Mavzu: dunyoviy bilimlar va falsafiy taffakur rivoji


Download 53.09 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi53.09 Kb.
#1558188
Bog'liq
Eldor


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA


UNIVERSITETI TARIX SIRTQI 22/2-GRUH TALABASI
YUNUSOV ELDORNING
MUSTAQIL ISHI

MAVZU: DUNYOVIY BILIMLAR VA FALSAFIY TAFFAKUR RIVOJI


BAJARDI: YUNUSOV ELDOR


TEKSHIRDI: MULLAJONOV ISLOM

DUNYOVIY BILIMLAR VA FALSAFIY TAFFAKUR RIVOJI


Reja:
1. BILIMDA FALSAFIY DUNYOQARASHNING O`RNI
2. QADIMGI SHARQDA FALSAFIY TAFAKKUR RIVOJI
3. FALSAFIY TAFAKKUR






1. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta`sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg’u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo’lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy hususiyati, madaniy saviyasi, shahsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o’z ifodasini topadi.Masalan, bugungi o’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta`sir ko’rsatmoqda. Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e`tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat. Bularning ichida e`tiqod muhim ahamiyat kasb etadi.U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E`tiqod insonning o’z qarashlari va G’oyalari to’g’riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va hatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo’lgan chuqur ishonchidan paydo bo’ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shahsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o’rin tutadi. Hissiyot dunyoqarashning emosional-ruhiy jihati bo’lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, havotirlanish, asabiylashish, yolg’izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g’am-g’ussa, nadomat, o’z yaqinlari va vatani taqdirini o’ylash kabi hilma-hil shakllarda namoyon bo’ladi. Ana shular barchasining uyg’unligi dunyoni his etishga olib keladi.Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi. Inson aqli unga hos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga hos hissiyot va fikr, bilim va e`tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yahlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining ohirigacha davom etadi.Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g’oyatda muhim ahamiyat kasb etadi.Bilimda dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Lekin, bilim va dunyoqarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bo’lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo’ladi, u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir.
Bilim muayyan sharoitda biron bir hodisa yoki narsani baholashda qo’l keladi va aynan ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho berish jarayonida mudom muayyan manfaatlar asos qilib olinadi.Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etadi, gohida ularni amalga oshirish uchun kurash maydoni bo’lib qoladi. Biror partiya yoki guruh o’z maqsadlariga etishish yo’lida butun jamiyat uchun hos bo’lgan umumiy ijtimoiy dunyoqarash tarkibida ko’proq va salmoqliroq joy egallashga yoki uni o’z manfaatlari foydasiga o’zgartirishga harakat qiladi. Umuman, hayotda maqsadga erishishning eng oson va qulay yo’li o’zgalar dunyoqarashini jamiyat foydasiga o’zgartira olishdir. Falsafa azal-azaldan dunyoqarash bo’lgan.Chunki, uning o’zi hayot nima uchun berilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli o’tkazishning qanday yo’llari bor, degan talay savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy dunyoqarash o’zining nazariy asoslangani va puhta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma`noda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham bajaradi.
Agar nazariya bilish jarayonining natijasi bo’lsa, usul (metod) shu bilimga erishish yoki uni amalga oshirish yo’lini anglatadi.Falsafiy nazariya esa, bir vaqtning o’zida usul vazifasini ham bajara oladi. Tarihning burilish davrlarida o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlari va maqsadlari nechog’li to’g’ri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul qilinadi.Shu sababdan ham bunday davrlarda falsafiy nazariyalarga e`tibor kuchayadi, taraqqiyot yo’llaridan borish falsafiy modellarining ahamiyati ortadi. Masalan, bizning mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilish, demokratik davlat qurish borasida Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyot yo’li – «o’zbek modeli»ni amalga oshirmoqda. Bu yo’lning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy tarzda emas, tadrijiy ravishda olib borishni nazarda tutadi.Prezidentimiz, aynan shu yo’lni taklif etar ekan, asosiy e`tiborni uning mohiyat-mazmuni, tarixda qanday natijalar bergani kabi masalalarga qaratgan.Bunda taraqqiyotning mazkur yo’li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya`ni, uning tarixiy va zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy hususiyatlari, mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har tomonlama o’rganilgan. Ana shu asosda kerakli hulosalar chiqarilgan va ularni hayotga tadbiq etishning asosiy yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan. Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning o’zimizga hos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, uni mamlakatimiz hayotini tubdan o’zgartiradigan va uning kelajagini belgilab beradigan, milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim o’rin tutadigan umumfalsafiy tayanch – metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta`sir ko’rsatadigan metodologik asos bo’lib hizmat qiladi.
Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo’lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o’z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi G’oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy holat va e`tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir. Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma`naviy faoliyat bo’lgani bois, u borliqqa bo’lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi ahloqiy munosabatlari – ahloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash shakllarida o’z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo’lsak, quyidagicha ko’rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o’zaro bog’liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi. Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning hususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma`naviy qiyofasini belgilab beradi.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo’lib, jamiyat rivojlanishining ma`naviy mezoni sifatida namoyon bo’lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiy hayotiga bo’lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o’z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Hususan, o’zbek xalqi civilizaciyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og`zaki ijod namunalari millatimiz tarihda qanday ma`naviy qiyofaga ega bo’lganini hanuz ko’rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini hayratga solmoqda. Masalan, qadimiy merosimiz namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Ahuramazda va yomonlik timsoli – Ahriman o’rtasidagi kurash tarixi misolida ohir-oqibatda ezgulik baribir g`alaba qozonadi, ya`ni yorug`lik zulmat ustidan g`alaba qiladi, degan g`oya asosiy o’rinni egallaydi va hayotbahsh G’oyalar ilgari suriladi.

2. Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizasiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o’choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Yeng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o’sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo’lganini yaxshi biladi. Biz bugun o’sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o’ziga xos ta’limotlarning asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko’xna Sharq sivilizasiyasining beshiklaridan biri bo’lgan Mirs, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo’ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.


Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli shakllana boshladi:
a) taraqqiy etayotgan olamga, insonga, uning ongiga qarashlarga doir ta’limotlarni yaratish zaruriyati;
b) olamning boshlag’ich asoslari va rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqish kerakligi;
v) olam haqidagi tafakkurning oqilona uslubiga mantiqiy fikrlashga va bilish nazariyasiga tug’ilgan ehtiyojlar paydo bo’lganligi;
g) afsonaviy va diniy tasavvurlardagi xayoliy fikrlarga asoslangan odamlarning ilmiy bilishdagi falsafiy tafakkur qilishdagi ongsizlikka barham berish zaruriyati.
Falsafaning rivojlanib borishi jarayonida undan dastlab matematika, geometriya, astronomiya(yer.av I-II asr va er. I-II asrlari), keyinchalik fizika, ximiya,biologiya fiziologiya, so’ngra ijtimoiy va gumanitar fanlar ajralib chiqdi. Bu fanlar avval dalillar to’plash, ularni bir, tizimga solish va umumlashtirish bilan shug’ullandilar. Qadimgi Sharq falsafasida ham, antik dunyo falsafasida ham dunyoning ayrim tomonlarini alohida o’rganayotgan fanlar o’rtasidagi aloqadorlik va bog’lanishlarni tahlil eta boshlagani uchun fanlar go’yo falsafaning qismlari sifatida tasavvur etildi vafalsafani «fanlar fani» deb e’lon qilindi. Qadimgi Misr adabiyotining nodir asari «Arfist qo’shig’i» da dinni rad etuvchi fikrlar bor.Unda: «O’lganlardan hyech biri qaytib kelgan emas va oxirat haqida so’zlab bergan emas, demak, oxirat yo’q. Oxiratga ishonguncha, shu dunyoda harakat qiling»,- deyiladi. Yeramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misrda dastlabki diniy-falsafiy fikrlar rivoj topgan. Jahon madnaviyati durdonalaridan biri Misr madaniyatidir. Misr mifologiyasida ijtimoiy hayot haqida, hayot ma’nosi to’g’risida fikr ritib, dunyo ne’matlaridan bahramand bo’lib, shod-hurram yashashga, o’lim vahimasiga tushmaslikka da’vat etganlar. «Nasixatnoma» asarida odamlarni bilim olishga, unga ixlos qo’yishga chaqiriladi. Dastlabki taqvim (kalendar), tibbiyotga doir asarlar misrda paydo bo’lgani shu da’vatlarning dastlabki samaralari edi.
Qadimgi Misr yodgorliklarida tibbiy hodisalar moddiy ibtidosi haqida fikrlar bor. Ularda hamma narsalarning asosi suv, butun koinotda havo mavjud deyilgan. Ba’zi Misr yodgorliklarida «inson o’lgach, uning jismi kulga aylanadi», «o’z nomining abadiy qolishini hohlagan kishi oxirat haqida hayol qilmasdan, bu dunyo ishlari bilan shug’ullanishi lozim» deyilgan. Bobilda, xususan, Xammurapi davrida (yer.av IV ming yillikning boshlari) quldorlik tuzimining ijtimoiy ziddiyatlari keskin tus oldai. Ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan Bobilda astronomiya, matematika, geografiya fanlarida ma’lum yutuqlarga erishildi. Bobil olimlari algebraning asoslarini, kvadrat va kub ildizlarni chiqarishni bilganlar, astronomlar osmon yulduzlari kartasini chizganlar. Er. Av. II asrda yashagan Bobillik Selevka hatto olamning geliosentrik tuzilishi haqida faraz qilgan. Byuobilda dastlabki falsafiy fikrlar 6 ming yil muqaddam boshlandi. O’sha davrlarda «Gilgamesh haqidagi doston», «Adapa» doston, «Xujayinning qul bilan suhbati» badiiy asari juda katta shuhrat qozondi. Bu asarda diniy qarashlar qattiq tanqid qilindi. Bu asar Bobilda qulchilik rivojlangan paytda jamiyatning bir tomonda boylik, ikkinchi tomonda ochlik, qashshoqlik o’sgan bir paytda vujudga kelgan. Bu yodgorlikda qul donishmand, hayotining mazmunini to’g’ri tushunadigan qilib tasvirlangan. Unda xudo yo’liga qilinadigan qurbonliklarning xojati yo’q, chunki xudo ovqatga muhtoj emas, deb diniy-mifologik qarashlar ustidan kulinadi.
Oxirat, jannat kabi diniy fikrlar rad etiladi.

3. Falsafiy adabiyotda falsafa tarixi turli tuman ilmiy va mafkuraviy talqinlan va xilma-xil davrlashtirish holatlarida berilgan. Eng ko‘p darajada tarqalgani yevropamarkazlashtirish yondoshishi bo‘lib, dunyo tarixiy-falsafiy jarayonining xilma xilligini asossiz ravishda toraytiradi. Shu bilan bir qatorda falsafa tarixi rivoji bosqichlarini u yoki bu ijtimoiy taraqqiyot bosqichlariga keskin ravishda bog‘lashga urinish ham o‘zini oqlamaydi, negaki, turli mintaqalar bosib o‘tgan bosqichlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda asosiy iqtisodiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan quldorlik, bu jamiyatlar taraqqiyotida quldorlik formatsiyasini shakllantirgan bo‘lsa, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun bunday bo‘lmagan. Ko‘p davlatlarda quldorlik, u yoki bu darajada XIX asrning ikkinchi yarmigacha va hatto shu asrning oxirigacha saqlangan bo‘lsa ham, ammo u hyech qachon ularning iqtisodiy asosi bo‘lib xizmat qilmagan. Shu bilan bog‘liq ravishda turli mintaqalardagi falsafa rivojining bosqichlari o‘z tafovutlariga ega bo‘lgan. Barcha mintaqalar uchun umumiy bosqich predfilosofiya (falsafa oldi) sifatida afsonaviy tafakkurning tanazzuli davri doirasida maydonga chiqqan falsafiy savollar va javoblarning tug‘ilishi davri bo‘ldi. Birlamchi shakllangan falsafiy tizimlar qadimgi falsafa bosqichini tashkil etadilar. Falsafa taraqqiyotining keyingi bosqichi G‘arbda ham, Sharqda ham shakllangan va rivojlangan feodal munosabatlar bilan bog‘liq. yevropada bu davr «o‘rta asr falsafasi» yoki «feodalizm davri falsafasi» degan nom oldi. yevropa falsafasini davrlashtirish uchun asosli bo‘lgan «o‘rta asr falsafasi» atamasi, Sharq falsafasi xususiyati uchun bahslidir, negaki, Sharqning ko‘pchilik mamlakatlari XX asrning birinchi yarmigacha ba'zilari esa keyinchalik ham feodal munosabatlari bosqichida edilar. Shuning uchun bu yerda «feodalizm davri falsafasi» atamasiini qo‘llash o‘rinlidir.


G‘arbiy yevropa falsafasi rivojining keyingi bosqichlari Uyg‘onish davri, Yangi va Eng yangi zamon degan nomlar bilan atala boshlandi. Ba'zida bu bosqichlarning davrlarga bulinishi quyidagi tarzda beriladi: uyg‘onish davri falsafasi, yangi zamon falsafasi, Ma'rifatparvarldik falsafasi, mumtoz (nemis) falsafasi, hozirgi zamon falsafasi. Sharq falsafasiga nisbatan ham Yangi va Eng yangi zamon tushunchasini qo‘llash mumkin. Biroq u yoki bu bosqichlarning xususiyatlariga asoslangan davrlashtirish ko‘proq mazmunli va mavzuga yaqindan aloqadordir. Masalan, XX asrdagi Markaziy Osiyo mamlakatlari falsafa tarixi haqida gapirganda, biz ma'rifatparvarlik, sho‘rolar va sho‘rolar davridan keyingi bosqichldar haqida so‘z yuritishimiz mumkin. Tarixiy-falsafiy jarayonlarning G‘arbda va Sharqda davrlarga bo‘lish qoidalari bilan bir qatorda, falsafada g‘arbiy va sharqiy an'analarning o‘zaro munosabatlarini ta'kidlash muhimdir. Falsafadagi g‘arbiy va sharqiy an'analar haqida so‘z yuritib, ko‘pgina falsafa tarixchilari ularning XIX asrning ikkinchi choragigacha nisbatan mustaqil ravishda rivojlanganliklarini qayd etadilar. Ko‘p jihatdan bu Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharq mintaqasi mamlakatlari uchun xosdir. Yaqin va O‘rta Sharqda esa, g‘arbiy va sharqiy an'analarning o‘zaro ta'siri bu mintaqada muhim xususiyatlarga ega bo‘lgan.
VIII-XII asrlardagi arab tilidagi falsafaning shakllanishi bevosita qadimgi davr va ellinistik falsafaning, eng avvalo, Arastu va Aflotunning asarlari ta'sirida yuz berdi. Al-Kindiy, Al-Forobiy, Ibn Sino, Ibn Tufayl, Ibn Rushd va boshqalar tomonidan yo‘nalish berilgan arab tilidagi falsafa arab yoki Sharq arastuchiligi (peripatetizm) nomini oldi. O‘z navbatida, bu yo‘nalish yevropadagi o‘rta asr falsafasi rivojiga qayta ta'sir ko‘rsatdi, jumladan, rasmiy katolikchilik va o‘rta asr sxolastikasiga muxolifatda bo‘lgan «lotincha averroizm» (Ibn Rushd ismining lotinchalashtirilganligi - Averroes) falsafiy oqimini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. XIII asrda G‘arbiy yevropada uning vakillari bo‘lgan Parij universitetining professori Siger Brabantskiy (1240-1282 yillarga yaqin) va uning izdoshlari «cherkov otalari» bo‘lgan Anselm Kenterberiyskiy va Akvinalik Fomaga faylasuflar bilan ilohiyotchilar o‘rtasida bo‘lgan mashhur bahslarda Arastu merosi bo‘yicha ularga qarshi turdilar. XIV asrdan boshlab Yangi asrgacha lotincha averroizm Italiyada (Paduan universiteti) va Fransiyada keng yoyildi. Arab tilida yaratilgan falsafa yunon falsafasi va tabiatshunosligini yevropa zaminiga qaytarishda, o‘rta asr sxolastikasi xukmiga qarshi kurashda va falsafaga xristian-katolik cherkovi tomonidan berilgan «ilohiyot xizmatkori» maqomidagi ozod qilishda ajoyib o‘rin tutdi. Falsafa insoniyat tomonidan ibtidoiy jamoa tuzumi va uning tanazzuli davrida to‘plangan ma'naviy tajriba asosida paydo bo‘ldi. Bu tajribaga inson o‘z atrofini o‘rab turgan dunyoni o‘zlashtirish jarayonida orttirgan diniy-afsonaviy tasavvurlar va tajribaviy bilimlarni taalluqli deb bilish mumkin. Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi ijtimoiy ongining asosiy shakli afsonaviy tafakkur edi. Bunday ong shakliga quyidagi o‘ziga xos belgilar kiradi: dunyoni hissiy shaklida qabul qilish, assotsiativlik, amaliy vaziyatga yo‘naltirilganlik va ma'lum darajada, mantiqiylikkkacha bo‘lgan fikrlash (rasmiy xulosalarning yo‘qligi va ularni vaziyatga bog‘liq ravishda amaliy siymolar bilan almashtirish); u animatizm (tabiatni jonli ekanligiga ishonish), animizm (atrofni o‘rab turgan dunyo va insonlarga ta'sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan ruhlar va arvohlarga ishonish), gilozoizm (dunyodagi hamma narsalarning jonli ekanligiga ishonish), totemizm (urug‘ guruhining totemi bo‘lgan – hayvonlar, o‘simliklar yoki boshqa ashyolar bilan sirli qarindoshchilikka ishonish), sehrgarlik va shamoniylik kabi e'tiqodlarga asoslanadi; unga antropomorfizm (insonning xususiyatlari va belgilarini tashqi dunyoga ko‘chirib o‘tkazish, ya'ni tabiatga va tasavvur qilinayotgan ajdodlar dunyosiga, ruhlar va xudolarga) va sotsiomorfizm (tashqi dunyoga urug‘chilik munosabatlarini ko‘chirib o‘tkazish) xosdir.
Falsafani qadimgi Sharqda ham, qadimgi G‘arbda ham muayyan davrlarda paydo bo‘lish hodisasi tasodifiy emas. Unga ehtiyoj ibtidoiy jamoa tuzumining tanazzuli va jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga o‘tishi munosabati bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi. Bu bosqich uchun sivilizatsiya, davlat, sinfiy shakllanish, aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralishi va boshqa shu kabi insoniyat taqdiri uchun tarixiy bo‘lgan institutlar va jamiyatning yashash shakllari bo‘lgan hodisalarning paydo bo‘lishi xosdir. Eramizdan oldingi III-II asrlardagi ilk sinfiy jamiyatlarda paydo bo‘lgan, ya'ni bronza asridagi diniy-afsonaviy majmualar uchun xos bo‘lgan falsafani to‘la ma'nodagi falsafa, deb aytib bo‘lmaydi. Ular urug‘chilikka asoslangan jamiyatdagi ijtimoiy ongning ko‘p belgilarini saqlagan bo‘lib, vaqtinchalik o‘tish davriga xosdir. Shuning uchun ularga nisbatan muloyimroq bo‘lgan «falsafa oldi» (predfilosofiya) atamasini qo‘llash lozim. Diniy-afsonaviy tasavvurlar falsafaning ma'naviy manbalaridan biridirlar. Ular falsafadan oldin dunyoqarashning ko‘proq ilk shakllari sifatida vujudga kelgan edilar. Afsonalar o‘z joyini falsafaga berganligiga qaramasdan, ular orasida vorislik mavjud. Va, bu eng avvalo, dunyoqarashga aloqador bo‘lgan mazmunning o‘zini borligi bilan belgilanadi. Sharqning eng qadimgi yozma yodgorliklarida biz keyinchalik falsafa muammolariga kirgan dunyoqarashning asosiy maslalarini qo‘yilganligini ko‘ramiz. Misol uchun, birinchi dunyoqarashning manbalari haqidagi masalani olaylik. «Rigveda»da (eramizdan oldingi II mingyillikning ikkinchi yarmiga taalluqli bo‘lgan qadimgi hind adabiy yodgorligi) koinot madhi deb atalgan she'r mavjud bo‘lib, unda bu masala ro‘y-rost o‘rtaga qo‘yilgan: «Bu dunyo nimadan paydo bo‘lgan, uni kimdir yaratganmi yoki yo‘qmi?» Bu savolga hatto xudolarning o‘zlari ham javob bera olmaydilar, negaki, ularning o‘zlari dunyo «yaratilgandan keyin paydo bo‘lganlar». Hamma narsa birinchi fikr urug‘i bo‘lgan xohishdan boshlangan[3]. «Rigveda» dagi «Purushaga Madh» da koinotning kelib chiqishi haqida insoniy talqin berilib, unga binoan Insondan –Koinot (purusha) kelib chiqqan.
Xuddi shunday ohanglarni biz qadimgi Xitoy afsonalarida ham mushohada qilamiz. Ba'zi afsonalarda birlamchi dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong‘ilik bilan to‘lgan tubsiz chuqur (xaos) koinot kuchlari bo‘lgan Yan va In vositasida tartibga keltiriladi, boshqalarida esa dunyo g‘ayri tabiiy umumiy inson bo‘lgan Pan-Gudan paydo bo‘lganligi aytiladi. Ayni shu afsonada Xitoy falsafasi uchun muhim bo‘lgan, shaxsiyatga ega bo‘lmagan dunyoviy qonun bo‘lmish «dao» haqidagi tasavvur shakllangan. Yaqin Sharqda vujudga kelgan afsonalarda ham dunyoni tubsiz chuqurdan yaratilganligi g‘oyasi rivojlantirilgan. Ikki daryo oralig‘ida (Mesopotamiya) yaratilgan xudolar haqidagi doston «Enuma Elish»da afsonaviy zamon haqida gapiriladiki, «unda xudolardan hyech biri hali paydo bo‘lgan emas, ismlar hali hyech narsaga qo‘yilmagan, taqdir hanuz tayin etilmagan» edi.

XULOSA
Falsafa insoniyat tomonidan ibtidoiy jamoa tuzumi va uning tanazzuli davrida to‘plangan ma'naviy tajriba asosida paydo bo‘ldi. Bu tajribaga inson o‘z atrofini o‘rab turgan dunyoni o‘zlashtirish jarayonida orttirgan diniy-afsonaviy tasavvurlar va tajribaviy bilimlarni taalluqli deb bilish mumkin. Falsafadagi g‘arbiy va sharqiy an'analar haqida so‘z yuritib, ko‘pgina falsafa tarixchilari ularning XIX asrning ikkinchi choragigacha nisbatan mustaqil ravishda rivojlanganliklarini qayd etadilar. Ko‘p jihatdan bu Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharq mintaqasi mamlakatlari uchun xosdir. Yaqin va O‘rta Sharqda esa, g‘arbiy va sharqiy an'analarning o‘zaro ta'siri bu mintaqada muhim xususiyatlarga ega bo‘lgan. VIII-XII asrlardagi arab tilidagi falsafaning shakllanishi bevosita qadimgi davr va ellinistik falsafaning, eng avvalo, Arastu va Aflotunning asarlari ta'sirida yuz berdi. 







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
1. Moʻminov I. M. Oʻzbekistondagi tabiiyilmiy va ijtimoiyfalsafiy tafakkurtarixidan lavhalar, T., 1998
2. Axmedova M. Falsafa. Tahriri ostida. – Toshkent.UFMJ, 2006.
3. Mamashokirov S. va boshqalar. Falsafa. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston, 2005.
4. Tulenov J.,Tulenova G.,Tulenova K.Falsafa. Darslik. - Toshkent. Fan va texnologiya, 2016.
www.fayllar.org
www.arxiv.uz
www.ziyo.uz
Download 53.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling