1Oila davlat va jamiyat ardog'ida. Bola tarbiyasida oilaning o‘rni haqida mutafakkirlarning ta’limoti


Download 1.5 Mb.
Sana23.12.2022
Hajmi1.5 Mb.
#1045043
Bog'liq
Qo\'ldasheva Mohinur.kurs ishi slaydi


Mavzu:"Maktabgacha ta'lim tashkiloti va ota-onalar o'rtasida olib boriladigan ishlarning mazmun va mohiyati".

1Oila davlat va jamiyat ardog'ida.
2.Bola tarbiyasida oilaning o‘rni haqida mutafakkirlarning ta’limoti.
3.Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorligidagi ishining mazmuni va usullari.
Oila - davlat va jamiyat ardog'ida
Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog'lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o'zgarishlar, ya’ni undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o'z aksini topadi. Shunga ko'ra oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim ham dolzarb muammo bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi.
Respublikamizda 1998-yil - "Oila yili" deb e'lon qilinishi
munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, “Oila kodeksi”ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilaning moddiy farovonligini ta'minlashga qaratilgan zarur shartsharoitlar yaratildi.
Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad
va vazifalardir. Ya'ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga ta'sir ko'rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi.
Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina
bo'lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma’lumki shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o'rni bilan belgilanib, ko'p jihatdan uning tarbiyasiga bog'liq bo'ladi. Shu sababli ota-ona o'z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi.
Bola tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar
ta'limoti
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola
tarbiyasini jamiyat o'z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g'oyani ilgari surgan edilar.Bu g'oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen Semon, Shari
Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi
bilan asosan davlat shug'ullanishi kerak, degan g'oyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug'ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar.
Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e'tibor berganlar
Mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida otaonalar va tarbiyachilar obro'yining bolaga ta'sir kuchi haqida ham fikr yurgizadi. Bu esa hozirgi talablarga ham javob beradi. U ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta'sirining bor kuchi obro'ga asoslanadi, deydi. Biroq bu obro' tabitan berilmaydi,
sun'iy ravishda yaratilmaydi, qo'rquv, qo'rqitish, zo'rlik bilan erishilmaydi, balki ota-onaga nisbatan mehr oqibatdan kelib chiqadi, deb ta'kidlaydi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy xalqimiz rasm rusumlari va milliy odatlarni juda nozik tushunaredi.Shu sabab-li inson xulq-atvori, madaniyatining hatto eng oddiy masalalar ham uning diqqatidan chetda qolmadi. A.Navoiy tarbiyada xatolikka yo'l qo'yish mumkin emasligini uqtiradi. Haqiqatdan ham bolani tarbiyalshda shunday xatoliklar uchraydiki, ular faqat oilaning hayotida emas, balki jamiyat hayotida ham aks ettiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasining ota-onalar bilan
hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari
MTMning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va
yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo'shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTM xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir
qanchasini keltiramiz:
- ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogik
tajribalarning ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga
ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi.
MTTlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan; oilaga
tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o'tkazish,
ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTM hayoti bilan tanishishlari.
- ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar shanbaliklar, savol-javob kechalari.
- ko'rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko'rgazmali, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogikaxborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo'yicha materiallar solingan papka.
- ota-onaga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni
ko'rsatish mumkin.
E'tiboringiz uchun rahmat.
Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling