1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishi va Qo‘qon fojiasi


Download 0.6 Mb.
bet55/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

53.Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishi va Qo‘qon fojiasi.
1917 yil 26-28 noyabrda Qo`qon shahrida Turkiston o`lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo`lib o`tdi. Qurultoyda demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining evropali qismi vakillari ham teng huquqli bo`lib ishtirok etdilar. Turkistonning boshqarish tuzumi to`grisidagi masala uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Qurultoyda o`lkaning barcha mintaqalari va ko`pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakillar hozir bo`ldi. Unda vakillarning siyosiy faolligi tufayli muhim masalalar yuzasidan munozaralar bo`lib o`tdi. Muxtoriyat e`lon qilish G`oyasini qo`llab-quvvatlovchilar ko`pchilikni tashkil etdi.
Qurultoyda qabul qilingan qarorda: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da`vat etgan xalqlarning o`z taqdirlarini o`zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Rossiya tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e`lon qildi».
28 noyabrda tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqlanib, Turkiston muxtoriyati deb ataladigan bo`ldi. Butunrossiya Ta`sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston xalq (millat) majlisi qo`lida bo`lishi kerak edi. Turkiston Muvaqqat kengashi a`zolaridan tuzilgan Muvaqqat huqumat hay`ati tarkibiga 8 kishi saylandi, yana 4 o`rin evropa aholi vakillariga ajratildi.
Qurultoy jarayonida Turkiston Millat majlisi 54 kishidan iborat qilib saylandi, shundan 2/3 qismi, ya`ni 36 nafari mahalliy aholi vakillaridan edi.
Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa fursat ichida xalq o`rtasida katta e`tibor qozondi. Abdurauf Fitrat muxtoriyat e`lon qilingan kunni «milliy laylatulqadrimiz» deb atadi. Turkiston muxtoriyatini barcha demokratik kuchlar qizQin quvvatladi.
Afsuski, o`lka bolsheviklari Turkiston Muxtoriyati huqumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston Sovetlarining IV s`ezdi Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a`zolarini qonundan tashqari deb hisobladi va hukumat a`zolarini qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. Turkiston XKS muxtoriyat hukumatni tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning «Dashnoqsutyun» partiyasi a`zolaridan keng foydalandilar.
1918 yilning 19 fevralida (eski hisob bilan 6 fevral) Qo`qon shahrida faoliyat ko`rsatayotgan Turkiston muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonli hujumlari natijasida aQdarib tashlandi. O`ukumat aQdarilgach ham Qo`qon va uning atroflaridagi tinch aholini talash va o`ldirish battar avjiga chiqdi. Faqat Qo`qonning o`zida uch kun davomida 10000 kishi o`ldirildi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling