1.“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti


Download 18.02 Kb.
Sana24.04.2020
Hajmi18.02 Kb.
#101119
Bog'liq
Milliy 1


1-MAVZU UCHUN TOPSHIRIQ

Nazorat savollariiga javoblar



1.“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini milliy go‘yaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari va amal qilish prinsiplari, “Harakatlar strategiyasi” ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi bilimlar tashkil etadi.



2. G‘oya – insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlari ifodasi.

“G‘oya” aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida – maqsad, intilish, niyat, qasd degan ma’nolarni anglatadi. G‘oya voqelik va hayot ta’sirida uni aks ettirish asosida inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va insonlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr, dunyoni bilishning o‘ziga xos shakllaridan biridir. U shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh ,partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi, uyushtiradi, faoliyatga undaydi, safarbar qiladi. G‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, o‘ziga xos belgilariga quyidagilar kiradi:

1. G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, insonlarni anashu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.

2. G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi.

3. G‘oyabiron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi.

4. G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

5. G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi.

6. G‘oyabiron – bir farazni ifodalaydi. G‘oyalar namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga: bunyodkor vavayronkor; ilmiy va xayoliy; falsafiy; dunyoviy va diniy; badiiy; ijtimoiy-siyosiy; sinfiy, milliy, umumxalq va umuminsoniy; ma’naviy va ma’rifiy; aхloqiy va estetik; tarbiyaviy va hokazolarga bo‘lamiz.



3. Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari.

«Mafkura» tushunchasi arabchadagi «mufakkir», «mufakkiratuv» so‘zlaridan olinganbo‘lib, chuqurma’noli, teran mazmunli fikr demakdir. «Mafkura – jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, jamoat tashkilotlari, davlat hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, falsafiy qarashlarining tizimlashtirilgan bilimlar yig‘indisidan tashkil topadi». «Mafkura muayan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad – muddaolarini, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir. Ularning barchasida mafkura jamiyatdagi muayan siyosiy, falsafiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, ilmiyqarashlar, fikrlar, g‘oyalar majmui sifatida asoslab beriladi. Unda manfaatlari ifodalangan ijtimoiy kuchlar va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi.



4. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari.

Milliy g’oya tushunchasi o’z nomi bilan xalq mustaqilligining ifodasidir. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Milliy g‘oya – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g‘oya hisoblanadi. Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak.

1-mavzu uchun Test

Теst savollari va javoblari



1. Milliy g‘oyaning bosh g‘oyasi nima?

Javob : ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot;

2. Bizning bosh stratеgik maqsadimiz nimalardan iborat?

Javob: bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin dеmokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustaxkam poydеvorini shakllantirish.

3. Milliy mafkuraning asosiy g‘oyalari.

B) dinlararo bagrikеnglik, Vatan ravnaki, yurt tinchligi;

C) xalq farovonligi, ijtimoiy xamkorlik, millatlararo totuvlik, komil inson;

Javob: D) B va C.

4. Qanday g‘oyalar taraqqiyotga xizmat qiladi?

A) mustaqillik g‘oyalari;

B) vatanparvarlik g‘oyalari, tinchlik g‘oyasi;

C) bunyodkor g‘oyalar;



Javob: D) barchasi.

5. «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va Respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g’risida»gi Farmoyishi qachon qabul qilindi

Javob: 2001-yil 18-yanvarda
Download 18.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling