1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig


Download 99.69 Kb.
bet20/40
Sana19.06.2023
Hajmi99.69 Kb.
#1619079
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
New Microsoft Word Document

25. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (Soliq stavkalari, Soliq davri soliqni hisoblab chiqarish, Soliq hisobotini taqdim etish tartibi muddatlari ) Soliq stavkalari. Soliq davri O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi. Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 5 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi. 382-modda. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga quyidagi soliq stavkalar bo‘yicha soliq solinadi: T/r Soliq obyekti Soliq stavkalari, foizlarda 1 Dividendlar va foizlar 10 2 Ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar). 6 3 Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolikhuquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar, 1 va 2- bandlarda ko‘rsatilmagan boshqa daromadlar 12 Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi 385-modda. Umumiy qoidalar Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lanadi: 1) soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan soliq agentlari tomonidan; 2) soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda. Soliq to‘lovchilarning alohida toifalari soliqni: ushbu Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashni; Soliq Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida to‘lashni tanlashga haqli. Ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi: 1) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi kalendar yilida yuz million so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Agar kalendar yilida tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi belgilangan miqdordan oshsa, yakka tartibdagi tadbirkor ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda aylanmadan soliq yoxud qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi. 3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolariga; 4) “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlariga. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliq to‘lash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli: 1) tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi chog‘ida tanlangan soliq to‘lash tartibini ko‘rsatish; 2) doimiy yashash joyi bo‘yicha soliq organlariga joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq to‘lash tartibi to‘g‘risida bildirish xati taqdim etish. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi tomonidan bildirish xati ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmasligi uning soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashga roziligini bildiradi. Soliq ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq organi tomonidan ham hisoblab chiqarilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lov manbaida ushlab qolinadi.

Download 99.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling