1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Ravish haqida umumiy ma’lumot


Download 224.54 Kb.
bet59/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

48.Ravish haqida umumiy ma’lumot.
Eski oʻzbek tilida ham ravish kategoriyasi soʻz oʻzgartiruvchi affikslar qabul qilmasligi bilan xarakterlanadi. Bu hol ravish turkumining boshqa mustaqil soʻz turkumlaridan farqlovchi oʻziga xos belgisini tashkil etadi. Gapda ravishlar boshqa soʻzlar bilan bitishuv yoʻli bilan bogʻlanadi. Ayrim ravishlarning tarkibidagi kelishik affikslari esa oʻzining grammatik xususiyatini yoʻqotib, soʻzning tarkibiy qismiga aylanib qolgan.
Eski oʻzbek tilida iste’molda boʻlgan ravishlarning va ravish ma’nosida qoʻllanuvchi soʻzlarning ma’lum qismi boshqa sistemadagi tillardan oʻzlashtirilgan. Bunday soʻzlarning koʻpchiligi eroniy tillarga, ayrimlari arab tiliga mansub: Āhista aytduqыmыznы ham eshitүr (Tafcsir). Men hargiz almыshыm yoq (QR). yochrәdi nāgāh raqibi (Lutfiy). Dāimā mastu bexabar kөrүnүr (Atoiy).
Eski oʻzbek tilida iste’molda boʻlgan ravishlarning asosiy qismi yasama soʻzlardan iborat boʻlib, ular morfologik va sintaktik usullar bilan hosil boʻlgan.
Asli oʻzbekcha tub ravishlar juda kam miqdorni tashkil etadi. Bulardan quyidagilarni koʻrsatish mumkin: Bizniң atalarыmыz kim, ashnu өldilar, (Tafsir). Bat bol, bashың al, qach (Atoiy). Eski oʻzbek tilida tub soʻz sifatida tasavvur qilingan ayrim ravishlar aslida yasama ravish boʻlgan. Masalan, naru (nari), beru (beri) ravishlari uzoqlikni anglatuvchi na va yaqinlikni anglatuvchi be soʻzlariga qadimgi joʻnalish kelishigi affiksi -ru qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan.
Eski oʻzbek tilida quyidagi affikslar bilan turli soʻz turkumlaridan ravish yasalgan:
-cha/-chә affiksi bilan yasalgan ravish ish-harakatning holati, miqdori, darajasi kabi ma’nolarni ifodalaydi yoki biror harakat belgisining boshqa harakat belgisiga oʻxshashligini koʻrsatadi. Bu affiks turli soʻzlarga qoʻshilib ravish yasaydi:

  1. Otga qoʻshiladi: Alar ham tүrkchә ayturlar (Navoiy ML).

  2. Kishilik va koʻrsatish olmoshlariga qoʻshiladi: Dunyāda bar-mu ekoʻn menchoʻ yaman (SHN). Hech kimgoʻ senchoʻ bermәdi, ayyār, qash-u kөz (Lutfiy).

3. Sifatga qoʻshiladi: Pādshāhzādalarnың ulugʻыna ulugʻcha va kichiginә kichikchә berdi (Sh.tar.).
-gʻacha/-gәchә/-qacha/-kәchә affiksi joʻnalish kelishigiga –cha/-chә affiksi qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan qoʻshma affiks boʻlib, ot, sifat, olmosh, ravish turkumidagi soʻzlardan ravish yasaydi: Tүngәchә urmaq edi kөksigә tash (Navoiy,MQ). Ushbu haftagʻacha yoq erdi xabar (SHN).
-tek/-dek affiksi oʻxshatish, qiyoslash kabi ma’nolarni ifodalovchi ravish yasaydi: Sakkākiy kөz yashыn yaz yamgʻurы-tek yagʻdurur (Sakkokiy). Kөrmәgәn bir sen-dke ahli rozgʻār (Navoiy).
-la/-lә affiksi payt ma’nosidagi otlarga, asosan, taң, tun soʻzlariga qoʻshilib payt ravishi yasaydi: Tүnlә-oq yetti oshul qorgʻangʻa (SHN). Emdi taңla bu sөz Abid xāngʻa yetәr (Sh.turk).
-āna affiksi otga qoʻshilib, oʻxshatish, qiyoslash ma’nosidagi ravish yasaydi. Oʻzbek tiliga bu forma eron tillaridan oʻzlashtirilgan: Seni men өltүrүr-men, teb ayttы turkāna (Sakkokiy). Xeyli mardāna yigit edi (BN).
-an affiksi eski oʻzbek tilida kam iste’molda boʻlgan: Ulugʻlыgʻы taxminan on qarы bolgʻay (BN).
Sintaktik usul bilan ravish yasalishi boʻyicha eski oʻzbek tili bilan hozirgi oʻzbek tili oʻrtasida deyarli farq yoʻq. Qoʻshma ravishlar quyidagi soʻzlar ishtirokida hosil boʻladi:

  1. Bir soʻziga payt, makon, va shunga oʻxshash ma’nolarni bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Bir lahza sensiz sabr yoq (Lutfiy). Meni bir yerdә muqim etkүsidүr (SHN).

  2. Har belgilash olmoshiga payt yoki makon bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Har kun salamgʻa barur erdim (Tafsir). Har yerdә barsaңыz qullugʻda bolur-siz (BN).

  3. Ul, bu, oshal kabi olmoshlarga payt yoki makon bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Kөңlүm ul yān tartadur (Lutfiy). Bu qыsh qār bisyār ulugʻ tushub erdi (BN).

  4. Hech, qay olmoshlariga payt yoki makon bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Hech zamānda hech kim eshitkoʻn vә kөrgәn yoqtur (Sh.tar.).

Eski oʻzbek tilidagi ravishlarni ham ma’no jihatdan quyidagicha tasnif qilish mumkin:

  1. Holat ravishlari: āhista, ravān, āsān, āgāh, tүrkchә, āshыqāna.

  2. Payt ravishlari: tүnlә, hargiz, nāgāh, hamisha, damādam, dambadam, har dam, har lahza, avval, hālā.

  3. Oʻrin ravishlari: har sarы, bu yer, bunda, anda.

  4. Daraja-miqdor ravishlari: az, kөp, bүrgүtchә, menchә, ulugʻcha, gʻāyat, bagʻāyat.

  5. Chegaralov ravishlari: haftagʻacha, kөkkәchә, Gʻaznagʻacha, axshāmgʻacha, xususan, bataxsis.

  6. Oʻxshatish ravishlari: lāladek, burungʻыdek, ыnangʻudek, yegүtek, paritek.

Juft ravishlar. Eski oʻzbek tilidagi juft ravishlarning koʻpchilik qismi ot turkumidagi soʻzlarning ravishga koʻchishidan hosil boʻlgan: Yana tun-kun bardыlar (Tafsir). Qazar erdi arыgʻnы kecha-kunduz (Navoiy,FSh).



Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling