kabel moylarining fizik va kimyoviy xossalari
- Bazi sintetik dielektriklarning fizik va kimyoviy xossalari.
7 – Ma’ruza : Suyuq dielektriklar va neft moylari Suyuq dielektriklar turlari
Reja Suyuq dielektriklar Suyuq dielektriklar turlari Suyuq dielektriklarning neft moylari Suyuq dielektriklarElektr texnikaga oid konstruksiya va uskunalarni ishlatish sharoitlardan kelib chiqib, suyuq dielektriklarga yuqori elektr musahkamlik va solishtirma hajmiy qarshilik,kichik miqdorli dielektrik singdiruvchanlik, elektr va issiqlik maydonlariga bo'lgan bardoshlilik, ish mobaynida xossalarining barqarorligi, yong'inga bardoshlilik kabi talablar qo'yiladi. Neft mahsulotidan olinadigan transformator moyi elektr texnikada eng ko'p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda,asosan, elektr izolyatsiyasi va sovitkich vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda simlarga qoplangan izolyatsiya qoplamasidagi havo bo'shliqlari moy bilan to'ladi. Natijada transformatorning elektr izolyatsiyasi mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi ta'siridagi chulg'amlardan va po'lat o'zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga moy orqali yaxshi tarqatiladi. Bunda transformatorning quvvati birmuncha ortadi. Neftdan olinadigan transformator moyi parafin, naftalin, aromatik uglevodorod kabi murakkab birikmalardan tashkil topgan bo'lib, uning tarkibida oltingugurt, kislorodva azot kabi qo'shimchalar ham bo'ladi. Moydagi zararli qo'shimchalar neftni qayta ishlash orqali bartaraf etiladi. Transformatorning moyini tozalash kislota yordamida, selektivyoki adsorbsiya kabi usullar orqali amalga oshiriladi. Bu moyning rangi och sariq bo'lib,zichligi 861-895 kg/m3, qotish harorati -450C, chaqnash (alangalanish) harorati 135-1400C , nur sindirish koeffitsienti 1,47-1,49, kinematik qovushqoqligi (17,6^26,6) 10-6m2/s va sirt taranglik kuchi 40-45 kN/m. Transformator moyi yonuvchan suyuqlik bo'lgani sababli, uni ishlatish mobaynida texnika xavfsizligiga amal qilinishi shart. Bu suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligi 2,2-2,3, dielektrik isrof burchagining tangensi 0,001-0,02ga teng. MV/m 0 0,01 0.02 0,03 0,04 0.05% Elektr mustahkamlikning moy tarkibidagi suv miqdoriga bog'liqlik grafigi Transformator moyi tarkibidagi juda kam (0,05%) miqdordagi suv ham uning elektr mustahkamligini keskin (5-10 barobar) tushirib yuboradi. 2.36- Transformator moyini quritish va tozalash qurilmasi 1-kirish krani; 2-moy nasosi; 3-qizdirgich; 4-forsunka; 5-vakuumli bak; 6-moy tarkibidagi suv bug'larini ushlab qolgich; 7- vakuumli nasos; 8-absorbsiya filtri; 9-aylanma yo'lli klapan; 10-tozalovchi filtr; 11-chiqish nasosi; 12-rejimni qayta ulash krani. Bu asosan,suvning dielektrik singdiruvchanligi katta(er~81) va solishtirma hajmiy qarshiligining kichikligi (p~103^104Om^mi bilan tushuntiriladi. Moy tarkibidagi mexanik qo'shimchalar (tola, zarracha va h.k.), ham suyuqlikning elektr mustahkamligini pasaytiradi. Transformator moyi mazkur qo'shimchalardan tozalanib,so'ngra quritilsa, u o'zining asl elektr mustahkamligini qayta tiklaydi. Quyidagi jadvalda transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi keltirilgan. Elektr uskunalarida ishlatilayotgan transformator moyiga kuchli elektr maydoni, issiqlik, kislorod va oksidlovchi moddalar ta'sir etishi natijasida uning eskirishi kuzatiladi. 2.7- jadval Transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi
Bu jarayon yorug'lik quvvatli nur va aktiv katalizatorlar ta'sirida tezlashadi. Eskirish jarayonida transfarmator moyining rangi to'qarib, quyuqlashadi, tgS qiymati kattalashadi. Filtrlash, regeneratsiya qilish va boshqa usullar orqali transformator moyi eskirishining oldi olinadi. Neftdan tayyorlanadigan kondensator moyining tozalanish sifati transformator moyiga nisbatan birmuncha yuqori bo'ladi. Kondensator moyining oA Zichligi 866-901kg/m,qotish harorati- 45C,dielektrik xossalari:er=2,1^2,3;tgd=0,002;Et=20MV/m. Qattiq dielektrik hisoblangan qog'ozga kondensator moyi shimdirilsa, u holda mazkur qog'ozning dielektrik xossalari yaxshilanadi.Natijada,uning asosida ishlab chiqarilgan kondensatorning hajmi va massasi, shuningdek narxi ham kamayadi.Kondensator moyi elektrtexnikada kondensator ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kabel moyi bir necha navda ishlab chiqarilib, uning asosini neft mahsuloti tashkiletadi.Bunday moy shimdirilgan qog'oz o'zidan issiqlikni yaxshi tarqatadi va izolyatsiyaning elektr mustahkamligi ancha ko'tariladi. Kabel moyining anashu xossalari undan katta quvvatga ega, yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beradi. Kabel moylarining chaqnash harorati va Qovushqoqligining nisbatan yuqoriligi uni boshqa moylardan ajratib turadi.2.8-jadvalda ba'zi kabel moylarining fizik va kimyoviy xossalari keltirilgan. 2.8- jadval Neft asosidagi ba'zi kabel moylarining fizik va kimyoviy xossalari
KM-25 navli kabel moyi shu kuchlanishli 35 kV bolgan kabelning qog'oz izolyatsiyasini shimdirishda ishlatiladi. MN-4 navli kabel moyi esa yuqori bosimli, katta kuchlanish (110-500 kV) kabellarning maxsus kanallarini to'latishda qo'llaniladi. Quvur ichidan o'tkaziladigan, 110-500 kV kuchlanish yuqori bosimda ishlaydigan kabellarning quvuri yaxshilab tozalangan S-220 navli kabel moyi bilan to'ldiriladi. Suyuq sintetik dielektriklar. Neft mahsulotidan ishlab chiqarilgan izolyatsiya moylari o'zining afzal tomonlari bilan birga ba'zi kamchiliklar(eskirish,chaqnash va alangalanish xavfi,portlashdan ham holi emas. Ana shu sababli shuningdek, yuqori qiymatli dielektrik singdiruvchanlikka erishish maqsadida suyuq sintetik dielektriklar ishlab chiqarildi. Bunga misol qilib, keng miqyosda qo'llab kelinadigan xlorlangan uglevodorodlarni olish mumkin. Turli xil uglevodorodlar molekulalaridagi vodorod atomi o'rniga xlorat ominikiritish orqali xlorlangan uglevodorodlar, ya'ni xlorlangan difenil olinadi. Xlorlangan difenil tarkibidagi xlor miqdori 43 dan 67% gacha oshirilsa, quyuq yoki mumsimon modda hosil bo'ladi. Vodorod atomi o'rnidagi xlor atomlarining miqdori oshirilishi natijasida modda quyuqlashib, zichligi ortadi va uning qotish harorati pasayadi. 2.9- jadval. Ba'zi sintetik dielektriklarning fizik va kimyoviy xossalari.
O'rta darajada xlorlangan pentaxlordifenil (sovtol) quyuq massa bo'lgani sababli, suyultirish maqsadida unga xlorlangan suyuq uglevodorod qo'shiladi. Kondensator moyi suyuq difenil bilan aralashtirilib, hosil bo'lgan suyuqlik qog'ozli izolyatsiyaga shimdirilsa, kondensatorning reaktiv quvvati ortadi, hamda hajmi birmuncha kichrayadi. Sovtol-10ning tarkibi 90% pentaxlordifenil hamda10% fixlor benzoldan iborat bo'lib,undan yuqori kuchlanishli transformatorlarni to'latishda, shuningdek, qattiq İzolyatsiyaga shimdiriluvchi sifatida foydalaniladi. 900> Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling