1,O'zbekiston me'moriy obidalari bezaklarining tasnifi va turlarini yoritib bering?
Download 21.48 Kb.
|
BEZATISH TEX. 1. Mahmatqulov I. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8,Girih bu qanday naqsh
quron oyatlari, hadislardan namunalarni ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari insonga odob-ahloq haqida aytilgan ma’noli gaplarni ham ko’rishimiz mumkin.
7,Muqarnas bezaklar obidaning qaysi qismlarini bezashda qo'llaniladi? meʼmoriy bezak turi; ravokli kosa (uya)chalarning ustma-ust joylashishidan xrsil boʻladigan murakkab shakl. Meʼmorlikda asosi 4,6,8 burchak boʻlgan mexrob, taxmon, tokcha va b. ning tepa qismini gumbaz, yarim gumbaz koʻrinishiga keltirishda, binolar devori bilan shifti oraligʻi, ustunlar boshasch va b. ni bezatishda keng qoʻllaniladi. Dastlab sodda shaklga ega boʻlgan, keyinroq murakkab koʻrinishga kirgan hamda bezak maqsadlarida ishlatila boshlangan. Muqarnas ishlanadigan joyiga qarab har xil murakkablikda boʻladi. Egri sirtga ega boʻlgan ravoqchalarning uchlari oldinga chiqarilib, yuqori qator uchun tayanch xrsil qilinadi. Tarvda bu ravoqchalar koʻpincha teng tomonli uchburchakni beradi, 2 va undan ortiq ravoqchalar turli burchaklar ostida oʻzaro birikib kosachalar hosil qiladi. Muqarnasning pastdan koʻrinishi va chizmasi girihga oʻxshaganligidan uni hajmi girih (girihning choʻzilgani) deb ham ataladi. Muqarnas zamonaviy binolar meʼmorligida ham qoʻllanadi. Mas, Toshkent kuranti, Navoiy meampu va b. binolarda Muqarnasdan foydalanilgan. Toshkentdagi Xotira maydonidagi kalla Muqarnas, Alisher Navoiy, Shahidlar xotirasi xiyo-bonlaridagi gumbazlar ostidagi sharafalar, Samarqanddagi Imom Buxoriy meʼmoriy majmui va b. koʻp binolarda Muqarnas anʼanalari davom ettirilmoqda. 8,Girih bu qanday naqsh? murakkab handasiy naqsh; meʼmorlik va badiiy hunarmandlikda keng ishlatiladi. Naqsh asosi uchburchak, toʻrtburchak, murabba, aylana va yoy shaklli taqsimlardan tashkil topadi. Handasiy jihatdan G.ni tahlil etish, chizib chiqish, yangi turlarini ijod etish maxsus tayyorgarlik va mahoratni talab qiladi. G.lar yaratilish davrida sodda boʻlib, keyinchalik takomillashib, murakkablashib borgan. G. qancha murakkab mujassamotga ega boʻlmasin, uning qulay tomoni ham bor: har qanday G. takrorlanuvchi maʼlum boʻlak (taqsim)larga ajraladi. Taqsimlar takrorlangan sari goʻzal, jozibador boʻlib boradi. Shu tufayli baʼzi sodda G.lardan tashkil topgan murakkab G.ni qayta parchalab, bir necha sodda va mustaqil G. yasash, ikki G.ni bir-biriga chatishtirib uchinchi xil G. yaratish mumkin. Shakllariga qarab G.lar turlicha nomlanadi: taqsim asosida 5 va 10 qirrali yulduz boʻlsa "5 va 10 qirrali G.", pargar yordamida chizilgan egri chiziqlardan yasalsa "Pargari G." va h.k. Saqlanib qolgan meʼmoriy obidalar, roʻzgʻor buyumlari (barkash, obdasta, lagan, sopol idishlar, gilam, palak va b.), zardoʻzlik, kitob bezaklarida G. naqshi koʻp uchraydi. Ayniqsa meʼmoriy bezaklar orasida G. yetakchi (islimiy naqsh ikkinchi) oʻrinni egallaydi. Meʼmoriy yodgorliklardagi G.larni yasash kalitini topish koʻpincha ancha mashaqqatli mehnatni talab etadi. Naqqosh, girihshunos usta Z.Bositxonov koʻpgina (300 dan ortiq) G.larni tiklagan va ularni qurish yoʻllarini topgan, yangilarini yaratgan. Download 21.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling