1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish
Download 224.54 Kb.
|
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!
49.Ravish yasalishi.
Eski oʻzbek tilida quyidagi affikslar bilan turli soʻz turkumlaridan ravish yasalgan: -cha/-chә affiksi bilan yasalgan ravish ish-harakatning holati, miqdori, darajasi kabi ma’nolarni ifodalaydi yoki biror harakat belgisining boshqa harakat belgisiga oʻxshashligini koʻrsatadi. Bu affiks turli soʻzlarga qoʻshilib ravish yasaydi: Otga qoʻshiladi: Alar ham tүrkchә ayturlar (Navoiy ML). Kishilik va koʻrsatish olmoshlariga qoʻshiladi: Dunyāda bar-mu ekoʻn menchoʻ yaman (SHN). Hech kimgoʻ senchoʻ bermәdi, ayyār, qash-u kөz (Lutfiy). 3. Sifatga qoʻshiladi: Pādshāhzādalarnың ulugʻыna ulugʻcha va kichiginә kichikchә berdi (Sh.tar.). -gʻacha/-gәchә/-qacha/-kәchә affiksi joʻnalish kelishigiga –cha/-chә affiksi qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan qoʻshma affiks boʻlib, ot, sifat, olmosh, ravish turkumidagi soʻzlardan ravish yasaydi: Tүngәchә urmaq edi kөksigә tash (Navoiy,MQ). Ushbu haftagʻacha yoq erdi xabar (SHN). -tek/-dek affiksi oʻxshatish, qiyoslash kabi ma’nolarni ifodalovchi ravish yasaydi: Sakkākiy kөz yashыn yaz yamgʻurы-tek yagʻdurur (Sakkokiy). Kөrmәgәn bir sen-dke ahli rozgʻār (Navoiy). -la/-lә affiksi payt ma’nosidagi otlarga, asosan, taң, tun soʻzlariga qoʻshilib payt ravishi yasaydi: Tүnlә-oq yetti oshul qorgʻangʻa (SHN). Emdi taңla bu sөz Abid xāngʻa yetәr (Sh.turk). -āna affiksi otga qoʻshilib, oʻxshatish, qiyoslash ma’nosidagi ravish yasaydi. Oʻzbek tiliga bu forma eron tillaridan oʻzlashtirilgan: Seni men өltүrүr-men, teb ayttы turkāna (Sakkokiy). Xeyli mardāna yigit edi (BN). -an affiksi eski oʻzbek tilida kam iste’molda boʻlgan: Ulugʻlыgʻы taxminan on qarы bolgʻay (BN). Sintaktik usul bilan ravish yasalishi boʻyicha eski oʻzbek tili bilan hozirgi oʻzbek tili oʻrtasida deyarli farq yoʻq. Qoʻshma ravishlar quyidagi soʻzlar ishtirokida hosil boʻladi: Bir soʻziga payt, makon, va shunga oʻxshash ma’nolarni bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Bir lahza sensiz sabr yoq (Lutfiy). Meni bir yerdә muqim etkүsidүr (SHN). Har belgilash olmoshiga payt yoki makon bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Har kun salamgʻa barur erdim (Tafsir). Har yerdә barsaңыz qullugʻda bolur-siz (BN). Ul, bu, oshal kabi olmoshlarga payt yoki makon bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Kөңlүm ul yān tartadur (Lutfiy). Bu qыsh qār bisyār ulugʻ tushub erdi (BN). Hech, qay olmoshlariga payt yoki makon bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Hech zamānda hech kim eshitkoʻn vә kөrgәn yoqtur (Sh.tar.). Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling