1–modul. Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish va uning asosiy vazifalari. Ma’ruza-1


Download 13.77 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi13.77 Kb.
#1836269
Bog'liq
Маруза №1


1–MODUL. AVTOMOBIL YOʻLLARINI EKSPLUATATSIYA QILISH VA UNING ASOSIY VAZIFALARI.
Ma’ruza-1. Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish va uning vazifalari.
Reja:
1. Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish va uning vazifalari.
2. Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
3. Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari tarmog‘i holati.


Tayanch soʻzlar va iboralar: -ekspluatatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy, yoʻllar tarmog‘i, konsepsiya, transport bozori tizimi, milliy avtomagistrali.
Avtomobil yoʻllari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish ishlariga kompleks yondashish asosida yoʻl xoʻjaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, bu borada loyihalashtirish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan toʻlaqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda tugatilayotgan Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi («Oʻzavtoyoʻl» DAK) negizida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasini tashkil etish nazarda tutiladi.
Avtomobil yoʻllarini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatlarga ega boʻlgan davlat organi sifatida Davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
avtomobil yoʻllari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish;
avtomobil yoʻllari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
avtomobil yoʻllarining xalqaro tranzit yoʻlaklarini shakllantirish;
Farmonda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yoʻl-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan Davlat inspeksiyasini tashkil etish nazarda tutilgan.
Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamg‘armasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysundirilib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
Respublika yoʻl jamg‘armasi mablag‘lari tushumi va sarf-xarajatlarining yillik va choraklik balanslarini shakllantirish;
yoʻl xoʻjaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashning manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda kelishish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish.


Avtomobil yoʻllari tarmog‘i.
Aholi yashaydigan joylarni, sanoat markazlarini, korxonalarni va qishloq xoʻjalik xududlarini oʻzaro va boshqa turdagi transportning ortish tushirish - punktlari bilan bog‘lovchi yoʻllar avtomobil yoʻllari tarmog‘ini tashkil etadi. Mamlakatning asosiy iqtisodiy hududlari va muhim markazlari bilan aloqa qilish uchun moʻljallangan davlat ahamiyatidagi takomillashtirilgan magistral avtomobil yoʻllari tarmog‘i asosiy yoʻl tarmog‘i deb xisoblanadi. Avtomobil magistrallari tormog‘ini rejalashtirishda davlatlararo ma’muriy, madaniy va xoʻjalik aloqalarini va mamlakatning mudofaa extiyojlarini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Nazoarat savollari.
1. Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish va uning vazifalari?
2. Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati?
3. Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari tarmog‘i holati?
Download 13.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling