1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g‘oyaning zarurati


Download 0.6 Mb.
bet92/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

88.90 Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g‘oyaning zarurati..

Milliy g‘oya - millatning Utmishi, buguni va istiqbolini Uzida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli.
Milliy g‘oya Uz mohiyatiga kUra, xalq, millat taqdiriga daxldor bUlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bUlgan vazifalar va mUljallarni ham aks ettiradi. Ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bUlgan maqsad-muddaolari va mUljallarini tUg‘ri ifodalay olishi mumkin.
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolarni tahlil qilish, tegishli xulosa va saboqlar chiqarish milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining zarurligi va ahamiyatining tobora ortib borishini kursatmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi tug‘risida mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fikr yuritishi tasodifiy hol emas edi. «Negaki, milliy mustaqil davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf odatlariga tahdid soladigan, uni uz ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan uz manfaatlari yulida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar» - deb ta’kidlaydi I.Karimov.
Milliy istiklol mafkurasining bosh g‘oyasi – Mustaqillikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan mafkurasining asosiy g‘oyalari esa Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik g‘oyalaridir. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari uzining ma’no - mohiyati bilan mamlakatimizdagi ijtimoiy uzgarishlarning amalga oshishida mustaqillikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bulgan ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi xilma-xil fikr va qarashlarga ega bulgan turli millat, irq va dinga mansub bulgan shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yulidagi hamjihatligini ta’minlaydi. Natijada jamiyatda tinchlik va totuvlikning, barqaror taraqqiyotning mustahkam kafolati vujudga keladi. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi uzgarishlarda namoyon buladi, xalqimiznig Vatanga bulgan muhabbat hissining yanada oshishida mustaqillik bergan keng imkoniyatlar tufayli jamiyatni yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishga xizmat qiladi.
Komil inson g‘oyasi – ham milliy ham umumbashariy mohiyatga ega bulgan odamlarga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy mukammallikni uzida mujassam etgan uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g‘oyadir. Bu g‘oya nafaqat alohida shaxslarni, balki butun-butun xalqlarni yuksak taraqqiyot sari etaklangan, ularni ma’naviyat va ma’rifat sohasida tengsiz yutuqlarga ilhomlantirgan. Milliy qadriyatlarga sodiqlik, begona, yot va zararli g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlash, mafkuraviy immunitetga ega bulish, mustaqillikni mustahkamlashga uz hissasini qushish, ezgu g‘oyalarga xizmat qilish, ma’naviy va jismoniy barkamollik, nafosat va guzallikka intilish komil inson g‘oyasining eng muhim xususiyatlaridir.
Uchinchi savolga xulosa qilib shuni aytish mumkin:
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolarni tahlil qilish, tegishli xulosa va saboqlar chiqarish milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining zarurligi va ahamiyatining tobora ortib borishini kursatmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi tug‘risida mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fikr yuritishi tasodifiy hol emas edi. «Negaki, milliy mustaqil davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf odatlariga tahdid soladigan, uni uz ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan uz manfaatlari yulida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar» - deb ta’kidlaydi I.Karimov
Milliy iitiqlol g‘oyasi va mafkurasi mohiyati qanday umuminsoniy tamoyillarga tayanadi?
- Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillarga asoslanadi.
- Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak madaniyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobolarimiz merosidan oziqlanadi.
- Adolat va xaqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda xalqimizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi.
- YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
- Jamiyat a’zolarini aholining barcha qatlamlarini Uzbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi.
- Millati va tilidan qat’iy nazar mamlakatimizning har-bir fuqarosi qalbida Ona-Vatanga muhabbat mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, uzaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi.
- Jamoatchilik ongi va qalbiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yul bilan singdiriladi



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling